Budjet nazorati
-rasm. Tovar-moddiy zahiralar kirimi va chiqimini nazoratdan
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
1-rasm. Tovar-moddiy zahiralar kirimi va chiqimini nazoratdan
o’tkazishda foydalaniladigan xujjatlar 2. Tovar moddiy zahiralar analitik va sintetik hisobining nazorati Buxgalteriya hisobida tovar moddiy zahiralariihisobi turi, assortimenti, nomenkulaturasi va saqlanish joyi hamda moddiy javobgar shaxsga biriktirilishi bo’yicha tashkil qilinadi. Analitik hisob buxgalteriyada hamda tovar moddiy zahiralariini soqlanish ob’ektida moddiy javobgar shaxs tomonidan kartochkalar Tovar moddiy zahiralar kirimi va chiqimiga oid boshlang’ich xujjatlar (yuk xati, dalolatnomalar, talabnomalar va boshqalar), qaydnomalar 296-shakldagi material qiymatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da hamda M-44- son o’akldagi material zahiralar bo’yicha aylanma qaydnoma Tegishli memorial orderlar 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi Hisobot shakllari yoki ombor kitoblari orqali yuritiladi va bu har tomonlama asoslangan nazorat o’tkazishni ta’minlaydi. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralarini me’yorlarga asosan sarflash ularning samarali ishlatilishini to’laqonli ta’minlanadi. Tekshiruvchi tovar moddiy zahiralarinni analitik hisobini to’g’ri tashkil qilinganligini va uni sintetik hisobga mosligini aniqlab olishi zarur. Tovar moddiy zahiralari moddiy javobgar shaxslarga biriktirilishi va buxgalteriya hisobida bu ob’ektlar bo’yicha kartochkalarni ochilishi hamda ro’yhatga olinishi belgilab qo’yilgan. Bundan tashqari, ombor mudirlari bilan moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. Tovar moddiy zahiralarini hisobini tekshiruvdan o’tkazish davomida ularning qaysi manbalardan kirim qilinganligi va sarflanishi alohida o’rganishni talab qiladi. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralarining sintetik hisobi schyotlar rejasining nomoliyaviy aktivlar nomli bo’limida keltirilgan “Tovar moddiy zahiralarii”ni hisobga oluvchi schyotlar orqali tartibga solinadi. Tekshiri jarayonida avvalambor buxgalteriya hisobi schyotlarining etarli darajada ochilganligi aniqlanadi. Buning uchun tekshiruvchining asosiy vazifasi qaysi manbalar keltirilganligi va tashkilot balansidan hisobdan chiqarilishi aniqlanishi va tekshiruvdan o’tkazilishi zarur. Tekshirish jarayonida 06-“Tovar moddiy zahiralari” nomli schyotning subschyotlari bo’yicha hisobga olinadi. Tekshirish jarayonida ushbu schyotning sal’dosi 296-son shakldagi material qiymatliklarni miqdor-qiymat hisobi daftari ma’lumotlari bilan taqqoslanadi va bu summalar 308-son shakl bosh kitob va moliyaviy hisobot shakllarining tovar moddiy zahiralarini hisobga oluvchi moddalari bilan mos kelishi kerak. Tovar moddiy zahiralari realizatsiya orqali hisobdan chiqarilganda moliyaviy natija aniqlanishi zarur. Bunda, budjet tashkilotlarida 201- “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” nomli taqqoslovchi schyotdan foydalaniladi. Moliyaviy natija ijobiy bo’lgan taqdirda 201-schyot 272-“Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” nomli schyotning kreditiga yopiladi. Agar moliyaviy natija salbiy bo’lsa, u holda farq tovar moddiy zahiralarini kirim qilish manbalari xaqiqiy xarajatlarida aks ettiriladi. Agarda salbiy farq vujudga kelganda, uni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash zarur. Bundan tashqari xarajatlarni to’g’ri aks ettirilganligi quyidagi buxgalteriya schyotlari orqali aniqlanadi: 231-Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar, 241- To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar, 251-Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar va boshqalar. Tovar moddiy zahiralari kirim qilish bilan bog’liq barcha xarajatlar 091- “Tovar moddiy zahiralariga boshqa xarajatlar” nomli schyotda aks ettiriladi. Bu schyotning aylanishlari tekshirilganda berilgan pravodkalarga asos bo’lgan yuk xatlari, brokerlik tashkilotlari bilan shartnomalar, birja xizmatlari va transport tayyorlov xarajatlarining xaqqoniyligi aniqlanadi. Tovar moddiy zahiralarini hisobdan chiqarish 06- “Tovar moddiy zahiralari” schyotining kreditida aks ettiriladi. Bunda, hisobdan chiqarish uchun asos bo’lgan xujjatlar, baholarning asoslanganligi tekshiruvdan o’tkaziladi. Tovar moddiy zahiralariini sintetik hisobini to’g’ri yuritilishini auditdan o’tkazish tekshirishning asosiy usuli hisoblanib u orqali to’g’ridan-to’g’ri o’g’irlik va o’zlashtirishlarni aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 091- schyotning debetiga yozuvlarni amalga oshirish uchun asos bo’lagan yuk xatlari, bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini to’g’riligi tekshiriladi. 091-schyotning debeti 15,16,17-schyotlarining krediti bilan korrespodentsiyalanadi. Sotib olingan tovar moddiy zahira xaqiqiy qiymati bo’yicha kirim qilingada 06-schyotining tegishli subschyotlari debetlanadi va 091 schyot kreditlanadi. Xuddi shu pravodkalar orqali beg’araz yoki xadya orqali tovar moddiy zahiralarining kirimi ham tekshiriladi. Budjet tashkilotlarining xususiyatlari bozor qitisodiyoti sharoitida o’zgarib bormoqda. Bu tashkilotning o’zida tayyorlanishi mumkin bo’lgan tovar moddiy qimmatliklarini ishlab chiqarish bilan bog’liq. Bunday ishlab chiqarishni tekshirish uchun mahsulot tannarxini kalkulyatsiyasini to’g’ri tashkil qilinganligini aniqlashdan boshlanadi. O’zi tomonidan tayyorlangan tovar moddiy qimmatliklar tannarxi 090- “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” nomli schyotda hisobga olinadi. Tovar moddiy qimmatliklarni ishlab chiqarish xarajatlari 090 schyotining debetida, xarajatlarning hisobdan chiqarilishi ushbu schyotning kreditida aks ettiriladi. Tashkilotning o’zida tayyorlangan tovar moddiy zahiralariini xaqiqiy ishlab chiqarish summasini xaqqoniyligini aniqlash buxgalteriya hisob-kitoblari, dalolatnomalar, yuk xatlari va talabnomlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi. Bu xujjatlar asosida 090 schyotning debeti va 02, 06, 15, 16, 17 schyotlarning krediti bo’yicha pravodkalar tekshiruvdan o’tkaziladi. Bunday maxsuloning kirimi 05, 06 schyotlarning debeti bo’yicha aks ettiriladi va 090 schyot kreditlanadi. Bu pravodkaga asos bo’lgan qaydnomalar va buxgalteriya ma’lumotnomalari alohida tekshiruvdan o’tkaziladi. Tovar moddiy zahiralariini sarflanishini tekshirganda ularni qaysi bahoda hisobdan chiqarilishi aniqlanishi kerak. Ma’lumki, tovar moddiy zahiralarii sotib olingan bahoda (etkazib berish va boshqa qo’shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib olingan bo’lsa, o’rtacha bahoda hisobdan chiqarilishi kerak. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida tashkilot raxbari (yoki uning o’rinbosari) tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi tegishli xujjatlarga muvofiq hisobdan chiqarilishi lozim. Budjet tashkilotlari faoliyat turiga mos holda tayyor mahsulot, ish va xizmatlarni sotish imkoniyatiga ham ega. Tovar moddiy boyliklarni, ya’ni material qiymatlarni sotishdan olingan mablag’ budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha g’aznachilik bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi. Tekshirish jarayonida bunday mablag’larning taqsimlanishi alohida o’rganiladi. Ma’lumki, budjet tashkilotlari tomonidan sotishdan olingan mablag’lar quyidagi tartibda taqsimlanadi: • 50 foizi tegishli budjet daromadiga; • 50 foizi budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha g’aznachilik bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi. Tekshiruvchi tovar moddiy boyliklarni sotishdan olingan budjet tashkilotlari ixtiyorida qoldiriladigan mablag’larni qaysi maqsadlarga sarflanayotganligini tekshiruvdan o’tkazishi zarur. Asosan bunday mablag’lar faoliyat sohasiga muvofiq moddiy texnik bazani mustaxkamlashga yo’naltirilishi kerak. Tovar moddiy zahiralar asosan tashkilotning o’z extiyojlari uchun sarflanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Tekshiruv jarayonida tovar moddiy zahiralarining sarflanishini alohida o’rganish zarur. Bunda, materiallarni qaysi muddatlarda berilishiga e’tibor qaratish zarur. Bir necha turdagi materiallarni sarflash uchun har bir qabul qiluvchi nomiga me’yoriy zabor kartasi ochiladi. Bu karta ikki nusxada yoziladi, bittasi qabul qilib oluvchining tilxati bilan omborxonada, ikkinchisi, qabul qilib oluvchida saqlanadi. Me’yorda belgilangandan ortiqcha materiallar 434-son shakldagi yuk xati bo’yicha amalga oshiriladi. Albatta, bunday me’yorlardan chetlashish sabablari aniqlanishi kerak. Shuni alohida qayd etish kerakki yonilg’ilarni omborxonadan talabnoma yoki zabor kartasi bo’yicha berish mumkin bo’lmagan hollarda sarflangan yonilg’ilar qoldig’ini o’lchash dalolatnomalari bo’yicha hisobdan o’chirilishi kerak. Tovar moddiy zahiralar sarflanishi va yaroqsiz holatga kelishi ularni kirim qilish manbalari bo’yicha xaqiqiy xarajatlarda aks ettirish orqali hisobdan chiqariladi. Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar Kt 06 Tovar moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling