Bu munosabatni 1815-yilda Bryuster topgan va u
Download 14.33 Kb.
|
Mustaqil ish shaxzoda
bu yerda n-dielektrikning sindirish ko`rsatishi. Bryuster hodisasining o`zi yorug`likning ko`ndalang to`lqinligini isbotlash uchun yetarli hisoblanadi. Bu munosabatni 1815-yilda Bryuster topgan va u Bryuster qonuni deb ataladi, burchak esa Bryuster burchagi (yoki to`la qutblanish burchagi) deb yuritiladi. Masalan, shisha uchun (n=1,53) Bryuster burchagi 56° ga yaqin. Boshqacha qilib aytganda tabiiy yorug`lik nuri shisha plastinkaga 56° burchak hosil qilib tushganda qaytgan nur tushish tekisligiga perpendikulyar yo`nalishda to`la qutblangan bo`ladi. Bryuster qonuning fizik mohiyatini batafsilroq tushunaylik. Yorug`lining qaytishi va sinishi ikki dielektrik chegarasida emas, balki vakuum bilan dielektrik chegarasida ro`y berayotgan holda qaraylik. Tushayotgan yorug`lik elektr maydoni ta’sirida dielektrik tarkibidagi elektronlar tebranma harakatga keladi. Tebranuvchi elektronlar o`z navbatida ikkilamchi kogerent to`lqinlarni nurlantiradi. Ikkilamchi to`lqinlar birlamchi to`lqinlar bilan kogerentdir. Bu to`lqinlar o`zaro interferensiyalashishi tufayli qaytgan va singan nurlarning yo`nalishlaridan tashqari barcha yo`nalishdagi tebranishlar so`nadi. Elektron nazariyasi qaytgan va singan nurlarning tabiatini shu tarzda tushuntiradi. Ko`p kristallarda yorug`likning yutilishi yorug`lik to`lqini elektr va magnit vektorining yo`nalishiga bog`liq bo`ladi. Bu hodisa dixroizm deb ataladi. Bunday xossaga Malyus tajribasida ishlatilgan turmalin kristali ega. Biror qalinlikdagi turmalin kristaliga o`zaro perpendikulyar qutblangan yorug`likni (masalan Eₓ) to`la yutadi va qisman (E) to`lqinni o`tkazadi. Elektr vektori tebranishi o`tadigan yo`nalish plastinkaning ruxsat etilgan yo`nalishi deb ataladi. Turmalin kristali chiziqli qutblangan yorug`lik olish uchun qutblovchi polyzrizator va yorug`likni qutblanganligini tekshirish uchun analizator sifatida ishlatiladi. Hozirgi vaqtda sun’iy polyaroid plyonklar keng ishlatilmoqda. Polyaroidlar mumkin bo`lgan yo`nalishdagi tebranishni to`la o`tkazib, perpendikulyar yo`nalishdagi tebranishlarni butunlay o`tkazmaydi. Polyaroidlarni ideal qutblovchi filtirlar Download 14.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling