btsti ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 2-guruh talabasi Aminova Shohidaning


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi-


Download 356.5 Kb.
bet2/17
Sana26.10.2023
Hajmi356.5 Kb.
#1723495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
miqdor

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi- har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida aniq xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar bilan tanishtirish.
Boshlang‘ich sinflarda miqdorlarni o‘rganish bo‘yicha darsni tashkil etish rejasi taxminan quydagi bosqichlardan iborat.
I - bosqich. Narsaning ko‘plab hossalari orasidan o‘rganilayotgan xossani aniqlash. Bu bosqichda o‘rganilayotgan xossalarni taqqoslash usulidan foydalaniladi. Har bir narsa yakkalab qo‘yilmasdan balki boshqa narsalar bilan taqqoslangan holda beriladi.
Dastlab taqqoslanayotgan hossalar orasidagi farq keskin bo‘lishi lozim. Bolalar belgilar orasidagi farqni tushunib olganlaridan so‘ng, farq kamaytirilishi lozim. Masalan, bunday taqqoslaymiz: kitoblar solingan portfel og‘irroqmi yoki daftarmi, dars uzunroqmi yoki tanaffusmi, sinf xonasi ko‘proq joyni egallaydimi yoki sport zalimi ?
II - bosqich. Bir jinsli hossalarni taqqoslash turli usullar bilan o‘tkazish mumkin. Ko‘z bilan ko‘rib xissiy yo‘l bilan, ustiga qo‘yish bilan, turli o‘lchashlar yordamida taqqoslash imkonini beradi
III - bosqich. Atamani kiritish va miqdorlarning o‘lchov birligi bilan tanishtirish.
IV - bosqich. O‘lchov asboblari va undan foydalanish qoidalari bilan tanishtirish.
V - bosqich. Har xil geometrik miqdorlarni (uzunlik, yuza, ...) o‘lchov asboblari va matematik qoidalardan foydalanib hisoblash.
VI – bosqich. Miqdorlarni o‘lchash usullari haqida xulosalar chiqarish.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng ham iqtisodiy, ham o‘ziga xos jihatdan rivojlanishning o‘ziga xos yo‘liga ega bo‘ldi. Jahon jamiyatiga kirish davlatlararo ko‘p qirrali aloqalar o‘rnatish, iqtisodiy mustaqillikka erishish shular jumlasidan. Ta’lim sohasini tubdan islox qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-chaqiriq IX sessiyasida “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ning amalga oshirish 3 – bosqichida olib boriladi, 1 – bosqich qonun qabul qilingandan 2000 yilgacha.
2 – bosqich 2000-2005 yilgacha
3 – bosqich 2005 yildan keyingi yillar. Hozir 3–bosqich amalga oshirilmoqda. Qonunga ko‘ra ta’lim tizimi: boshlang‘ich ta’lim, majburiy o‘rta ta’lim, ixtiyoriy majburiy ta’lim (akademik litsey va kasb-hunar kolleji) hamda, Oliy ta’limga bo‘linadi.
Ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’lim asosiy o‘rinni egallaydi. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomda ta’kidlanganidek: boshlang‘ich ta’lim o‘qish, yozish, sanash, o‘quv faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalar, ijodiy fikrlash xislatlari, o‘zini-o‘zi nazorat qilish uquvi, nutq, xulq atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi asoslari egallab olinishini ta’minlashga da’vat etilgan. Boshlang‘ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini “Aqliy rivojlanishini, dunyoqarashi komunikativ savodxonligini, jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o‘ziga singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya qilishga o‘rgatadi1. Jaxon tajribasiga tayangan xolda O‘zbekiston Respublikasidagi boshlang‘ich ta’lim tayanch o‘quv rejasiga ona tili, matematika , tabiat hamda inson va jamiyat sohalari kiritiladi.

Download 356.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling