btsti yo‘nalishi
Jadvaldan tashqari ko`paytirish va bo`lish
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquvchilariga tenglik va tengsizlik tushunchalarini orgatish metodikasi
Jadvaldan tashqari ko`paytirish va bo`lish. Bu bo`limda o`quvchilar dastlab
yaxlit o`nliklarni ko`paytirishga o`rgatiladi. Bu ham o`z o`rnida birdaniga o`rganib bo`lmaydi. Shu sababdan dastlab yaxlit o`nliklarni bir xonali songa ko`paytirish va bo`lish tushuntirib beriladi. Sekin-asta yaxlit o`nliklarni yaxlit o`nliklarga bo`lishga doir darslar o`tiladi. Shundan so`ng yig`indini songa ko`paytirish, yig`indini songa bo`lish darslarini o`tish orqali ikki xonali sonlarni bir xonali songa ko`paytirish va bo`lish haqida dastlabki tasavvurlar kiritiladi. Shundan so`ng ikki xonali sonlarni ikki xonali songa ko`paytirish va bo`lish tushuntiriladi.
92-misolni o`qituvchi doskada ishlab ko`rsatib beradi. rasmda tasvirlangani kabi sanoq cho`plaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. 20•3=□ 2 o`nlik + 2 o`nlik + 2 o`nlik = 6 o`nlik 2 o`nlik • 3 = 6 o`nlik 20•3=60 3•20=□
Ko`paytuvchilarning o`rni almashgani bilan ko`paytma o`zgarmaydi. Shuning uchun, 3•20=20•3=60 93-misolni o`quvchilar doskada yozma bajaradilar. 94-masalani yechish uchun dastlab masalani tahlil qilib olinadi va yechish uchun nima qilish kerakligi aniqlanadi. Masalaning birinchi shartini bajarish uchun ko`paytirish amali bajariladi.
Ikkinchi shartni bajarisj uchun avval ko`paytirish so`ng ayirish amallari bajariladi.
99-misolni doskada ishlab ko`rsatish bilan yangi mavzu bayon qilinadi. Bunday misollarni ishlashda ham o`nliklarga murojaat qilinadi: berilgan sonni nechta o`nlikdan iborat ekanligini aniqlab olinadi va ana shu sonni bo`luvchiga bo`linadi. 100-misolni yuqoridagi kabi ishlab chiqiladi. 101-masalani ishlash uchun dastlab 70 ni 7 ga bo`lib olinadi. Chunki biz avval 70 kunning necha haftaga teng bo`lishini bilib olishimiz zarur. 70:7=10 hafta. Agar bir haftada 5 marta matematika darsi o`tilsa, 70 kun, ya`ni 10 haftada necha marta matematika darsi o`tilishini topish uchun 10 ni 5 ga ko`paytiramiz. 10•5=50. 102-misoda berilgan jadval asosida sonli ifodalar tuziladi va yechiladi. Mazkur ifodalarda keltirilgan amallarni amallar tartibi bo`yicha ishlanadi. 105-misolda tengsizliklar berilgan. Mazkur tengsizliklarni ishlash uchun avval chap va o`ng tomondagi har bir amalni birma-bir ishlab chiqiladi va shundan so`g chiqqan natijalar taqqoslanadi. 106-masalani yechish orqali o`quvchilarning qism orqali butunni topish to`g`risidagi tushunchalari shaklantiriladi.
107-misolni o`qituvchi doskada ishlab ko`rsatadi va xulosa chiqariladi: Nol bilan tugagan sonni nol bilan tugagan song abo`lish uchun ularning noldan oldin turgan sonlarini bo`lish yetarli. 90:30=9:3=3. 108-misolni ham yuqoridagi kabi o`quvchilar doskada bajaradilar va tahlil qiladilar. 109-masalani o`quvchilar o`zlari to`ldiradilar va zarur amallar (bo`lish, ko`paytirish, ayirish)ni bajarib masalani yechadilar. 110-misolni yechishda amallarni bajarish tartibi esga olinadi va shu tartib bo`yicha yechiladi. 112-masalani sinfda muhokama qilinadi.
115-misolda yig`indini songa ko`paytirishning ikki xil usuli berilgan. 1) (2+3) •4=5•4=20 4•(2+3)=4•5=20 Yig`indini songa ko`paytirish uchun qavs ichidagi yig`indi hisoblanib, natija Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling