Buddaviylik tarixi


Sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshirishda quyidagilarni aniqlashga doir masalalar hal etiladi


Download 1.55 Mb.
bet5/6
Sana18.02.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1211499
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tekshiruv

Sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshirishda quyidagilarni aniqlashga doir masalalar hal etiladi:


tovar-moddiy zahiralar, pul mablag’larining kamomadi yoki oshiqcha chiqishi va moddiy zarar summalari bilan bog’liq ma’lumotlarning haqqoniyligi;
    • tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish, saqlash, sotish va pul mablag’larining harakatiga doir muomalalarni rasmiylashtirishning to’g’riligini;
    • moddiy zarar etkazilishiga olib kelgan yoki uning o’z vaqtida aniqlanishiga to’sqinlik qilgan, buxgalteriya hisobi va nazorat tizimining kamchiliklari.

moliya-xo’jalik faoliyatiga doir muomalalarni hujjatlarda aks ettirishning buxgalteriya hisobi xalqaro va milliy standartlari hamda boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi;
    • tergov olib borilayotgan ishga aloqador shaxslar ko’rsatmalarining buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga muvofiqligi;

materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va pul mablag’-larini kirimi, chiqimi hamda hisobdan o’chirilishining hujjatlar bilin asoslanganligi; hisobga olinmay qolgan mahsulotlar hajmi va qiymatini texnologlar, tovarshunoslar va boshqa mutaxassislar xulosalarini hisobga olgan holda aniqlash;
    • fuqarolik sudlov ishlari tartibida hal etiladigan da’volarga doir summalar miqdorining hujjatlar bilan asoslanganligi;
    • tovar-moddiy zahiralar va pul mablag’lari kamomadi yoki oshiqcha chiqishi vujudga kelgan davrda moddiy javobgar hisoblangan shaxslar, hamda ekspertiza jarayonida buxgalteriya hisobi va nazorat talablariga rioya qilinmaganligi aniqlanganda, buning uchun mas’ul shaxslar;

4. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari

  • Auditorlik tashkilotlari majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlaridan tashqari, O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni va N 90-«Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari» nomli auditorlik faoliyati milliy standarti(AFMS)da ko’rsatilgan, istalgan professional xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi:
  • a) buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish
  • b) moliyaviy hisobotni tuzish;
  • v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish;
  • g) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish;
  • d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliyaxo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
  • e) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish;
  • j) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda
  • tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko’rsatishlari mumkin.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling