Budjet nazorati
Takrorlash va munozara uchun savollar
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Takrorlash va munozara uchun savollar 1. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralar nazoratini tashkil qilishning zarurligini izohlang. 2. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralar nazoratini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 3. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralar hisobini tekshirish usullarini tushuntirib bering. 4. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralar kirimi va chiqimini nazoratdan o’tkazishda foydalaniladigan xujjatlar qaysilar? 5. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralar nazoratining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 6. Tovar moddiy zahiralarini analitik va sintetik hisobini tekshirish qanday amalga oshiriladi? 7. Tovar moddiy zahiralarini saqlanish holatini tekshirish deganda nimani tushunasiz? 8. Tovar moddiy zahiralar inventarizatsiya natijalarini hisobda aks ettirishni tekshirishning xususiyatlarini nimalardan iborat? 6-Mavzu: Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobining nazorati 1. Pul mablag’lari hisobi nazoratining maqsadi, vazifalari va manbalari Pul mablag’lari nazoratining asosiy maqsadi - kassa muomalalarini yuritilishi, pul mablag’larini maqsadli ishlatilishini ta’minlanishini tekshirish, debetorlik va kreditorlik qarzlarini o’z vaqtida undirilishini ta’minlash hamda hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini maqsadli sarflanishi va o’z vaqtida hisobda aks ettirilishini aniqlashdan iboratdir. Budjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy aktivlar, ya’ni pul mablag’lari hisobi alohida tashkil etiladi. Moliyaviy aktivlarga hisobvaraqdagi pul mablag’lari, kassadagi pul mablag’lari, pul xujjatlari, yo’ldagi pul jo’natmalari va moliyaviy qo’yilmalar kiradi. Budjet tashkilotlarida shaxsiy hisobvaraqlarni ochish, yuritish, yopish tartibi “Budjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning xududiy bo’linmalarida yuritish qoidalari” (O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziriligida 2007 yil 5 dekabrda 1746-son bilan ro’yhatga olingan)ga asosan amalga oshiriladi. G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida budjet tashkilotlari uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochib yuritilar edi. 2001 yildan boshlab budjet tashkilotlari pul mablag’lari hisobini yuritish uchun moliya organlari tomonidan shaxsiy hisobvaraqlar ochilishi belgilandi. Moliya organlari tomonidan ochilgan shaxsiy hisobvaraq dasturga kiritiladi hamda g’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida ko’rinadi. Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat: 1. budjet tashkilotlari moliyaviy aktivlar hisobini amaldagi me’yoriy-huquqiy xujjatlar talablari bo’yicha tashkil etilishini o’rganish; 2. moliyaviy aktivlar hisobini buxgalteriya boshlang’ich va yig’ma xujjatlari hisob registrlarida o’z vaqtida rasmiylashtirilishini tekshirish; 3. budjet va budjetdan tashqari pul mablag’larini daromadlar va xarajatlar smetalari bo’yicha maqsadli sarflanishini tekshirish; 4. buxgalteriya schyotlarida moliyaviy aktivlar mavjudligi hamda harkatini aniq, to’liq va o’z vaqtida aks ettirlishini tekshirish; 5. tashkilot kassasida, shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, pul xujjatlari, moliyaviy qo’yilmalar butligini nazorat qilish; 6. chet el valyutasidagi upl mablag’larini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan xorijiy valyuta kurslari bo’yicha kurs tafovutlarini to’g’ri aniqlanganligi va o’z vaqtida aks ettirilganligini tekshirish; 7. budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari mavjudligi holati va harakatiga oid buxgalteriya yozuvlarini tekshirish va boshqalar. Budjet tashkilotlarida pul mablag’larini tekshirish manbalarini quyida ko’rishimiz mumkin: 1. Kassa muomalalarini tekshirish manbalari (1-chizma). Kassa muomalalarini tekshirishning asosiy manbalari bu kassir hisoboti hisoboti hisoblanadi. Kassa muomalalarini tekshirish uchun quyidagi birlamchi xujjatlar asosiy manba hisoblanadi. Bular quyidagilardan iborat: kassa kirim orderi (KO-1 shakl), kassa chiqim orderi (KO-2 shakl), to’lov qaydnomalari, pul berish bo’yicha arizalar, ishonchnomalar va chek ilovalari. Bundan tashqari, kirim va chiqim orderlari yoki ular o’rnini bosuvchi xujjatlar kassaga topshirilgunga qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son shakldagi kirim va chiqim kassa orderlarinii ro’yhatga olish jurnalida qayd etiladi. Bu jurnalni yuritilishini belgilangan qoidalarga mosligi alohida tekshiruvdan o’tkaziladi. Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida budjet tashkilotlari pul mablag’lari G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Shunga alohida e’tibor qaratish kerakki, g’azna ijrosiga o’tmagan budjet tashkilotlari pul mablag’lari banklarda ochilgan hisobvaraqlarda yuritilishi mumkin. G’aznachilik bo’linmalaridan olingan shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma va unga ilova qilingan hujjatlar asosiy tekshirish ma’nbalari hisoblanadi. Ularga to’lov topshiriqnomalari, naq pul mablag’larini olishga so’rovnoma, ish bajarilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq fakturalar, shartnomalar va avans to’lovlarini tasdiqlovchi xujjatlar kiradi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling