Bu maqola vikilashtirilishi
Download 54.44 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqOʻrta paleolit - Vikipediya
Oʻrta paleolit Bu maqola vikilashtirilishi kerak. Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring. Paleolit‖ soʻzi lotincha soʻzdan olingan boʻlib, ―paleos- ―qadimgi, ―litos-―tosh, yaʼni qadimgi tosh davri degan maʼnoni beradi. Paleolit davri xronologik jihatidan milloddan avvalgi 2 million yillikdan to 12 ming yillikkacha davom qiladi va uch davrga- ilk, oʻrta va soʻnggi davrlarga boʻlinadi. Paleolitning uch davri ham oʻzining rivojlanish darajasiga qarab, mehnat qurollaridagi oʻzgarishlar asosida turli davrlarga boʻlinadi. Ilgari ilk paleolit davri shellgacha, shell, ashel davrlariga boʻlingan edi. Lekin keyingi davrlarda qilingan tadqiqotlar natijasida, uni olduvay va ashel davrlariga boʻlish muvofiq deb topildi. Chunki ilgarilari olduvay davri yodgorliklari kam boʻlib, uni davr tariqasida ajratish imkoni boʻlmagan. Shuning uchun shell va ashel davrlari qoʻlchoʻqmorlaridagi vazn jihatidan farqini eʼtiborga olib ularni davrlarga ajratishgan. Keyingi yillarda esa, olduvay davri mehnat qurollarining koʻplab topilishi uning davr sifatida ajratib koʻrsatishga imkon tugʻdirdi. Tarix fanining bir yoʻnalishi tarixshunoslik (istoriografiya) boʻlib, har bir davr tarixining oʻrganilganlik darajasini tadqiq va tahlil qilishdan iborat. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixini oʻrganishda Gerodot, Ksenofont, Strabon, Sezar va Tatsit, Demokrit, Lukretsiy Kar, Foma Akvinskiy, Smit va Rikardo, Baxofen, Morgan, Spenser, Teylor, Lebbok, Bastian, Mak — Lennan, Lippert juda katta hissa qoʻshishgan.Sovet etnograflari dialektik va tarixiy materializm mavqeida turib, inqilobgacha boʻlgan etnografiyaning boy merosiga tanqidiy nazar bilan qarab, uni qaytadan baholadilar va shu merosni yangi tadqiqotlar bilan boyitdilar. Sovet etnograflar maktabining asosiy tadqiqot ob’ekti - konkret xalq - oʻzi yaratgan madaniyatning ijodkori va uning yoyuvchisidir. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi ham boshqa davrlarga nisbatan keng oʻrganilgan. Bu davrga oid makonlarning tadqiq qilinishi oʻrta paleolit davri xoʻjalik madaniy hayotining barcha tomonlarini yoritdi. Bu davr Oʻ.Islomov, K.Kraxmal, A.Okladnikov, V.Ranov, M.Qosimov, R.Sulaymonov, T.Mirsoatov, N.Toshkenboev, M.Jungorov, Z.Abramova va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Odamning kelib chiqish jarayoni va avstralopiteklar, pitekantrop, sinantrop, geydelberg kabilarning shakllanishi. Ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar boʻlgan davr ibtidoiy davr hisoblanadi. Jamoa boʻlib mehnat qilish va jamoa boʻlib istemol qilish ibtidoiy jamiyatning oʻziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega boʻlgan ibtidoiy odam yakkayakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat qilib, oʻz mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamoa iborasi juda buyuk kashfiyot hisoblanib, u birinchi navbatda etnograf olim L. G. Morgan nomi bilan bogʻliq. L. G. Morgan oʻzining „Qadimgi jamiyat“ (1877) asarida juda boy etnografik materiallarga asoslangan holda ilmiy olamga birinchi boʻlib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar boʻlgan davrini ikki bosqichga boʻlgan: 1 - bosqich „ibtidoiy toʻda“, 2-bosqichi esa „ibtidoiy urugʻchilik jamoasi“ deb atadi. Ibtidoiy toʻda bosqichi oʻz mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning „hayvonot“ olamidan ajralib insoniyat olamiga oʻtish davri bilan harakterlanadi. L.G.Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamoaga kiritmagan. Arxеologik jihatdan ilk va o’rta palеolit davriga muvofiq kеluvchi ibtidoiy to’da davrida yashagan ajdodlarimizning odamsimon maymun podalariga xos xatti harakatlari, ularni fan olamida eng oily tipdagi odamsimon maymunlardan tarqalgan, dеgan tasavvurni kеltirib chiqardi. Aslida, hеch bir odamsimon maymunlardan (shimpanzе, gibbon, orangutan, gorillalardan) odam tarqalmagan. Odamzotning ilk ajdodlari o’zlarining oziq tishlaridagi naqshlari va bosh miyasining maymun bosh miyasidan kattaligi bilan farq qiluvchi maymunsimon odam ajdodi (Goranna driopitеki)dan tarqalgan. Bu tipdagi odamzot ajdodlarining qoldiqlari Janubiy Afrikada zinjantrop, Indonеziyaning Yava orolida pitеkantrop (1-rasm), Xitoyda sinantrop, O’zbеkistonda fеrgantrop, Gеrmaniyada nеandеrtallar (2-rasm) nomlari ostida topib o’rganildi. Fan olamining xulosasiga ko’ra, ular to «aqlli odam» («Homo sapiens») holatiga kеlguniga qadar (mil.av. 40—35 ming yillikka qadar) o’zining tadrijiy shakllanish taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Ular eng odd iy tosh qurollardan va olovdan foydalanishni o’rgandilar. Madaniyatning dastlabki kurtaklari vujudga kеldi, ma'noli nutq paydo bo’ldi. Inson asta-sеkin biologik jihatdan takomillasha bordi, eng ibtidoiy (pitеkantrop, sinantrop va nеandеrtal) tiplari yuksak taraqqiy etgan va ijtimoiy mеhnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan odam darajasiga yеtdi. Avvalo mеhnat, go’shtni pishirib iste’mol qilish, so’ngra so’zlash kabi muhim sabab bo’ldiki, bu sabablar ta'siri ostida eng ilk ajdodlarimizning miyasi sеkin-asta aqlli odam miyasiga aylandi. Ilk va o’rta palеolitdan uning so’nggi bosqichiga o’tish davrida tosh qurollarni yasashda, ovchilikda ancha yutuqlarga erishildi. Mehnat va mehnat qurollarining roli, fikr, nutqning vujudga kelishi. Ibtidoiy toʻdadan soʻnggi paleolitga oʻtish davrida ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasi ancha oʻzgardi va taraqqiy etdi. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda ibtidoiy jamoaning har bir davriga mansub mehnat qurollari Fargʻona vodiysidagi Selungur gʻorida va boshqa joylarda Download 54.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling