Budjet nazorati


-Mavzu: Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralar hisobining


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

5-Mavzu: Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralar hisobining 
nazorati 
 
1. Tovar moddiy zahiralar hisobi nazoratining maqsadi, vazifalar va 
manbalari 
Tovar moddiy zahiralari nazoratining maqsadi – tashkilotlarda bunday 
zahiralar xajmini asosli tashkil qilinganligi, ya’ni umumiy mablag’lar 
tarkibidagi 
ularning 
ulushi 
miqdorini to’g’riligini aniqlash, bunday 
mablag’larning saqlanishi, sarflanishi va harakatini buxgalteriya hisobida to’g’ri 
va aniq aks ettirilishini tekshirishdan iborat.
Yuqoridagi maqsadni sifatli amalga oshirish uchun bunday nazorat ma’lum 
bir ketma-ketlikda tashkil qilinishi zarur, ya’ni: 

tovar moddiy zahiralariining funktsional vazifasiga qarab ularni to’g’ri 
sinflashtirilishi va iqtisodiy guruhlashtirilishini aniqlash; 

iqtisodiy asoslangan va rotsional holda baholanishi; 

xom-ashyo va materiallarni saqlanishi va sarflanishida progressiv texnik-
iqtisodiy me’yorlar tizimining qo’llanishi; 

tovar moddiy zahiralarii nomenklaturlarini belgilashda aniq kodlar 
tizimining qo’llanilishi; 

aniq va asosli moddiy javobgarlik tizimining qo’llanilishi. 
Tovar moddiy zahiralarii nazoratini tashkil qilishda quyidagi vazifalar hal 
qilinishi talab etiladi: 
1. Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tovar moddiy 
zahiralarii tarkibida aks ettirish
2. Tovar moddiy zahiralariini kelib tushishi, ularning tashkilot hisobidan 
chiqarilishi, shuningdek, saqlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat qilish; 
3. Tovar moddiy zahiralari va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib 
borish; 
4. Belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi lozim bo’lgan fodalanilmayotgan 
materiallarni o’z vaqtida aniqlash; 
5. Tovar moddiy zahiralari harakatini xujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirish hamda 
hisob registrlaridda o’z vaqtida qayd etish
6. Tovar moddiy zahiralarini harakatini buxgalteriya schyotlarida to’g’ri va o’z 
vaqtida aks ettirish. 
Budjet tashkilotlarida materiallar bo’yicha moliya yili oxiriga bo’lgan 
qoldiqlar aniqlangan me’yorlar asosida tahlil qilinadi. Agar budjet tashkilotining 
moliya yili oxirida bo’lgan materiallar bo’yicha qoldiq qiymati belgilangan 
limitdan ortiqcha bo’lsa, keyingi moliya yilida budjet mablag’lari bo’yicha 
xarajatlar smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan summa limitdan 
ortiq summaga kamaytiriladi. 
Tovar moddiy zahiralarii o’rnatilgan me’yorlarni aniqlash uchun belgilang 
ko’rsatkichlar “O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish 


qoidalari” (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 14 martda 
1111-son bilan ro’yhatga olingan)da keltirilgan. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling