Bu buyuk vatanda inson
Download 72.86 Kb. Pdf ko'rish
|
1
Respublika bolalar kutubxonasi BU BUYUK VATANDA INSON – ULUG‘, XOTIRA – MUQADDAS Toshkent – 2016 2
uslubiy tavsiyanoma Axborot-resurs markazlariga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tayyorlandi. Respublika bolalar kutubxonasi ilmiy-uslubiyot kengashining yig‘ilishida 2016-yil ___-maygi ____-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlandi. Nashr uchun mas’ul: M.Mamatxanova – Axborot-resurs-markazlariga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limining yetakchi kutubxonachisi.
Ushbu tavsiyanomada yurtimizda 9-may “Xotira va qadrlash” bayramining keng nishonlanishi va ushbu bayramning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, “Qadriyatlar ulug‘langan kun” deb nomlangan tadbir ssenariysi taqdim etilgan.
3
qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El- yurtning tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Islom Karimov O‘TGANLARNI XOTIRLASH, KEKSALARNI E’ZOZLASH – BIZNING FARZANDLIK BURCHIMIZ Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kunining mazmun- mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. Inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik va barhayotdir. Ikkinchi jahon urushida xalqimiz ko‘rsatgan matonat, mardlik va qahramonlik namunalarini avlodlarimiz aslo unutmaydi, jang maydonlarida bizning o‘g‘lonlarimiz nimaga qodir ekanini doimo g‘urur va iftixor bilan eslaydi. Biz hayotimizning bir haqiqatini hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak. Mana
shu beshavqat urushda, jang
maydonlarida qurbon bo‘lgan ota-bobolarimiz qandaydir tepalik yoki qandaydir “ulug‘ dohiy” uchun emas, avvalo o‘z yurti, ota-onasi, sevgan yori, farzandlari uchun jon bergan, “Qani endi, yurtimni, o‘zimning azizlarimni yana bir bor ko‘rsam”, deb hayotdan ko‘z yumganlar. Vatan ozodligi va erkinligi, el-yurtimizning tinch va osuda hayotini himoya qilishda kurashib jon bergan o‘g‘lonlarning nomlari va xotirasi ko‘pni ko‘rgan, hech qachon yovuz dushman oldida bosh egmagan xalqimizning yodida umrbod, abadiy saqlanadi. Bu fazilat el- yurtimizning ezgu odatiga, qadriyatiga aylanib ketgan. 9-may Xotira va qadrlash kunida poytaxtimiz Toshkent shahrining markazida va joylarda barpo etilgan Xotira maydonlari ayni shu kunlarda urushdan qaytmaganlarni eslash, ularni xotiralari oldida bosh egish ushun yosh-u qariyalar va mehmonlar bilan gavjumdir. Beshavqat urushda qatnashgan va o‘zini jonini ayamasdan mehnat qilgan vatandoshlarimizni qadrlash, e’zozlash, ularni holidan xabar
4
olish, ruhini ko‘tarish – bunday ezgu ishlar barchamizning oliyjanob burchimiz. Bugungi tinch-totuv, osuda hayotimiz yo‘lida kurashgan matonatli ajdodlarimizning xotirasi qalbimizda abadiy saqlanajak. Ularning beqiyos jasorati, so‘nmas irodasi oldida doimo qarzdormiz. Bugun oramizda keksalik gashtini surayotgan aziz nuroniylar, urush va mehnat fahriylariga hamisha ta’zimdamiz. Janggohlarda halok bo‘lgan ota-bobolarimizning o‘chmas xotirasi oldida bosh egamiz. Xotira deganda, barchamiz qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib ketgan muqaddas tuyg‘uni tushunamiz. O‘tganlarni xotirlash, ularning ruhini yod etish xalqimiz uchun asrlar davomida ezgu odatga aylanib qolgan. Tarixiy xotira – bu, avvalo, hayot mazmunini, avlodlar o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini anglash, uzoq-yaqin o‘tmishda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan bugungi va ertangi kun uchun zarur saboq va xulosalar chiqarib yashash demakdir.
5
O‘ylayman, ochilsa har yil navbahor Moviy kengliklarda alvon lolalar, Bular lola emas, yod ellarda zor Lolaga aylangan askar bolalar.
O‘ylayman, oftob uyg‘onib sahar, Kunchiqar ufqiga tikkanda yalov, Bu gulgun shafaqmas, osmonga qadar Bevalar ohidan tutashgan olov.
O‘ylayman, har kech shams etsa zavolga, Borliqning tugamas motami rostdir. Tun emas, onalar egnida qolgan To mahshar yechilmas qora libosdir.
Yur, bolam, Maydonga boraylik bugun, Qo‘lingda dona gul yanog‘ingdek ol. Bu gul sening baxting, shod kulging uchun Fido bo‘lgan bobong qalbiga timsol.
Yo‘q, sen o‘zing gulsan, vataning – chaman, Ulg‘ay, asl zoting unutma sira. Bilki, qadr bilmak aslida – vatan, Vataning ma’nosi boqiy xotira.
6
deb nomlangan tadbir ssenariysi (Sahna to‘rida “9-may – Xotira va Qadrlash kuni” deb yozilgan plakat osilgan. O‘rtadagi “Motamsaro ona haykali” surati tagiga “Sen mangu qalbimdasan, jigarim”, so‘zlari bitilgan. Nazin kuy taraladi. Sahnaning chap tomonidan savatda gul ko‘targan ikki o‘quvchi chiqib kelib, tomoshabinlarga yuzlanadilar va ohista qadamlar bilar oldinga tomon yurishda davom etishadi. Qiz va o‘g‘il bola boshini xiyol egib, o‘ng tizzasi bilan yerga cho‘kkalab, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltiradilar.)
Muhtaram, aziz mehmonlar! 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz!
barhayotdir. Ayniqsa, o‘tganlarning xayrli ishlarini yodga olmoq biz uchun ham farz, ham qarzdir.
g‘alaba sharafiga “G‘alaba kuni” sifatida nishonlanar edi. Mustaqillik yillarida bu bayram Yurtboshimiz tashabbusi bilan Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilindi. Bunda juda katta va chuqur ma’no bor.
idrok etilib, xalqimizning ko‘p asrlik an’ana va qadriytlariga mos ravishda inson xotirasi va qadriga berilayotgan yuksak e’tiborning endilikda yaqqol ifodasini o‘zida namoyon etmoqda.
urush ostida – mamlakat ichkarisida xizmat qilgan faxriylar, yolg‘iz qariyalar, Afg‘on urushida qatnashgan va bevaqt halok bo‘lgan jangchilar… 7
Ularning saflari yildan-yilga kamayib bormoqda. Ammo oldimizda shunday ulug‘ va nurli kunlar bor ekan, o‘tganlarning xotirasi hamisha barhayot. Ularning ruhlari doimo shod etilishiga ishonamiz. 1-boshlovchi:Mangu olov – yoniq xotira, Yuraklardan o‘chmaydi sira. O‘tar lip-lip ko‘z oldimizdan, Goho tiniq, gohida xira. Qadr nima?Xotira nima? Unutilsa, g‘arq bo‘lar kema. Qadr topgan umri e’zozda, Xotirasiz qadr bor, dema. Shahidlarga el-yurt hurmati, Ehtiromi, cheksiz himmati. Jasoratning abadiy, o‘g‘lon – Sof oltinning baland qimmati. Noming bugun zar varaqlarda, Har bir yurak, qalb charoqlarda. Mangu olov so‘nmagay toki, Qalbimizda sen, ardoqla.
qancha yurt farzandlari ota-bobolarimiz va momolarimiz yovuz urushning qurboni bo‘lganlar. Ularning ko‘pchiligi bugun oramizda yo‘q, biroq o‘tganlarning porloq xotirasi hamisha qalbimizda biz bilan birga yashaydi.
o‘zbekistonlik vatandoshlarimiz ishtirok etganini yaxshi bilamiz. Ulardan 450mingdan ziyodi el-yurt ozodligi yo‘lida jon fido qilgan, 130 ming kishi bedarak yo‘qolgan. Yurtimizda o‘sha vaqtda qariyb 6-6,5 mln aholi yashaganini inobatga olinsa, bu xalqimiz uchun juda katta yo‘qotish edi.
8
qurbon bo‘lgani, nogironlik azobini tortganini tasavvur qilishning o‘ziyoq qalblarni larzaga keltirdi, yuraklarni iztirobga to‘ldirdi. Yurt tinchligi yo‘lida jon fido qilgan mard-u maydon o‘g‘lonlarimiz hoki oldida mudom bosh egamiz.
Qonlar kechib jang qilgan. Jasorat, mardlik bilan Dushman holin tang qilgan. Dorilamon kunlar deb, Jon berganlar jangohda. Urishning nomi o‘chsin, Doim bo‘ling ogohda. Urishning nomi o‘chsin, Jasorat qolar mangu. Har inson topar qadr – Niyat, orzular ezgu.
Insonni qadrlash maqsadning ko‘zi. Hayotiy falsafa har faxriy so‘zi, O‘zlari yurtga ko‘rk bo‘lgan faxriylar. Sizning duoingiz ijobat bo‘lsin, Sizni ardoqlagan sevinchga to‘lsin. Kelajak avlodlar o‘ynasin, kulsin, Bizni duo qiling, aziz faxriylar.
9
yuribsanmi? Ukalaring, oying, dadang sog‘-salomat yurishibdimi?
damlar ham sog‘-salomat yurishibdi. Hali zamon sizlarni ko‘rgani ular ham kelib qolishadi.
kelding? Ishqilib uydagilar bilishadimi?
«Xotira xiyoboni»ga olib bordilar. Biz noma‘lum askar haykali poyiga gullar qo‘ydik. Ziyorat davomida nuroniy bobolarimiz, momolarimiz suhbatini tingladik. Shundan so‘ng sizlarni ko‘rgani to‘g‘ri bu yoqqa kelaverdim.
yashashimiz aslida o‘sha yurtimizning mard, jasur o‘g‘lonlari tufaylidir. Eh-he, ularning qanchasiga tug‘ilib o‘sgan ona yurtiga qaytib kelish nasib etmadi. Ularni sharaflash, yod etish barchamizning burchimizdir.
birga front ortida mehnat qildik.
boshimizdan kechirganmiz. Lekin yosh-u qarida g‘alabaga bo‘lgan ishonch, Vatanga sadoqat tuyg‘usi hamma narsadan ustun bo‘lgan. Barchamiz mana shunday dorilomon kunlarning qadriga yetishimiz kerak.
o‘qituvchimiz Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan uyga insho 10
yozishni topshirgan edilar. «Men bobom va buvimni yaxshi ko‘raman» mavzusida yozdim. Sizlar haqingizda dadamdan eshitganlarimni hikoya qildim. O‘qituvchim besh baho qo‘ydilar.
o‘qigin.
o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilaman. Bobojon, bayram munosabati bilan tinchlik haqida she‘r yodladim, aytib bersam maylimi?
Biz – baxtiyor el farzandlari. Kelajakning tayanchi bo‘lgan, Jannatmakon yurt dilbandlari. Tinch hayot nafasi ufurgan, Vatanimiz bog‘lari go‘zal. Osmoni musaffo, bahavo, ko‘rkam, Qushlar navosi-la tonglari go‘zal. Bobolardan merosdir bizga, Muqaddas yurt, osuda hayot! Asragaymiz qalb qo‘rimiz-la, Ajdodlar o‘giti bizlarga qanot.
Ko‘p
yasha, ona
qizim. She’ringda aytilganidek O‘zbekistonimizdagi tinch, osoyishta hayotga hech qachon ko‘z tegmasin!
Musiqa yangrab, Vatan haqida qo‘shiq kuylanadi.) 11
Bo‘g‘larida qushlar sayraydi. Gul, chechakka burkangan yurtim, Jamolidan dillar yayraydi. Doim omon bo‘lgin, Vatanim, Jannatmisol ko‘rkam chamanim. Tinchlik so‘zi niyatlarga esh, Momolarim duosin boshi. O‘zin to‘kis baxtli deb bilar, Shu zaminning keksa-yu yoshi. Doim omon bo‘lgin, Vatanim, Jannatmisol ko‘rkam chamanim.
Bugun Vatanimizda amalga oshirilayotgan olamshumul o‘zgarishlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan uzoqni ko‘zlab bunyodkorlik va tinchlik uchun qilinayotgan sa’y-harakatlar farzandlarimizga, qolaversa, keyingi avlodlarga ham ulkan kuch-qudrat bag‘ishlaydi.
do‘stlar” qo‘shig‘i va raqs ijro etiladi.) 2-boshlovchi: Bu foniy dunyoda hammamiz mehmon. Mard, jasur bobolarimiz, sadoqatli momolarimiz o‘z umrlarini yashab, farzandlar oldida burchini o‘tab, endilikda bu aziz tuproqqa manguga bosh qo‘yib yotibdilar.
bo‘lsa, qadrlash so‘zi tiriklarga xosdir. Xotira abadiy yashar ekan, qadr ham u bilan yonma-yon yashayveradi.
lahzani, har bir kunimizni qadrlashimiz kerak. Odam odamga g‘animat. Biz uchun g‘animat bo‘lgan tabarruk ota-onalarimizning, keksalarning 12
xizmatlarini qilib, duo-yu olqishlarini olsak, ikki dunyo saodatiga erishmog‘imiz tayin.
osmonimiz musaffoligi, xalqimiz tinchligi yo‘lida jonlarini fido etgan ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz Yillar umrimizga qilarmi shafqat, Biror ish bormikan aylagali yod. Qayta tiklash mumkin barchasin faqat Qayta tiklanmagay o‘chsa xotirot.
nihoyasiga yetmoqda. Barchangizga sog‘liq, uzoq umr tilaymiz.
Biz qadrlagan insonlarga ezguliklar yor bo‘lsin!
bo‘lsin!
13
1. “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir”. I.Karimov. –T: O‘zbekiston, 2011. T.19.
2. “Ma’rifat” gazetasi. 2015-yil, 10-may,№37. 3.O‘zbegim: She’rlar. Erkin Vohidov. – T. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2006-yil. 297- bet
Download 72.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling