Brokеrlar va brokеrlik idoralari Reja: Kirish


Download 35.77 Kb.
bet1/5
Sana29.01.2023
Hajmi35.77 Kb.
#1140272
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Brokеrlar va brokеrlik idoralari



Brokеrlar va brokеrlik idoralari


Reja:
Kirish
1. Brokеrlik idorasini ta`sis etish
2. Brokеrlik firmasining birja savdosida ishtirok etishi, tovarga ariza bеrish va shartnoma tuzish jarayoni
3. SHartnomada tovarni yetkazib bеrishning bazis shartlarini muvofiqlashtirish jarayoni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Broker — fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma. Brokerlar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Vositachilik bitimlari, asosan, Brokerlik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi. Vositachilik qilgani uchun tomonlarning kelishuviga koʻra, birja qoʻmitasi joriy etgan taksa (qatʼiy baho)ga muvofiq, oldisotdining muayyan foiz miqdorida haq — brokeraj oladi (odatda, B. haqi amalga oshirilgan shartnoma yoki bitim qiymatining 0,25—3% ni tashkil qiladi). Yirik Brokerlik idoralari haridorga qarz berishda banklar bilan hamkorlik qiladi, ayrim hollarda oʻzlari kreditor boʻladilar, bitimlar bajarilishiga kafillikni ham oʻz zimmalariga oladilar.
Broker ko’plab funktsiyalarni bajaradi, jumladan: hisobvaraq ochish va yuritish, mijozlar buyurtmalarini bajarish, savdolar to’g’risida ma’lumot berish, tugallangan operatsiyalar bo’yicha hisobotlarni taqdim etish, dividendlar va kuponlarni hisoblash va soliqlarni ushlab qolish.
Hisoblarni ochadi
Investitsiya qilmoqchi bo’lgan shaxs moliyaviy vositalarni sotib olish uchun pul saqlanadigan brokerlik hisobvarag’ini ochadi, unga qimmatli qog’ozlar saqlanadigan depozitar hisobvarag’i avtomatik ravishda ochiladi.
Hisoblarni boshqaradi
Aktivlarni sotib olayotgan mijoz birjaga pul o’tkazuvchi vositachi orqali egasiga pul o’tkazishi kerak, birja esa aktivlarni brokerga o’tkazadi va aktivlarni sotishda mijoz ularni oladi va aksincha.
Buyurtmalarni bajaradi
Investor aktivni sotib olishga yoki sotishga qaror qilganda, u buyurtmani brokerga topshiradi, u taqdim etilgan buyurtmalarga muvofiq talabni bajaradi.



Download 35.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling