Buddizm ta'limotida to'rt oliy haqiqat, nirvana haqida qarashlar


Download 80.46 Kb.
bet4/7
Sana09.05.2023
Hajmi80.46 Kb.
#1447551
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BUDDIZM TA\'LIMOTIDA - TO\'RT OLIY HAQIQAT, NIRVANA HAQIDA QARASHLAR

Buddizm yoki Buddaviylik dharmik din hamda falsafiy oqimdir. U shuningdek Budda Dharma (sanskrit tilida "Uyg‘onganning ta’limoti") deb ham ataladi. Buddizmga mil. avv. V asrda Siddharta Gautama tomonidan asos solingan; keyinchalik Gautamani "Budda" ismi bilan atay boshlashgan.

  • Buddizm asoschisining shaxsi

  • Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama)ShakyamuniBuddaTadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urugʻ nomi, Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand", Budda — "nurlangan", Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.

  • Taʼlimoti

  • Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat:

  • axloq;

  • meditatsiya;

  • donolik.



    • Axloq normalari — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati):

  • qotillikdan saqlanish;

  • oʻgʻrilikdan saqlanish;

  • gumrohlikdan saqlanish;

  • yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish;

  • mast qiluvchi narsalardan saqlanish.

    • Meditatsiya.

  • toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) — Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt haqiqatni bilish va unga ishonish;

  • toʻgʻri niyat qilish — dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish;

  • oʻzini toʻgʻri tutish — oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;

  • toʻgʻri anglash — oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish;

  • toʻgʻri harakat qilish — oʻzidagi yomon tuygʻularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va harakatlarni rivojlantirish;

  • toʻgʻri hayot kechirish — noʼmaqul hayot tarzidan saqlanish;

  • toʻgʻri fikr yuritish — kamolotning toʻrt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish;

  • toʻgʻri gapirish — yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling