O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Andijon davlat universiteti
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakulteti
5111700 – BTSTI ta’lim yo‘nalishi
4-bosqich 2-guruh talabasi
Aminova Shohidaning
“Boshlang‘ich sinf matematikasida miqdor tushunchasini o‘rgatish metodikasi” mavzusida yozgan
Ilmiy rahbar: A. Sotvoldiyev.
Andijon- 2015
REJA:
Kirish
I-bob. Miqdor tushunchasini o‘rgatish metodikasi.
1.1. Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasini o‘rgatishning umumiy metodikasi.
1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi.
1.3. Uzunlik va uning o‘lchov birliklari.
1.4. Yuza va uning o‘lchov birliklari.
1.5. Hajm (sig‘im) va uning o‘lchov birliklari
II-bob Miqdor tushunchasini o‘rgatishda masalalar yechishning ahamiyati.
2.1. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan masalalar va ularni yechish usullari.
2.2. Asosiy miqdorga doir masalalar yechish.
2.3. Miqdorga doir masalalar yechishda ko‘rgazmali qurollarning ahamiyati.
2.4. Miqdorlar mavzusiga oid dars ishlanmalaridan namunalar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Boshlang‘ich sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning xossalari aks etgan.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi- miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri shu xossaga ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega.
Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini tadbiq qilishdir. Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak
Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |