Bu usul moddalar miqdorini permanganat io
Download 32.48 Kb.
|
1 2
Bog'liqперманганатометрик усул
3.2. Permanganatometrik usul Bu usul moddalar miqdorini permanganat io MnO4- bilan oksidlash reaksiyasi yordamida aniqlashga asoslangan. Permanganat ioni kislotali, ishqoriy va neytral muhitda qaytaruvchilar bilan reaksiyaga kirishadi. Kaliy permanganatni kislotali muhitda qaytarilishi. Masalan: 10FeSO4+2KMnO4+8H2SO4=5Fe2(SO4)3+K2SO4+2MnSO4+8H2O qaytaruvchi Fe2+ Fe3+ 1 | 10 oksidlanish oksidlovchi Mn7+ Mn2+ 5 | 2 qaytarilish Bu reaksiyada КMnO4 ning molyar ekvivalent massasi =М/n-= M(KMnO4):5=158,04:5=31,61 g/ekv ga teng. FeSO4 ning molyar ekvivalent massasi M(FeSO4):1=55,85 g/ekv ga teng. Kaliy permanganatni neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda qaytarilishi. Masalan: 3FeSO4+KMnO4+5KOH + 2Н2О 3Fe(OH)3+MnO2+3K2SO4 qaytaruvchi Fe2+ Fe3+ 1 | 3 oksidlanish oksidlovchi Mn7+ Mn4+ 3 | 1 qaytarilish Bu reaksiyada KMnO4 molyar ekvivalent massasi М (KMnO4):3 = 158,04:3 = 52,68 g-ekv. FeSO4 molyar ekvivalent massasi M(FeSO4):1=55,85 g-ekv. Kaliy permanganatni ishqoriy muhitda qaytarilishi. Masalan: FeSO4+KMnO4+3KOH Fe(OH)3+K2MnO4+K2SO4 qaytaruvchi Fe2+ Fe3+ 1 | 1 oksidlanish oksidlovchi Mn7+ Mn6+ 1 | 1 qaytarilish Elektron tenglamaga ko’ra FeSO4 va KMnO4 molyar ekvivalent massasi molekulyar massalariga teng. M (FeSO4):1=55,85; М (KMnO4):1=158,04 Kaliy permanganatning kislotali muhitda oksidlovchilik hossasi neytral va ishqoriy muhitga qaraganda ancha kuchli. Birinchidan, oksidlanish-qaytarilish potenciallari orasidagi farqning qiymati = +1,51 B, = +0,59 B katta. Ikkinchidan, MnO4- ionlari kislotali muhitda rangsiz Mn2+ ionlarigacha qaytariladi, ortiqcha MnO4- ion esa eritmani och pushti rangga bo’yaydi. Ekvivalent nuqtani aniqlash juda oson bo’lgani uchun permanganatomertik usul bilan bog’liq bo’lgan barcha aniqlashlar kislotali muhitda olib boriladi. KMnO4 eritmasining titrini aniqlash uchun turli hil aniqlovchi moddalardan foydalanish mumkin. Bulardan H2C2O42H2O, Na2C2O4, As2O3, K4[Fe(CN)6]3H2O, temir kukuni va hokazolar. Ko’pchilik hollarda Na2C2O4 yoki H2C2O42H2O kabi qaytaruvchilarning standart eritmasidan foydalaniladi. Permanganatometrik titrlash usulining ishlatilishi. Permanganatometrik titrlash usuli zavodlarning analitik kimyo laboratoriyalarida, ilmiy tekshirish va o’quv laboratoriyalarida keng qo’llaniladigan oksidlanish-qaytarilish usullaridan biridir. Permanganatometrik usul bilan turli hil organik va anorganik moddalarni aniqlash mumkin: Masalan: qaytaruvchilar:. Fe, Bi, Ag, Cd, Zn, Sb, As, P, Fe2+, Cr2+, Mn2+, Sn2+, Cu+, Ti3+, Cl-, Br-, J-, S2-, SO32- , SeO32-, S2O32-, SCN-, CN-, NO2-, alьdegid, mochevina, askorbin kislota, polifenollar, shakar va hokazo. oksidlovchilar: Fe3+, Ce+4, V+5, Mo+6, W+6, Cr+6 , MnO2, PbO2, NO3-, BrO3-, ClO3-, JO3-, va hokazolar. Download 32.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling