Budjet nazorati
Takrorlash va munozara uchun savollar
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 4-mavzu: Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar hisobining nazorati
Takrorlash va munozara uchun savollar.
1. Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetalarini tuzish hamda rasmiylashtirishni tekshirish qanday amalga oshiriladi? 2. Xarajatlar smetalarini tarkibiy qismlari va ularning asoslanganligini tekshirish usullarini ko’rsating. 3. Shtatlar jadvalini tuzilishi tartibi va unga rioya etilishini nazorati, 4. Budjetdan tashqari mablag’lar tushunchasiga izoh bering. 5. Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini qanday tekshiriladi? Adabiyotlar: 11. R.Dodj Kratkoe rukovodstvo po standartam i normam audita: Per. s angl., predislovie S.A.Stukova. (Audit: teoriya i praktika). – M.: Finansi i statistika; YuNITI, 2009. 12. Ibragimov A., Sugirbaev B. Byudjet nazorati va auditi. – T.: InfoCOM.UZ”2010. 13. Karimova Z.X., Djamalov X.N., Islamkulov A.X. Byudjet tizimi. O’quv qo’llanma. T.: “VORIS NASHRIYOT”., 2012 y. 14. Ostanaqulov M. Davlat sektori va buxgalteriya hisobi. - T.: "IQTISOD- MOLIYa", 2009. 132-b 15. Internet saytlari: www.gov.uz www.mf.uz www.tfi.uz 4-mavzu: Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar hisobining nazorati 1. Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar hisobi nazoratining maqsadi, vazifalari va manbalari Asosiy vositalar xo’jalik subektlari moddiy-texnik bazasining asosini tashkil qiladi va iqtisodiy samaradorlikning yuqori suratlarini taminlashda muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar muqarrar xukum surayotgan va kelib chiqishi mumkin bo’lgan hozirgi iqtisodiy sharoitda iqtisodiyotni diversivikatsiyalash va asosiy vositalarni modernizatsiya qilish usitivor vazifalardan biri bo’lib turibdi. Bu vazifalarni bajarilishini asosiy vositalar ob’ektlarini sifatli nazorat tizimini tashkil qilish va tekshirishlarni oqilona amalga oshirish taminlab beradi. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar nazoratining bosh maqsadi - ularning saqlanish holati va samarali ishlatilishi, belgilangan tartibda, o’z vaqtida kirim va chiqim qilinishi, to’g’ri baholanishi va buxgalteriya hisobida aniq aks ettirilishini aniqlashdan iboratdir. Tekshirish jarayonida budjet tashkilotlarini asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi, ortiqcha yoki foydalanilmyotgan ob’ektlarning mavjudligi o’rganiladi va hisobdagi asosiy vositalardan samarali foydalanish choralari belgilanadi. Belgilangan maqsadga erishish uchun tekshirish ishlarini mantiqiy ketma- ketlikda amalga oshirish zarurdir. Buning uchun birinchi navbatda tashkilotning boshqarma, bo’lim, uchastka va boshqa tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi bo’g’inlarda asosiy vositalarning saqlanish holati aniqlanadi. Ikkinchidan, asosiy vositalarning qonuniy qabul qilinishi va kirimining o’z vaqtida amalga oshirilganligi tekshiriladi. Uchinchidan, asosiy vositalar harakatini xujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganligi hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilganligi tekshirishdan o’tkaziladi. To’rtinchidan, belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registralarida qayd etib borilishi tekshiriladi. Beshinchidan, asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobining yuritilishi tekshiruvdan o’tkaziladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy vositalar qatorida tashkilot tomonidan ularda ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridan foydalaniladi. Bunday ob’ektlar nomoddiy akvtivllar deb nomlanib buxgalteriya hisobida alohida hisobvaraqda hisobga olinadi. Tekshiruvdan o’tkazish jarayonida bunday akvtivlarni hisobga olinishi alohida e’tibor qaratilgan holda amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlarni nazoratdan o’tkazishning umumiy maqsadi – nomoddiy aktivlarning saqlanishi va tarkibini to’g’ri belgilanishini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur bo’ladi: • ob’ektlarni nomoddiy aktivlar tarkibiga olinishini belgilangan talablar darajasida amalga oshirilganligini aniqlash (O’zbekiston Respublikasida nomoddiy aktivlar hisobini yuritish 7-sonli BHMS bilan tartibga solinadi); • tashkilotda aktiv va unga bo’lgan mutloq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan xujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muxofaza qiluvchi xujjatlar, tovar belgilari va boshqalar)ning mavjudligini aniqlash; • nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobidagi harakatini xaqqoniyligini aniqlash; • aktivni kelgusida tashkilotning iqtisodiy foydasini ko’paytirishga qodirligi, shuningdek, korxonani aktivdan ushbu maqsadda foydalanish niyati mavjudiligini aniqlash; • tashkilot kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy foydani topaolishi uchun etarlicha resurslar mavjudligini yoki ularning hammabopligini isbotlash mumkinligini aniqlash va tekshiruvdan o’tkazish. Asosiy vositalarni nazoratdan o’tkazish manbalarini quyidagicha ifodalash mumkin: Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling