Budjet nazorati


Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

2. Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar 
smetalarini tuzish hamda rasmiylashtirishning nazorati 
Tashkilotlar quyidagi budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarni 
tuzadilar: 
• budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi; 


• tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi; 
• ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushumlar; 
• qonunchilikda belgilangan boshqa barcha budjetdan tashqari mablag’lar, 
jumladan, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg’armalariga 
yo’naltirilayotgan davlat bojlari, yig’imlar va soliq bo’lmagan to’lovlardan, 
ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar. 
Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish 
jamg’armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi bundan mustasno, smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar 
smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi. 
Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetada budjetdan tashqari 
mablag’lar tushumlarining hajmi va ushbu mablag’lardan foydalanish yo’nalishlari 
qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarning daromad qismiga 
budjetdan tashqari mablag’larning qonunchilikka muvofiq barcha shakllanish 
manbalari bo’yicha kutilayotgan mablag’lar tushumi va moliya yilining boshiga 
mablag’lar qoldig’i kiritiladi. 
Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalari alohida 
ro’yxatdan o’tkazish kartochkalarini berish yo’li bilan rasmiylashtiriladi. 
Ro’yxatdan o’tkazish kartochkasi yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan 
tashkilotlarga beriladi. 
Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan, boshqa tashkilotning tuzilmaviy 
bo’linmasi bo’lgan tuzilmalar shu tashkilot bilan birga bitta ro’yxatdan o’tkazish 
kartochkasi bo’yicha ro’yxatdan o’tkaziladi. 
Har yili birinchi chorakda moliya organlari barcha tashkilotlarining budjetdan 
tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarining tuzilishi, tasdiqlanishining to’g’riligini 
va o’z vaqtida etkazilishini tekshirishdan o’tkazishi, hududiy moliya organlari 
tomonidan mazkur ishlarning o’z vaqtida va sifatli olib borilganligini tizimli 


nazorat qilishi, tekshiruvlarni tashkillashtirishda va o’tkazishda ularga zarur 
yordamlarni ko’rsatishi lozim. 
Budjet mablag’laridan tasdiqlanmagan budjetdan tashqari mablag’lar 
bo’yicha smetada yoki umumlashgan smeta va alohida xarajatlar smetasida 
tayinlanganidan ortiq summalarda xarajat qilish taqiqlanadi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling