Bryophyta o’simliklar bo‘limi


Download 444.23 Kb.
bet3/11
Sana06.02.2023
Hajmi444.23 Kb.
#1170044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5395323383065879709

Jigarsimon yo‘sinlar - Hepaticopsida sinfi gametofitining xilma-xil bo‘lishi va sporafitning deyarli o‘xshash bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bu ajdodga 30 ga yaqin turkum va 6000 dan ortiq tur kiradi. Ularning ko‘pchiligi tropiklarda tarqalgan bo'lib, asosan semam tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari ham mavjud. Jigarsimon yo‘sinlarning vakillari vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan ko‘payadi. Jigarsimon yo‘sinlar deb atalishiga sabab shuki, marshansiya avlodining turlari tallomidan Yevropada (to XIX asrning boshigacha) jigar kasalliklarini davolashda dorivor o‘simlik sifatida foydalanib kelingan. Hozirgi klassifikatsiyaga ko‘ra, jigarsimon yo’sinlar sinfi 2 ta sinfchaga - marshansiyakabilar va yungermaniyalar kabilarga bo‘linadi.

Marshansiyakabilar - Marchantidae sinfcha (ajdodcha)si. Bu sinfchaga yer bag‘irlab o‘sib, dixotomik ravishda shoxlanadigan va dorzovental tuzilishga ega bolgan, ya’ni ustki tomoni pastki tomonidan farq qiladigan yo‘sinlar kiradi. Tallomlarining yuqori tomonida bir qancha havo kameralari bor, pastki tomoni esa qorin tangachalari (amfigastriyalar) va ikki xil: oddiy hamda tilsimon rizoidlar bilan qoplangan bo‘ladi. Anteridiy bilan arxegoniylar bir-biridan alohida bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tallom ustida yoki alohida bandlar (tagliklar)da turadi. Floramizda ko‘p uchraydigan oddiy marshansiya (Marchantia polymorpha) asosan zax va soya yerlarda o‘sadi. Marshansiya yer bag’irlab o‘sadigan oddiy, tilsimon va lentasimon tallomlar hosil qiladi. Tallomlar dixotomik ravishda shoxlanadi, to‘q yashil rangli shoxlarining uchidagi kichkina chuqurchalarida tallomning o‘sish nuqtasi bo‘ladi. Tallom shu yerdan o‘sadi va shu yerdan shoxlanadi. Tallomning pastki tomonidan ingichka rizoidlar chiqadi va ustki tomonida yaxshi taraqqiy etmagan barglari - amfigastriyalar joylashadi. Rizoidlar bir hujayrali, rangsiz iplardan iborat bolib, yerga chuqur kiradi. Rizoidlar marshansiya tallomini tuproqda ushlab turadi, shuningdek, unga suv va suvda erigan tuzlarni yetkazib beradi. Tallomning ichki tuzilishi ancha murakkab, yuqori tomondan ustki epidermis bilan qoplangan, epidermis tagida bir qavat havo kameralari bor. Otalik jinsiy organlari - anteridiylar tallomning otalik tirgovuchlarida (tirgak) hosil bo‘ladi. Marshansiya vegetativ, jinsiy va jinssiz yo’llar bilan ko‘payadi. Anteridiy bir qavat po‘st bilan o'ralgan bolib, ichi mayda-mayda spermogen hujayralari bilan to’lgan, har bir spermogen hujayradan ikkita xivchinli ikkita spermatazoid yuzaga keladi. Spermatazoidlar xivchinlar yordamida suvda harakat qiladi. Onalik jinsiy organlari - arxegoniylar alohida tallomlardagi onalik tirgovichlari (tirgak)da joylashgan. Marshansiya ikki uyli o'simlik. Bir tomonda anteriydiy, ikkinchi tallomda arxegoniy yetiladi. Arxegoniy pishib yetilgandan so‘ng, yomg‘ir yoqqanda yoki shudring tushganda ochiladi. Anteridiy ham shu paytda ochiladi. Ular ichidan yorilib spermatazoidlar suv tomchilari bilan arxegoniylarga o‘tadi. Spermatazoidlarning biri tuxum hujayrasi bilan qo‘shiiadi va shu tariqa uni otalantiradi. Otalangan tuxum hujayrasi po‘st bilan o‘ralib, shu ondayoq bolina boshlaydi va jinssiz nasl - sporangiy yoki marshansiyaning sporafitiga aylanadi. Sporangiy pishganda qalpoqcha yirtiladi. Sporangiy avval ko‘sak va qisqa banddan iborat boladi. Ko‘sakda sporalar bilan prujinachalar yoki elateralar hosil bo’ladi. Ko‘sak tepasidan yorilib, ichidagi spora va prujinachalar sochiladi. Ayni vaqtda sporalarning tarqalishiga prujinachalar yoki elateralar yordam beradi. Spora nam yerga tushganidan keyin o‘sa boshlaydi. Undan kalta ipsimon o‘simta (protonema - kichkina tanacha) paydo bo‘ladi va asta-sekin plastinkaga aylanadi. Plastinkacha esa marshansiya tallomiga aylanadi. Shuning bilan marshansiyaning taraqqiyoti tamom bo’ladi. Marshansiya vegetativ yo‘l bilan ko‘payganda, uning tallomi ustidagi savatcha ichida kurtaklar hosil bo’ladi. Bu kurtaklar ma’lum vaqt o'tishi bilan shamol yoki yomg’ir ta’sirida savatchadan ajralib chiqadi va yangi marshansiya hosil bo’ladi.






Download 444.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling