Budjet nazorati
-chizma. Turli debetor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
1-chizma. Turli debetor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi
nazorati manbalarining sxematik ko’rinishi 2 Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar nazoratining asosiy vazifasi hisob-kitob holati to’g’risidagi ma’lumotlar haqiqiy va qonuniyligi, moliyaviy intizomga rioya qilinishi, tashkilotni smetalari doirasida to’lov qobiliyatiga ta’sirini tekshirish, qarzlarni haqiqiyligini aniqlashdan iborat. Yuqorida qayd etilgan hisob-kitoblarni tekshirish uchun ma’lumot manbasi bo’lib mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berishga oid shartnomalar, hisob- kitoblar bo’yicha o’zaro solishtiruv dalolatnomalari, hisob-kitoblarni inventarlash dalolatnomalari, to’lov hujjatlarining nusxalari, sotib olish daftarlari bo’yicha 2 Mualliflar tomonidan tuzilgan. Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar bo’yicha boshlang’ich buxgalteriya xujjatlari (yuk xati, bajarilgan ishlarni topshirish qabul qilish dalolatnomalari, buxgalteriya ma’lumotnomalari, to’lov topshiriqnomalari va boshqalar) 327- son shakldagi ta’lim muassasalari-da bolalarni saqla-ganligi uchun ular-ning ota-onalari bilan olib borila- digan hisob-kitoblar qaydnomasi 285-son shakldagi aylanma qaydnoma 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari 15-memorial order- ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob- kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma 406-son shakl 6-memorial order-turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob- kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma 408-son shakl 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi Hisobot shakllari hisob registrlari (ro’yxatlar, memorial-orderlar), bosh kitob, buxgalteriya hisoboti va boshqalar. Nazoratchining ixtiyoriga qarab mazkur tekshiruvlar yozma va og’zaki testlarni o’tkazish, ichki nazorat tizimini kuzatish va boshqa usullar yordamida amalga oshiriladi. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda tekshiruvchi, avvalambor, tovar-moddiy zaxiralar (tovar moddiy zahiralari) sotib olinishi uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Masalan, mol etkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni amalga oshirish bo’yicha tuzilgan shartnomalar O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy xujjatlariga muvofiq amalga oshirilganligi tekshiriladi. So’ngra mol etkazib beruvchilar o’z majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajarganliklari, mol etkazib beruvchilarga yoki ular tashkilot oldida qarzi vujudga kelgan sanasi tekshiriladi. Tashkilotlar tomonidan O’zbyokiston Respublikasi me’yoriy huquqiy xujjatlar talablariga to’liq xajmda va belgilangan muddatlariga atayin rioya etmagan holda amalga oshirgan kelishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bundan keyin nazoratchi va uning yordamchilari 6-sonli memorial-order, 150-sonli "Turli debetor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar" schyoti va birlamchi yig’ma hisob hujjatlari ko’rsatkichlari bo’yicha bevosita har bir mol etkazib beruvchi bilan (yoki tanlab olib) amalga oshirilgan hisob -kitob muomalalarini tekshiradilar. Amalga oshirilgan muomala sanasi va tavsifi, olingan tovar moddiy zahiralari bo’yicha narx-navolar to’g’ri qo’llanilganligi va ular to’liq kirim qilinganligi, mol etkazib beruvchilarning hisobvaraq- fakturalari asosli ravishda ko’rsatilganligi aniqlanadi. Agar tovar moddiy zahiralari qabul qilingan bo’lib, lekin ularga tegishli hujjatlar bo’lmasa (fakturasiz mol etkazib berish), mol etkazib beruvchilardan hisobvaraq-fakturalar talab qilinganligi aniqlanadi. Tekshiruvchi mavjud bo’lgan talab xatlarini o’rganib chiqishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling