Budjet nazorati
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
2-chizma. Nomoddiy akvtivlarni nazoratdan o’tkazish manbalari Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi asosliligini va o’z vaqtida amalga oshirilganligini aniqlash uchun hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnomalarni ramiylashtirilishi va to’g’ri tuzilganligi tekshiruvdan o’tkaziladi. Bundan tashqari, nomoddiy aktivlarni sotish, beg’araz berish bo’yicha tuzilgan shartnomalarning asosliligi va dalolatnomalarning to’g’riligi alohida tekshiriladi. Nomoddiy aktivlar kirimi va hisobdan chiqarilishiga oid buxgalteriya xujjatlari (qaydnoma, dalolatnoma va boshqalar) AV6-son shakldagi inventar kartochka 274- son shakldagi 6-memorial order 308-shakldagi bosh jurnal kitobi Hisobt shakllari Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni kamomadi yoki yo’qotishlari mavjudligi holatlarini hisobda aks ettirilashi va zarur hollarda huquqni muxofaza qilish organlariga ma’lumotlarning taqdim etish holatlariga alohida e’tibor qaratiladi. O’tkazilgan inventarizatsiya natijalarini to’g’ri rasmiylashtirilishi o’rganiladi. 2. Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarni analitik va sintetik hisobining nazorati Buxgalteriya hisobida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi inventar ob’ektlar bo’yicha tashkil qilinadi. Analitik hisobni bunday yuritilishi har tomonlama asoslangan va sifatli nazorat o’tkazishni ta’minlaydi. Asosiy vositalarni inventar ob’ektlari bo’yicha yuritilishi orqali ularni sinflashtirishni to’g’ri tashkil qilish imkonini yaratib beradi. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni sinflashtirilishi orqali ularni zarurligi va samarali ishlatilishi to’laqonli ta’minlanadi. Tekshiruvchi asosiy vositalar analitik hisobini to’g’ri tashkil qilinganligini va uni sintetik hisobga mosligini birinchi navbatda aniqlab olishi zarur. Ma’lumki, har bir inventar ob’ekt moddiy javobgar shaxslarga biriktirilishi va buxgalteriya hisobida bu ob’ektlar bo’yicha inventar kartochkalarni ochilishi hamda ro’yhatga olinishi belgilab qo’yilgan. Bundan tashqari, har bir moddiy javobgar shaxs bilan moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini tekshiruvdan o’tkazish davomida ularning qaysi manbalardan kirim qilinganligi va nima sababdan hisobdan chiqarilayotganligi alohida o’rganishni talab etadi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tashkilot ichida yo’nalishini to’g’ri rasmiylashtirilishi, moddiy javobgar shaxslar o’zgarganda natijalarni hisobda aks ettirilishini o’z vaqtida amalga oshirilganligi ham tekshirishdan o’tkazilishi zarur. Kutubxona fondlari uchun bitta inventar kartochka ochiladi, unda hisob umumiy hisobi bo’yicha faqat pul ifodasida yuritiladi. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning sintetik hisobi schyotlar rejasining asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar nomli bo’limida keltirilgan schyotlar orqali tartibga solinadi. Tekshiri jaranyoida avvalambor buxgalteriya hisobi schyotlarining etarli darajada ochilganligi aniqlanadi. Buning uchun tekshiruvchining asosiy vazifasi moddiy aktivlarni asosiy vositalar trakibiga to’g’ri kiritilishini aniqlab olishdan iborat. Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq asosiy vositalar tarkibiga zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalaniladigan, shuningdek, ijaraga berish mumkin bo’lgan moddiy aktivlar kiradi. Bular 01 - asosiy vositalar nomli schyotning subschyotlari bo’yicha hisobga olinadi. Tekshirish jarayonida ushbu schyotning sal’dosi 274-son shakldagi 6-memorial order jami summasi bilan taqqoslanadi va bu summalar 308-son shakl bosh kitob va moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarni hisobga oluvchi moddalari bilan mos kelishi kerak. Tugatish munosabati bilan asosiy vositalarni hisobdan chiqarganda hisoblangan eskirish summasi 02-schyotning debeti va 01-schyotning kreditiga taalluqli subschyotlar orqali amalga oshiriladi. Bunday buxgalteriya pravodkasi AV-4 sonli shakl va 444-sonli shakl dalolatnomalari mavjud bo’lganda beriladi. Tekshiruvchi dalolatnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlashi zarur. Shuni alohida qayd etish kerakki, agarda asosiy vositalar va nomoddiy akvtivlar realizatsiya orqali hisobdan chiqarilganda moliyaviy natija aniqlanishi zarur. Bunda, budjet tashkilotlarida 201- Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi nomli taqqoslovchi schyotdan foydalaniladi. Moliyaviy natija ijobiy bo’lgan taqdirda 201-schyot 272- Boshqa budjetdan tashqari daromadlar nomli schyotning kreditiga yopiladi. Agar moliyaviy natija salbiy bo’lsa, u holda farq asosiy vositalarni kirim qilish manbalari xaqiqiy xarajatlarida aks ettiriladi. Tekshiruvchi salbiy farq nima sababdan vujudga kelganligini, uni keltirib chiqargan javobgar shaxslarni aniqlashi zarur. Bundan tashqari xarajatlarni to’g’ri aks ettirilganligi quyidagi buxgalteriya schyotlari orqali aniqlanadi: 231- Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar, 241-To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar, 251-Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar va boshqalar. Nomoddiy aktivlarni yaratilishi bilan bog’liq barcha xarajatlar 080- Nomoddiy aktivlarga xarajatlar nomli schyotlarda aks ettiriladi. Bu schyotning aylanishlari tekshirilganda berilgan pravodkalarga asos bo’lgan yuk xatlari, bajarilgan ishlarni qabul-topshrish dalolatnomalarining xaqqoniyligi aniqlanadi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish 030-Nomoddiy akvtivlar schyotining kreditida aks ettiriladi. Bunda, hisobdan chiqarish uchun asos bo’lgan xujjatlar baholashning xaqqoniyligi tekshiruvdan o’tkaziladi. Shunga alohida e’tibor qaratish kerakki nomoddiy aktivlar foydalnishga yaroqsiz holga kelgunga qadar hisobda aks ettirilishi zarur. Asosiy vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda har yili qayta baholanadi. Ularning qiymatini har yili 1 yanvar holati bo’yicha qayta baholashni o’tkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o’tkaziladi.1 Yanvar holati bo’yicha asosiy vositalarni har yili qayta baholash oldingi qayta baholash natijasida olingan ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan, yil davomida kelib tushgan asosiy vositalar bo’yicha esa - xarid qilish qiymatidan amalga oshiriladi. Er uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob’ektlarining qiymati qayta baholanmaydi. Asosiy vositalarni qayta baholashda qayta baholashni amalga oshirish usullarini qo’llanilishi tahlil qilinadi. Asosan, qayta baholash aynan o’xshash bo’lgan yangi ob’ektlarga xujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo’yicha qo’yilgan qiymat asos qilib olinadi. Yoki, asosiy vositalar turlari bo’yicha ularni xarid qilish davrlariga tabaqalangan asosiy vositalarning qiymatini o’zgarish indekslarini qo’llagan holda aniqlanadi. Tekshirish jarayonida asosan, asosiy vositalarni qayta baholanishini o’z vaqtida amalga oshirilishi va buxgalteriya hisobidan to’g’ri aks ettirilganligi aniqlanadi. Asosiy vositalarni o’z vaqtida qayta baholamaslik real bozor baholaridan farq qilishga olib keladi va bu o’z navbatida asosiy vositalar saqlanishi izdan chiqishiga olib kelish extimolini vujudga keltiriladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni tekshirish eskirish hisoblash vedomostiga asosiy vositalarni to’g’ri va aniq kiritilganligini aniqlashdan boshlanadi. Budjet tashkilotlarida ishchi schyotlar rejasini tasdiqlanayotganda “Asosiy vositalarning eskirishi” schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga kirim qilingan asosiy vositalar manbalari bo’yicha eskirish hisoblanishini alohida shakllantirib olishi mumkinligini inobatga olib subschyotlarning to’g’ri ochilganligini aniqlab olish kerak. Masalan, 023/1-“Mashina va jihozlarning eskirishi (Budjet mablag’lari hisobidan)”, 023/2 –“Mashina va jihozlarning eskirishi (Riojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan)” va boshqalar. Asosiy vositalarni qayta baholash natijasida asosiy vositaning eskirish summasining oshishi 28-Moliyaviy natijalar schyotining debetida to’g’ri aks ettirilganligi aniqlab olinadi va aksincha, eskirish summasining kamayishi bu schyotning kreditiga olib borilishi zarur. Balansdan chiqarilayotgan asosiy vositaga hisoblanagan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi budjet tashkilotlarida 02-schyotning debeti va 201-schtyoning kreditida aks ettiriladi. Bunda, tuzilgan dalolatnomaning asoslanganligi aniqlanadi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling