btsti yo‘nalishi
Bo`linuvchi Bo`luvchi Bo`linma
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquvchilariga tenglik va tengsizlik tushunchalarini orgatish metodikasi
Bo`linuvchi Bo`luvchi Bo`linma
2-misolni ishlashda ham bo`lishning hadlari tushuntirib beriladi. Bo`lishni bajarishda sanoq cho`plar yoxud sanoq sho`tidan foydalanish bilan tushuntirish ishlari ancha oson kechadi. 4-masalani ishlash orqali o`quvchilar bo`lish va ko`paytirishga doir olgan bilimlari mustahkamlanadi va sonlar, sonli ifodalarni taqqoslash malakalari shakllantiriladi. Bu kabi misollardan zarur bo`lsa, dars davomida ko`proq foydalanish yaxshi samara beradi. Misollarda bajarilgan amallarni boshqasi bilan almashtirish, bo`lishni ko`paytirish, ko`paytirishni bo`lish, ko`paytirishni qo`shish amallari bilan almashtirish va tekshirish singari jarayonlar olib borilishi orqali olingan bilimlar mustahkamlanadi.
Teng qismlarga bo`lish. 1-masalani rasm asosida masala tuzish orqali ishlab ko`rsatiladi va butunni teng bo`laklar(qismlar)ga bo`lish tushunchasi bilan tanishtiriladi. 2-masalani og`zaki va yozma bajariladi, sonni qismlarga bo`lish va taqsimlash haqidagi tasavvurlar shakllantiriladi. 3-misolni o`quvchilar doskada bajaradilar va misollarning har birini tekshirib chiqiladi.4-masalani ham bo`lish amali orqali bajariladi. Misol va masalalarni ishlash davomida ko`payitirish v abo`lishning o`zaro bog`liqligi, bu ikki amalning to`g`riligini tekshirish usullari, bo`lish, ko`paytirish, amallarning hadlari, natijalarni taqqoslash, butunni qismlarga bo`lish, sonni teng qismlarga bo`lish haqida tasavvurlarni kengaytirish maqsadida qo`shimcha savol-javoblar, tushuntirishlar berib boriladi.
2•4=8 3•4=12 4•2=8 4•3=12 Ko`paytuvchilarning o`rni almashgani bilan ko`paytmaning qiymati o`zgarmaydi. 1-misolni o`qituvchi doskada ishlab ko`rsatadi va ko`paytirishning o`rin almashtirish xossasi to`g`risida dastlabkitushunchalarni beradi. 2-masalani sinf jamoasi bilan birgalikda tahlil qilib yechiladi. Tahlil davomida asosiy e`tabor ko`paytirishni o`rin almashtirish xossasiga qaratiladi. 3-masalada ikkita topshiriq berilgan. Bu ikki topshiriqni bajarish bilan o`rganilgan xossaning nohiyatini ochib berish imkoni tug`iladi. 4-misolni yozma bajarish va tushuntirish orqali taenglik, tengsizlik to`grisida olingan bilimlar yanada mustahkamlanadi. 5-masalani ikkita amal bilan bajariladi. 6-misolni ishlashda namunadagi kabi ko`paytirishni qo`shish orqali ifodalab ko`rsatiladi. 1) Oq rangdagi kaptar 15 ta, kulrang kaotar 10 ta. Hamma kaptarlar nechta? 2) Hamma kaptarlar 25 ta. Oq kaptarlar 15 ta bo`lsa, kulrang kaptarlar nechta? 3) Hamma kaptarlar 25 ta. Kulrang kaptarlar 10 ta bo`lsa, oq kaptarlar nechta?
Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling