Buddizm Madaniyati Tarixi Buddistlar Maktablar Ibodatxonalar Matnlar Portal


Download 103.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi103.79 Kb.
#248505
  1   2   3   4
Bog'liq
Buddizm - Vikipediya



Buddizm

Buddizm

Madaniyati

Tarixi

Buddistlar



Maktablar

Ibodatxonalar

Matnlar

Portal

 

Buddizm (Budda nomidan olingan),

Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan




dinlardan biri (xristianlik va islom dini

bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar

taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan

avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo

boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.

Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzok.

Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri

Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos,

Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va

Yapokabi davlatlarning asosiy dinidir. B.

muayyan tarixiy davrlarda Xitoy,

Hindiston, Koreya va Indoneziyada,

deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni

jahonning salkam 2/3 kismi aholisi

maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir

koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, B.ga




Siddhartha Gautama (Budda) asos

solgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud:

xinayana va maxayana. Keyingisi juda

koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.

Boshqa dinlardan farqli ravishda B.da

hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto

xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi.

Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud

boʻlib, ularning har biri yoʻqolib,

keyingisiga oʻrin beradi. B. taʼlimotiga

koʻra, inson doimo azobuqubatga

mahkum va bunga uning oʻzi sabab

boʻladi. Zero u, garchand befoyda

boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini

saqlab qolishga harakat qiladi.

Azobuqubatdan qutulish uchun koʻngil




xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini

tiyish darkor. Muntazam ravishda

yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar

yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda

meditatsiya (ongni oliy haqiqatga

yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni

"xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga

(azobuqubatning tugashiga) olib keladi.

Nirvanaga yetishish uchun talab

qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas,

bir necha hayotni taqozo etishi mumkin.

B. zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va

Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda

(Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga

yetishishning yorqin timsoli. Dharma —

Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu

taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy



haqiqat"dan iborat: 1) azobuqubat

mavjud; 2) azobuqubatning sababi (istak)

mavjud; 3) azobuqubatning tugashi

(nirvana) mavjud; 4) azobuqubatning

tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli

yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos

solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib

kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda

bu — oʻtgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga

yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa

jamoasiga kabul etilgan shaxs quyidagi

10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1)

hech kim yoki hech narsani hayotdan

judo qilmaslik; 2) yolgʻon soʻzlamaslik; 3)

oʻgʻrilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga

kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik

ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to



ertangi sahargacha ovqat tanovul

qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech

narsa bilan tanani bezamaslik; 8)

ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok

etmaslik va tomoshabin sifatida

qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq

oʻrinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik.

Rohiblar jamoasi asosan B. txeravadasi

(aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir.

Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun

ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar

(yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga

eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda,

Sangxa — muqaddaslik va qudrat

xazinasi. Kisqasi, B. — Buddaga ergashib,

Dharma talablarini bajarish va Sangxa

jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.



B. tarixi 2500 yildan ortiqdavrni oʻz ichiga

oladi. Unga dastlab braxmanizm va

jaynizmniit taʼsiri kuchli boʻlgan.

Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-

asr) davrida B. kuchli mustaqil din

sifatida shakllandi. 9 a. muvaffaqiyatli

faoliyat koʻrsatgan B. Hindistonda

inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida

bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq

egalladi. Ammo B. Shri Lanka,

Jan.Sharkiy Osiyo va Markaziy Osiyo

orkali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga

yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va

Jan.Sharqiy Osiyoning materik qismida B.

txeravadasi (qad. anʼanalarga sodiqlik),

Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa

maxayana (yangicha yondashuvlar)



tarkaldi. 15-asrda Osiyo qitʼasida paydo

boʻlgan yevropaliklar B. bilan tanishdilar.

Ularning baʼzilari B.ga kirgach, Angliya,

Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini

tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik

muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va

AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar.

Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va

tibet rohiblari hamda olimlarining kirib

kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik

B. jamoalari tashkil topdi. B.ning bir

necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.

B.da kundalik, davriy, maxsus va bayram

marosimlari ado etiladi. Monastir,

butxona va xonadonlarda ertalabki va

kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12




—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, yaʼni

balogʻatga yetgunga qadar monastirda

rohiblikni oʻtaydi, lekin , taxminan ularning

uchdan bir qismi umrbod shu maqomda

qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy

kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi

— rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu

bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar.

20-asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni

ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi.

Hatto Hindistonning oʻzida ham B.

dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda.

Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko"

("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni

(Rossiyada katta shovshuvga sabab

boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil




etmoqdalar. Amerikadagi "yangi

buddizm" jamoalari asosan dunyoviy

kishilardan tarkib topgan.

Oʻzbekistonda bitta B. jamoasi rasmiy

ravishda faoliyat koʻrsatadi.

Ahadjon Hasanov.

[1]


Download 103.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling