1-Mavzu: “Byudjet nazorati” fanining predmeti va metodi
Reja:
1. “Byudjet nazorati” fanining predmeti va metodi
2. Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda byudjet nazoratining o’rni va
axamiyati
3. Davlat moliyaviy
nazoratining shakllari, turlari va usullari hamda nazorat
organlarining vakolatlari
4. Byudjet nazoratini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari
5. Byudjet nazoratining sub’ektlari va ob’ektlari
6. Byudjet nazorati faoliyatini rejalashtirish va ularni o’tkazishning
hususiyatlari
1. “Byudjet nazorati” fanining predmeti va metodi
Hozirgi kunda bizning
mamlakatda moliyaviy nazorat, mustaqil audit,
buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil maxsus
iqtisodiy fanning alohida
segmentlari hisoblanadi. Bularning har biri o’z predmeti,
izlanish usullari va
amaliy qo’llanish jabhalariga ega. Shu bilan birga ularning bog’liqlik jihatlari va
oldidagi maqsadning
umumiy jabhalari mavjud, ya’ni to’g’ri boshqaruv qarorlari
qabul qilish uchun aniq ma’lumotlar berish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish
yo’llarini aniqlash shular jumlasidandir.
Nazorat - bu keng tushuncha bo’lib maxsus
kuzatish tizimidan iborat
boshqaruv funksiyalarining biridir. Uning asosiy maqsadi malumotni taqqoslash,
o’zgarishlarni aniqlash va baholashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: