Budjet nazorati


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Axborotnoma. Ko’p hollarda xizmat axborotlari tuziladi. Ular 
informatsion, tashabbus asosida va hisobot shaklida bo’lishi mumkin. 
Informatsion xizmat axborotnomalarida asosan taftish rejasiga amal qilinishi, 
uni o’tkazish muddatlari chegaralariga rioya qilinishi va boshqa ma’lumotlar 
keltiriladi. 
Tashabbus asosidagi axborotnomalarni tuzishdan maqsad boshqaruv tizimini 
ma’lum chora tadbirlarni amalga oshirishga yo’naltirishdan iborat. Bunday 
ma’lumotnomalarda ko’rilishi kerak bo’lgan aniq chora tadbirlar ko’rsatiladi va 
ularni echish yo’llari belgilanadi. 
Hisobot shaklidagi axborotnomalar belgilangan va taklif etilgan vazifalarni 
bajarilganligi xaqidagi ma’lumotlarni umumlashtiriladi. 
2. Davlat moliyaviy nazorati natijalarini rasmiylashtirish 
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlar 
quyidagilar ko’rsatilgan holda rasmiylashtiriladi: 
rasmiylashtirilayotgan hujjatning turi; 
tekshirish o’tkazilgan joy, hujjat tuzilgan sana; 


davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish uchun asos; 
davlat moliyaviy nazoratining turi va uni o’tkazish davri; 
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, 
ismi va otasining ismi; 
moliyaviy nazorat ob’ektining to’liq nomi, nazorat bilan qamrab olingan davr 
uchun mas’ul mansabdor shaxslarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi 
ular egallab turgan lavozimlarida ishlagan davr albatta ko’rsatilgan holda; 
moliyaviy nazorat ob’ektining joylashgan eri (pochta manzili), bank 
rekvizitlari; 
oldingi taftish (tekshirish) natijalari yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar 
haqidagi ma’lumotlar; 
davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni o’tkazish 
uchun moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi 
umumiy ma’lumotlar; 
taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari 
buzilgan qonun hujjatlari ko’rsatilgan holda. 
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga 
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish uchun asos bo’lib xizmat qilgan hujjatlarning 
ko’chirma nusxalari, davlat moliyaviy nazorati doirasida harakatlarni bajarish 
to’g’risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, jalb etilgan 
ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, nazoratni o’tkazish jarayonida davlat 
moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning so’roviga ko’ra 
olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni 
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo’shib qo’yilishi lozim. 
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonun hujjatlari bilan, 
hujjatlar bilan yoki moliyaviy nazorat ob’ekti faoliyatining davlat moliyaviy 
nazorati 
jarayonida 
amalga 
oshirilgan 
tartib-taomillar 
natijalari 
bilan 
tasdiqlanmagan turli xil xulosalarni, taxminlarni va faktlarni, tergov 
materiallaridan ma’lumotlarni va moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslari 
tergov organlariga bergan ko’rsatuvlarga havolalarni kiritishga yo’l qo’yilmaydi. 


Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda moliyaviy nazorat 
ob’ektining mansabdor va moddiy javobgar shaxslari harakatlariga huquqiy baho 
berilmasligi, 
shuningdek 
ularning 
qilmishlari, 
niyatlari 
va 
maqsadlari 
tavsiflanmasligi lozim. 
Byudjet kodeksida nazarda tutilgan ma’lumotlar ma’lumotnoma (xulosa) 
rasmiylashtirilayotganda majburiy emas. 
Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir hujjatlar davlat moliyaviy 
nazoratini o’tkazgan mansabdor shaxslar, shuningdek moliyaviy nazorat 
ob’ektining mansabdor va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi. 
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor va mas’ul shaxslari davlat 
moliyaviy nazorati natijalariga rozi bo’lmagan taqdirda, hujjatni o’z e’tirozlari 
bilan imzolaydi hamda o’n kunlik muddat ichida e’tirozlarini davlat moliyaviy 
nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi. 
Moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan e’tirozlar o’n kunlik muddatda yozma 
shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir 
hujjat moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda 
davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari ko’riladi. 
Moliyaviy nazorat ob’ekti sudga murojaat etgan taqdirda, o’zining sudga 
murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni o’n kunlik muddatda davlat moliyaviy 
nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan moliyaviy nazorat ob’ektining 
murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi 
davlat moliyaviy nazorati natijalari bo’yicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli 
bandlarga tegishli qismi bo’yicha amalga oshirilishini to’xtatib turadi. 
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan 
ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to’liqligi davlat moliyaviy nazorat 
organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ta’minlanadi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling