Bryophyta o’simliklar bo‘limi
Download 444.23 Kb.
|
2 5395323383065879709
Polushniksimonlr - Isotopsida sinfi (ajdodi). Bu sinf toshko‘mir davrida tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, qalin toshko'mir qatlamlarini tashkil etgan.
Selaginellanamolar — Selaginellales qabilasi. Bu qabila bitta Selaginelladoshlar - Selaginellaceae va bitta Selaginella-Selaginella turkumiga mansub 700 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Turkum turlari, asosan. tropik va subtropik zonalarda tarqalgan. Qabilaga kiruvchi o‘simliklar oldingi qabila vakillaridan sporangiylarda yetilgan sporalarining mayda (mikrospora) va yirikligi (makrospora) bilan farqlanadi. Selagasimon selaginella - Selaginella selaginoides nam o‘tloqlarda va torfli botqoqliklarda uchraydi. Poyasi ko‘pincha dixotomik ravishda shoxlar hosil qiladi. Poya va shoxlarini mayda barglar qoplab turadi. Selaginellalar ham sporangiylarda hosil bo‘lgan sporalar yordamida ko‘payadi. Sporagoniylar shoxlarning yuqori tomonida to‘p-to‘p bo’lib joylashib, spora hosil qiluvchi boshoqchalarga aylanadi. Mikrosporangiylarda bir nechta mikrosporalar, makrosporangiylarda esa tikansimon parda bilan o'ralgan to‘rtta yirik makrospora vujudga keladi. Sporalar sporangiylar devorining yorilishi natijasida tarqaladi. Qulay sharoitga tushgan mayda sporalardan otalik gametofit yuzaga keladi. U reduksiyalangan bo‘lib, bitta anteridiydan ikki xivchinli spermatozoidlar hosil bo‘ladi, Yirik sporalarda esa onalik gametofitlari vujudga keladi. Gametofit spora pardasining ichida rivojlanib, sekin-asta uchburchak shaklda tashqariga yorib chiqadi, lekin undan ajralib ketmaydi. Hosil bo‘lgan gametofitda arxegoniylar yuzaga keladi, ulardagi tuxum hujayra bilan spermatozoidlar qo‘shilishi natijasida otalanish sodir bo‘ladi. Otalangan tuxum hujayradan embrion hosil bo‘lib, u asta-sekin voyaga yetgan selaginella o‘simligiga aylanadi. 1. Selaginellanamolar qabilasi- Selaginellales. Bu qabilani 700 ga yaqin turi mavjud. Ularning muhim belgisi har-xil sporalilik ya`ni mego va mikrosporalar hosil qiladi. Megasporangiyda 4 tagacha, mikrosporangida bir nechtagacha sporalar hosil bo`ladi. Etilgan sporalardan ayrim jinsli gametofit vujudga keladi. Selagnnelalar tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. 2. Polushniknamolar qabilasi- Isoetales. Bu qabilaga qazilma holda uchrovchi va hozirda yashayotgan polushniklar kiradi. Qabilaning bitta oila va unga bitta turkum kiradi. Turkum ( Isoetes ) 70 ga yaqin turni o`z ichiga olib, ularning ko`pchiligi Shimoliy Amerikada tarqalgan. Vakil: Isoetes lacustris hisoblanadi. Bu o`simlik uncha chuqurmas suv xavzalarining tubida o`sadigan ko`p yillik o`simlik. Bularning ham sporalari har xil. Bo`yi 8-25 sm. Barglari qisqargan poyaga asosi bilan birikkan, asos qismi kengroq bo`lib, yuqoriga borgan sari torayib ingichkalashib begizsimon tuzilishiga ega bo`lgan. Sporangiyalari bargning asos qismini ichki tomonida joylashgan. Polushniklar Mezozoy erasida paydo bo`lgan bir muncha sodda tuzilgan o`simliklar hisoblanadi. 3. Lepidodendronnamolar qabilasi-Lepidodendrales. Bular faqat qazilma holda uchraydigan Devon davrida yashagan, bo`yi 30-40 m ga etadigan daraxt o`simliklardir. Tana va ildizlarida kambiyni bo`lishi, ularning yo`g`onlashiga olib kelgan. Tanasi to`g`ri bo`lib, dixotolik shoxlangan. Shoxlari mayda barglar bilan qoplangan. Bularga Lepidondron va Sigillariyalar misol bo`la oladi. 3. Kelib chiqishi: Plaunlar kelib chiqishi bo`yicha Riniyasimonlarga borib taqaladi. Ular Poliozoy erasidan boshlab taraqqiy etgan, mikrofiliya yo`nalishidagi (mayda bargli) o`simliklardir. Plaunlar evolyutsiyasi bo`yicha tupik hisoblanadi. 4. Ahamiyati: Plaunlar chorva mollari uchun ozuqa hususiyati unchalik emas, lekin ularning boshoqlaridagi etilgan sporalaridan yosh go`daklar uchun, presipkalar tayyorlanadi, metallurgiyada qoliplarni qumlash uchun ishltiladi . Download 444.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling