Bryophyta o’simliklar bo‘limi


Download 444.23 Kb.
bet1/11
Sana06.02.2023
Hajmi444.23 Kb.
#1170044
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5395323383065879709


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
-KURS -GURUH TALABASI

TAYYORLAGAN


KURS ISHI



Mavzu; Yo‘sintoifa (Bryophyta) o’simliklar bo‘limi.

TOPSHIRDI: _______________


QABUL QILDI: _______________

Termiz - 2020


MUNDARIJA:


KIRISH……………………………………………………………………..3
ASOSIY QISM
I BOB.Yo‘sintoifa (moxtoifa) - Bryophyta o‘simliklar bo’limi ta’nifi.
1.1Yo’sintoifa o’simliklari sistematikasi. ………………………………...4
II.BOB.Yo’sinsimonlar o’simliklari.
2.1.Poyabargli yo‘sinsimonlar - Bryopsida sinfi (ajdodi)……………..…….10
2.2.Yashil yo‘sinkabilar - Bryales ajdodcha (sinfcha)si……………….……13
III.BOB Xulosa ………………………………………………………..…21
Foydalanilgan Adabiyotlar……………………………………………….22

KIRISH;
Bu bo`lim 20 mingdan ortiq turni o`z ichiga oladi. Ular er sharining deyarli barcha qit`alarida keng tarqalgan. Bularning yashashi uchun asosan namlik ya`ni suv muhitini bo`lishi muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham ular zax joylarda, tog`larda, ariq bo`ylarida, ba`zan cho`llarda (tortula, funariya, richiya) uchraydi.
Bu bo`lim o`simliklari boshqa yuksak o`simliklar bo`limidan farq qilib, uning asosiy belgisi–hayot jarayonida gametofit naslning ustunligidir. Ammo bularda ham har ikkala nasl ya`ni gametofit va sporofit bir-biriga bog`lik holda rivojlanadi. Yo`sinsimonlar eng qadimgi o`simliklar bo`lib, ular paleozoy erasining silur, devon davrlaridan boshlab rivojlanib, hozirda ham Shimoliy Yarim sharni o`rmon, tundra zonalarida o`simlik qoplamida muhim o`rin tutadi. Ular kelib chikishi bo`yicha suv o`tlaridan kelib chiqqan deb qaraladi.
Yo`sin toifalilar bo`limi 3 ta sinfga bo`linadi:
1. Jigarsimon yo`sinlar sinfi - Marchantiopsida
2. Antotserotsimonlar sinfi – Anthocerotopsida
3. Sfagnumsimonlar yoki Poya-bargli yo`sinlar sinfi– Sphagmiopsida
1. Jigarsimon yo`sinlar sinfi. Bu sinf 6000 turdan iborat. Bu o`simliklarning asosiy belgilari shundan iboratki, gametofiti dorzoventral tuzilishiga ega, ya`ni ustki va ostki tomoni bir– biridan farq qiladi. Tallomlarining shakli bargsimon tuzilishiga ega. Jinssiz nasli sporangiy, band va ko`sakchadan tashkil topgan. Bu sinf 2 ta sinfchaga bo`linadi:
1. Marshantsiyakabilar sinfchasi-Marchantiidae
2. Yungermaniyakabilar sinfchasi-Jungermanidae
1. Marshantsiyakabilar sinfchasi. Sinfchaning muhim qabilasi Marshantsiyanamolar (Marchantiales) hisoblanadi. Bu qabila 10 dan ortiq oilani o`z ichiga oladi. Ulardan biri Marshantsiyadoshlar oilasi (Marchantiaceae). Oilaning tipik vakili-oddiy marshantsiya (Marchantia polymorpha). Bu o`simlik tarqalishiga ko`ra kosmopolit. U er yuzining deyarli barcha qit’alarida, o`ta zax joylarda: buloqlarning atroflarida, sharsharalarni quyi qismida, daryo va ko`llarni qirg`oqlarida, o`rmonlarda va shuningdek botqoqliklarda uchraydi.

Download 444.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling