btsti yo‘nalishi


Entrans    Our country


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/36
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#189333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilariga tenglik va tengsizlik tushunchalarini orgatish metodikasi

Entrans 

 

Our country  



 


KIRISH 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgan  davrdan  buyon  o‘tgan  vaqt 

mobaynida  jamiyatimizning  barcha  jabhalarida  keng  qamrovli  islohotlar  amalga 

oshirilayotganligi  taraqqiyotimiz  odimlaridan  ko‘rinib  turibdi.  Bu  borada  ta’lim 

sohasiga  bo‘lgan  e’tibor  alohida  o‘rniga  ega  ekanligi,  davlatimiz  rahbariyati 

tomonidan ayni sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib, ular 

hayotga  tadbiq  etilayotganligi  fikrimizning  yorqin  dalilidir.  Jumladan, 

Respublikamizda  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi” ning qabul qilinishi ta’lim sohasiga bo‘lgan e’tiboning yorqin ifodasidir. 

 

Yurtboshimiz  I.A.Karimov  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  IX-



sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Maktab sohasida va ta’lim haqida” Qonun qabul 

qildi.  1996-1997  o‘quv  yilidan  boshlab  maktablarning  1-sinflarida  o‘qish  yangi 

alifboda olib borildi. Yangi imlo, alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma 

va dasturlar yaratildi”, - deya ta’kidlagan edilar. 

 

Bugun  biz  tarixiy  bir  davrda  –    xalqimiz  o‘z  oldiga  ezgu  va  ulug‘ 



maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor, o‘z kuch va 

imkoniyatlariga  tayanib,  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  qurish  yo‘lida 

ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. 

 

Shuni  unutmasligimiz  kerakki,  kelajagimiz  poydevori  bilim  dargohlarida 



yaratiladi,  boshqacha  aytganda,  xalqimizning  ertangi  kuni  qanday  bo‘lishi  yosh 

avlodning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. 




Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida 

avvalo  shaxsni  ko‘rishi  zarur.  Ana  shu  oddiy  talabdan  kelib  chiqqan  holda, 

farzandlarimizni  mustaqil  va  keng  fikrlash  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan,  ongli 

yashaydigan  komil  insonlar  etib  voyaga  yetkazish  –  ta’lim-tarbiya  sohasining 

asosiy  maqsadi  va  vazifasi  bo‘lishi  lozim,  deb  qabul  qilishimiz  kerak.  Bu  esa 

ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Zero, Prezidentmiz 

ta’biri  bilan  aytganda  “Ta’limni  tarbiyadan,  tarbiyani  esa  ta’limdan  ajaratib 

bo‘lmaydi – bu sharqona hayot falsafasi” 

O‘quvchi  yoshlarning  bilimini  kengaytirish  zamon  talabi  darajasiga 

yetishida fan asoslari bilan qurollantirish, yangi pedagogik texnologiya yutuqlari 

asosida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun 

talablarini  bajarish  maqsadida  ularning  aqliy  tafakkurlarini  yuqori  darajada 

rivojlantirishga  erishish  umumta’lim  maktablari  oldida  turgan  eng  muhim 

vazifalardan biridir. 




Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling