Меҳнатга ҳақ тўлаш бўйича янги тариф сеткалари амалга киритилади Президентнинг иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар, нафақалар ҳамда кам таъминланган оилаларга бериладиган моддий ёрдам миқдорини ошириш тўғрисидаги қарорига асосан Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги бюджет муассаса ва ташкилотлари ходимларининг янгиланган лавозим тариф ставкалари миқдорларини тасдиқлади. Мазкур янгиланган тариф сеткаси жорий йилнинг 1 февралидан кучга кириши белгиланган.
SAYLOV
Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov 23 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilishicha, parlament saylovi o‘tkazilgan 150ta saylov okrugidan 128tasidan deputatlar saylangan:
O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi – 43 nafar;
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi – 35 nafar;
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi – 21 nafar;
Xalq demokratik partiyasi – 18 nafar;
Ekologik partiya – 11 nafar.
Saylov kodeksiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini, ya'ni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod deputat etib saylangan, deb hisoblanadi.
Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 22 okruglarda nomzodlarning birortasi ham yetarli miqdorda ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmadi. Bu okruglarda ikki haftadan keyin takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |