Bryophyta o’simliklar bo‘limi


II.BOB.Yo’sinsimonlar o’simliklari


Download 444.23 Kb.
bet5/11
Sana06.02.2023
Hajmi444.23 Kb.
#1170044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5395323383065879709

II.BOB.Yo’sinsimonlar o’simliklari.
2.1.Poyabargli yo‘sinsimonlar - Bryopsida sinfi (ajdodi)


Poyabargli yo‘sinsimonlar - Bryopsida sinfi (ajdodi). Poyabargli yo‘sinsimonlar - Bryopsida sinfiga 15000 dan ortiq tur kiradi. Uning vakillari qoruqlikda keng tarqalgan. Arktika, tundra o‘simliklariga yopishgan holda botqoq, chuchuk suvlarda, ayrim vakillari O‘rta Osiyoning qumli cho’llarida uchraydi. Bu sinfga poyabargli yo‘sinlar kiradi. Poyasi radial, sershox tuzilishga ega bolib, barglari ketma-ket yoki spiral holda joylashgan. Jigarsimon yo‘sinlar gametofiti dorzoventral tuzilishga ega, ya’ni osti va usti bir-biridan farq qiladi. Jinsiy organlari anteridiy va arxegoniylardir. Poyasi haqiqiy floema va ksilema rivojlanmagan. Lekin ularning vazifasini bajaruvchi sodda tuzilishga ega bo’lgan o'tkazuvchi naychalar bor. Bu sinf vakillarining ko‘pchiligi ko‘p yillik o‘simliklardir. Jinsiy organlari poyaning uchida (torf yo‘sinlarida) yoki yon shoxlarda joylashadi. Ko‘pincha jinsiy organlari parafiza iplari bilan o'ralgan bo’lib, bu iplar jinsiy organlarni himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Urug’lanish jarayonidan keyin zigotada sporagon taraqqiy etadi. Sporagonning jigarsimon yo‘sinlardan farqi shuki, bularning tashqi po‘sti yashil xlorofill donachalariga ega. Ikkinchidan, bularda elatera bo‘lmaydi. Ko‘sakchadagi spora yetilganidan keyin ko'sakcha ochiladi, sporalar tashqi muhitga tarqaladi, sporadan protonema o‘sadi. Unda taraqqiy etadigan kurtaklardan yangi gametofit o‘sib chiqadi. Vegetativ yo’l bilan ko‘payganda, kurtaklar yoki tanadan ajralgan biror qismdan yangi shoxlar о'sib chiqadi. Poyabargli (mox) yo‘sinsimonlar 3 ta sinfchaga bo’linadi:

  1. Sfagnum yo‘sinlari - Sphagnales.

  2. Andrea yo‘sin!ari -Andrales.

  3. Yashil yo‘sinlar - Bryales.

Sfagnum yoki torf yo‘sinlari - Sphagnales sinfchasi. Bu sinf bitta sfagnumdoshlar oilasi-Sphagnaceae va bitta turkumdan iborat. Sfagnum yo‘sinlariga 300 dan ziyodroq tur kiradi. Sfagnumlar ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo’lib, sporadan o'sib chiqqan bir yillik poyasining asosida rizoidlar bo’ladi. Poyasi shoxlangan, sershox, ancha uzun, lekin zaif mayda barglar bilan qoplangan. Barglari yupqa, tomirsiz, ikki xil: uzunchoq yirik, xlorofilli assimilatsion hujayralar va rangsiz o’lik, spiralsimon yoki halqasimon qalinlashgan, havo bilan to’lgan o‘lik hujayralar mavjud. Shuning uchun ham torf yo‘sinining barglari va poyasi oq rangda bo’ladi. Bu barglar, ayniqsa, poyaning pastki qismida joylashadi, hujayralari yordamida yerdan suvni shimib oladi. Bu hujayralar quriganda ularning ichiga havo to‘ladi, shu sababli quruq sfagnum oq rangda bo’ladi Sfagnum yo‘sinlarining hamma turlari ko‘p suvni shimish xususiyatiga ega. U vazniga nisbatan 30-40 barobar ko‘p suvni shimishi aniqlangan. Bu esa sfagnum paydo bo’lgan joylarning botqoqlanishiga sabab bo’ladi. Poyasining yuqori qismi uzoq vaqtgacha o‘sa boradi, pastki qismi esa quriydi, lekin tuproqda kislorod yetishmasligi, haroratning pastligi va hujayrasining po‘stida chirishdan saqlovchi modda borligi tufayli u chirimaydi. Buning natijasida suv havzasining tagida organik moddalar to‘planib, torf qatlamlari hosil bo’ladi, botqoqlangan qatlam qalinlashadi va kengayadi. Sfagnumlaming vegetativ ko‘payishi novdalarning ajralishi tufayli, ba’zan esa poyasi yordamida amalga oshadi. Sfagnumlar bir yoki ikki uyli o‘simliklardir. Bir uyli vakiilarida arxegoniy va anteridiylar turli shoxchalarida joylashadi. Anteridiylar tepa shoxlarining qoplag‘ich barglari qo‘ltiqida bittadan, arxegoniylar esa qisqargan tepa shoxlarining uchki qismida 1-5 tadan o'rnashgan. Torf yo‘sinlarida ham otalanish erta bahorda, suvli muhitda sodir bo‘ladi. Anteridiyda 2 xivchinli Spermatazoidlar yuzaga keladi. Arxegoniyda tuxum hujayra rivojlanadi. Otalangan tuxum hujayradan sporangiy hosil bo‘ladi. Sporangiy 2 qismdan: ko‘sakcha va qisqa (soxta) banddan iborat. Ko‘sakchaning ichki tomonida sporangiy va uning tagida ustuncha bor. Sporangiyda yetilgan sporalar ko‘sakcha devorining yorilishi natijasida tashqariga sochilib, yerga tushadi. Sporadan dastlab, protonema va rizoidlar o‘sib chiqadi. Protonema o‘simtasidan sfagnum yo‘sini rivojlanadi. Sfagnum yo‘sinlari yer sharining hamma joylarida, ayniqsa, Ukraina, Belorussiya botqoqliklarida, Shimoliy Amerikaning shimoliy rayonlarida katta maydonlarda torfzorlar hosil qiladi. 1 metr qalinlikdagi torf qariyb 1000 yil mobaynida hosil bo‘ladi. Torf yo‘sinlari juda sekinlik (yiliga 1-3 sm) bilan o‘sadi. Torf yo‘sinining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati juda katta. U qimmatbaho yoqilg‘i - uglerodga boy bo‘ladi. Quruq vazni tarkibida 60% gacha uglerod bo‘ladi. Organik o‘g‘it, quruq haydash yo‘li bilan mum, fenol, parafin olinadi. 1 tonna torfdan 120 litr spirt olinar ekan. Undan karton, qog‘oz ham tayyorlash mumkin. Sfagnum va bargli yo‘sinlar mevalarni uzoq saqlashda uning ostki qismiga tashlanadi va o‘rash uchun yaxshi material hisoblanadi. Chorva mollarining tagiga to‘shashda, ba’zida tibbiyotda dezinfeksiyalovchi material sifatida ishlatiladi. Lekin ularning zararli tomoni ham bor. Tundra sharoitida o’tloq va yaylov pichanzorlarini botqoqlantirib, tuproqqa havoning kirishini qiyinlashtiradi va foydali o‘simlikni siqib chiqaradi. Katta maydonlarni yaroqsiz holga keltiradi. Yem-xashak tayyorlashda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘rta Osiyoning qumli cho‘llarida o‘suvchi sahro yo‘sini Tortula yerning fizik xossasini yomonlashuviga sabab bo‘ladi, oq saksovul, qandim kabi o’simliklarni quritib qo‘yadi. Sfagnum yo‘sinlari atmosfera orqali oziqlanadi. Suv va mineral moddalarni atmosferadan oladi.




Download 444.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling