Budjet nazorati
Ish xaqidan daromad solig’i va majburiy ushlanmalar hisobining
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval Ish xaqidan ushlanmalarni sinflashtirish va tekshirish xususiyatlari
3. Ish xaqidan daromad solig’i va majburiy ushlanmalar hisobining nazorati Belgilangan qonunchilik asosida xodimlar hamda ishchilarning ish xaqidan ushlanma va ajratmalar amalga oshiriladi: - ish xaqidan daromad solig’i; - ish xaqidan 1 foiz (daromad solig’idan ushlanadi) shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamiga; - pensiya jamg’armasiga ajratma 7 foiz; - avans ushlanmalari; - noto’g’ri hisoblangan summalarni ushlab qolish; - kasaba uyushmasiga ajratma; - ish va xizmatchilar tomonidan etkazilgan moddiy zararni qoplash bo’yicha ushlanmalar; - ayrim turdagi shtraflar, ya’ni ijro varaqalari bo’yicha, kreditga olingan tovarlar bo’yicha va etkazilgan brakn qoplash bo’yicha. Tekshirish jarayonida ushbu soliq va ushlanmalarni xaqqoniyligi aniqlanadi va ayrim hollarda yo’l qo’yilgan hatolarni kelib chiqish holatlari o’rganilishi shart. Ish xaqidan ushlanmalarni tekshirish rejasini tuzishda quyidagi sinflashtiruvchi jadvalini tuzish maqsadga muvofiq (1-jadval). 1-jadval Ish xaqidan ushlanmalarni sinflashtirish va tekshirish xususiyatlari Ushlanmaning turi Ushlamalar tarkibi Tekshirish xususiyatlari Majburiy - ijtimoiy sug’urtaga ushlanma; - majburiy tibbiy sug’urta; - jismoniy shaxslarning daromad solig’i; - ijro varaqalari bo’yicha ushlanmalar; - sud qarorlari bo’yicha ushlanmalar. Ushbu ushlanmalarni tekshirishdan o’tkazishda ish xaqini to’g’ri hisoblanganligi, belgilangan muddatlarda ushlanmalarni to’lanishi o’rganiladi. Ushbu to’lanmalarni ushlab qolishda ishchi, xodimlarning roziligi talab qilinmaydi. Ish beruvchining xohishi bo’yicha ushlanmalar - tashkilotga etkazilgan moddiy zararni qoplash; - brak uchun ushlab qolish; - o’z vaqtida qaytarilmagan hisobdor shaxslar qarzlarining undirilishi; - ortiqcha berilgan ish xaqini ushlab qolish. Ushlanmalar korxona raxbari tomonidan berilgan buyruq yoki ko’rsatmalar asosida amalga oshiriladi. Bunda, ushlab qolish sabablari ko’rsatilishi kerak va ushbu ushlab qolish bilan ishchi, xodimlar xabardor qilinadi va ulardan tilxat olinganligi tekshirilishi kerak. Ishchi va xodimlar jamoasi xohishiga binoan ushlanmalar - kasaba uyushmalarga ajratmlar; - ayrim jismoniy va yuridik shaxslar hisobiga ishchining yozma ko’rsatmasiga asosan ushlab qolish. Ishchi va xodimlarning arizasiga binoan ajratmalar belgilangan muddatlarda miqdorda to’liq amalga oshirilishi tekshiriladi. Bunda, kasaba uyushmasi mablag’larining sarflanishi alohida mavzu sifatida tekshiriladi. Tekshiruv jarayonida ish xaqi bo’yicha daromad solig’i o’sib boruvchi tartibda hisoblanishiga alohida e’tibor qaratish kerak bo’ladi. Tashkilotda o’rindoshlik asosida ishlovchi xodimlar yuzasidan olib borilayotgan hisob-kitob ishlari, tuzilayotgan shartnomalarni qay darajada asoslanganligi va belgilangan tartibda davlat soliq idoralariga ma’lumotlarni berish ishlarini yo’lga qo’yilganligini nazoratdan o’tkazilishi zarur. Ish xaqidan daromad solig’ini ushlab qolishda qo’llanilayotgan soliq imtiyozlari yuzasidan barcha asos bo’luvchi xujjatlarni taqdim etilganligi va hisob-kitobini to’g’ri aks ettirilishi tekshiruvdan o’tkazilishi lozim. Ish xaqi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar uch qismga bo’linadi: 1. Ish xaqi fondi; 2. Ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar; 3. Birinchi va ikkinchi qismga taalluqli bo’lmagan xarajatlar. Tekshirish jarayonida bu xarajatlarni to’g’ri aks ettirilishi va manbasini aniqlashtirish zarur. Shundan so’ng yuqorida keltirlgan jadval (7.3.1-jdval)dagi ko’rsatmalarga amal qilgan holda ushlanmalarning amalga oshirilganligi tekshiriladi. O’bekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga asosan ish xaqidan barcha ushlanmalar miqdori 20 foizdan oshmasligi kerak. Qonunchilikda belgilangan ayrim hollarda ishchi va xizmatchilarga hisoblangan ish xaqining 50 foiz miqdori ushlab qolinishi mumkin. Birinchi navbatda majburiy va ijro xujjatlari bo’yicha ushlanmalar amalga oshiriladi. Bunday ushlanmalar uchun buyruq rasmiylashtiriladi va xodimning roziligi talab etilmaydi. Daromad solig’ini ushlanishini tekshirish jarayonida soliqqa tortish ob’ekti bo’lib xodimning yil davomida olgan daromadlari va shu daromadlarni vujudga kelishini ular hisoblangan sanadan boshlanishi kerakligi inobatga olinishi zarur. Umumiy daromadlar tarkibiga naqd va naqdsiz holda qo’shilgan daromadlar kiritiladi, ya’ni jismoniy shaxs yalpi daromadi tarkibiga quyidagilar qo’shiladi: • tuzilgan shartnomalar pul shaklidagi daromadlar (chet el valyutasidagi to’lovlar Markaziy Bankning shu daromadni olish sanasidagi kurs bo’yicha aniqlanadi); • natura shaklidagi daromadlar, ya’ni tovarlarni bozor bahosidagi qiymati bo’yicha hisoblanadi. Soliq qonunchiligiga binoan barcha tashkilotlar soliq hisobi davrida har bir shaxs bo’yicha shaxsiy daromadlar kartochkasini yuritishi kerak. Bu kartochkalarda soliqqa tortish bazasini shakllantirish bo’yicha ma’lumotlar shu jumladan, olingan daromadlar, imtiyozlar aks ettiriladi. Tekshirish jarayonida ushbu kartochkalar ma’lumotlari sintetik hisob ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling