moliyaviy nazorat ob’ektida shaxsiy mulkiy manfaatlari bo’lgan;
tekshiruv bilan qamrab olingan davrda moliyaviy nazorat ob’ektida
ishlagan
davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o’tkazish
taqiqlanadi.
Byudjet kodeksida ko’rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda davlat
moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari
bu haqda davlat moliyaviy
nazoratini tayinlagan organning rahbarini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Byudjet intizomini buzish.
Quyidagilar byudjet intizomini buzishdir:
Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlari va byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’larini ularni olish
(ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq bo’lmagan maqsadlarga yo’naltirish;
mehnatga haq to’lash bo’yicha belgilangan razryadlarga, lavozim
maoshlari,
ustamalar, ish haqiga qo’shimchalar va boshqa to’lovlar miqdorlariga rioya
etmaslik;
byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar
va tashkilotlarga ish haqi,
pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan
boshqa xarajatlarni
to’lash uchun pul mablag’lari berilishini, shuningdek pensiyalarni etkazib berishni
amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablag’lari berilishini banklarning rahbarlari
va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirish.
Davlat moliyaviy nazorati natijalari bo’yicha rasmiylashtiriladigan
hujjatlar.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratining
natijalari davlat
moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxsi tomonidan:
tekshirish va taftish natijalari bo’yicha tuziladigan hujjat — dalolatnoma;
davlat moliyaviy nazorati natijalarini umumlashtiruvchi hujjat — jamlanma
dalolatnoma;
o’rganish va nazorat tartibida tekshirish natijalari bo’yicha tuziladigan hujjat
— ma’lumotnoma yoki xulosa;