Bu mamlakatimizda insonparvarlik va bagʻrikenglik tamoyillari asosida olib borilayotgan demokratik islohotlarning oʻziga xos koʻzgusidir
Download 20.89 Kb.
|
23 MTT 2 CH Z
QUMQO’RG’ON TUMANI 23- SONLI DMTT XODIMI CHORIYEVA ZULFINANIG 11 IYUL – JAXON XALQLARI KUNI MUNOSABATI BILAN “O’ZBEKISTON – UMUMIY UYIMIZ MAVZUSIDA MA’NAVIYAT SOATIDAGI MARUZASI “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan oʻtkazilgan sotsiologik soʻrov natijalarining koʻrsatilishicha, 98 foizdan ziyod respondentlar yurtimizda yashovchi barcha millat va elat vakillari Oʻzbekistonni oʻz uylari sifatida boʻlib, ularning huquq hamda erkinliklari toʻliq taʼminlanayotganini qayd etganlar va jamiyatda millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilayotgan eʼtiborga yuqori baho berganlar. Bu mamlakatimizda insonparvarlik va bagʻrikenglik tamoyillari asosida olib borilayotgan demokratik islohotlarning oʻziga xos koʻzgusidir. Binobarin, Konstitutsiyamizning 8-moddasida belgilanganidek, Oʻzbekiston xalqini millatidan qatʼiy nazar, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yakdil, ahil boʻlib yashayotgani, har bir insonning hayotiy manfaatlari hamda ezgu maqsadlari roʻyobi uchun teng va keng imkoniyatlar yaratib berilgani alohida eʼtirofga hamda ibratga loyiq. 140 ga yaqin milliy madaniy markazlarning samarali faoliyat olib borishi uchun har tomonlama koʻmaklashilayotgani turli millat vakillarining oʻz ona tili, madaniyati, sanʼati, hunarmandchiligi va milliy qadriyatlarini rivojlantirishida muhim oʻrin tutmoqda. Ular “xalq diplomatiyasi” mexanizmidan faol foydalangan holda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar va madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va oʻzaro manfaatli munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga salmoqli hissa qoʻshmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz taʼlim muassasalarida oʻqish 7 tilda olib borilmoqda. Tele-radio koʻrsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tilda chop etilmoqda. “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat Dasturini amalga oshirilishi ham, milliy madaniy markazlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, millati, irqi va diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, fuqarolar ongida koʻp millatli yagona oila tuygʻusini mustahkamlash, “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” tamoyilini amalga oshirishga xizmat qiladi. Download 20.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling