Bu she’rdan so’ng balki ketarsan mendan voz kechib
Sen sevib qolgan insonmasman iltimos kechir
Sanjar bu minglab qalblarning dardlarin qiyofasi,
Ajratgani yo’q kunlarni, ajratgani yo’q fasl
Senga she’rlarim o’qidim to’g’ri yo’l ko’rsatib,
Lekin to’g’ri kelmadi hayotimga to’rt satr…
O’z gunohlarimdan to’pladim o’zimga qonun
Asli u qo’llarimdamasdi axir qo’llarim qon-u
Men borman ishonma so’zlasam men emas deb
O’ylama meni mast deb ,shunchaki tanimasding
Bu she’lar by seni qalbing bo’lsa begonamasdek
Birinchi so’z “ONA” lek birinchi she’r onamasdi
Do'stlaringiz bilan baham: |