Budjet nazorati


-Mavzu: Budjet tashkilotlarida mehnat va ish xaqi hisobining nazorati


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

8-Mavzu: Budjet tashkilotlarida mehnat va ish xaqi hisobining nazorati 
1. Mehnat va ish xaqi hisobi nazoratining maqsadi, vaziflari va manbalari 
Mehnat xaqi va uni hisoblash budjet tashkilotlarida xarajatlar smetasining 
asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonni amalga oshirishda 
buxgalteriya hisobining asosiy vazifalaridan biri mehnatni hisobga olishdir. 
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan, xodimlar mehnatiga xaq to’lashni 
yuridik asosini mehnat to’g’risidagi qonuniy xujjatlar, xo’jalik sub’ektlarining 
jamoa shartnomalari va boshqa muayyan me’yoriy xujjatlar tashkil etadi. 
Budjet tashkilotlariga mehnat xaqi fondi reja asosida belgilanadi. Mehnat 
xaqi fondi rejadagi va hisobotdagi fondlarga bo’linadi. Xarajatlar smetasida 
ko’zda tutilgan pul mablag’lari rejadagi fond hisoblanadi. Xaqiqatda 
hisoblangan mehnat xaqi hisobotdagi fond hisoblanadi. 
Budjet tashkilotlarida mehnatni hisoblash va unga xaq to’lash ustidan 
nazorat o’tkazishning maqsadi - belgilangan qonun va me’yoriy xujjatlarga amal 
qilinganligini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun bir qator 
vazifalarni amalga oshirish zarur bo’ladi. Jumladan: 
• mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish orqali uning samaradorligini oshirish 
zaxiralarini aniqlash. Bunda, asosan “Oq yoqalar” (idora xodimlari, o’qituvchilar, 
tibbiyot xodimlari, ilm-fan xodimlari va hokazo)ning mehnat unimdorligini 
aniqlash usullarini qo’llagan holda ular ish samaradorligini oshirish yo’llarini 
aniqlash; 
• belgilangan smetalar asosida ish xaqi fondini to’g’ri shakllantirilganligini 
aniqlash; 
• shtatlar jadvali va unda belgilangan okladlarning asoslanganligini aniqlash; 
• ta’lim va tibbiyot muassasalarida tariflar jadvalining to’g’ri 
shakllantirilganligini aniqlash; 
• xodimlarning lavozim maoshlari va tarif turlari mehnat xaqi to’lash bo’yicha 
tasdiqlangan yagona tarifikatsiyalash tizimiga mosligini aniqlash
• ta’lim va tibbiyot muassasalarida xodimlar sonini va maoshlar miqdorini 
moliya organi tomonidan tasdiqlangan kontengentlar asosida belgilangan 
talablarga mosligini aniqlash; 
xodimlarga mukofot, rag’batlantirish va moddiy yordam to’lovlarining 
to’g’ri belgilanganligini aniqlash; 
• xodimlarni 
moddiy 
rag’batlantirish 
jamg’armasining 
to’g’ri 
shakllantirilganligini aniqlash; 
• hisoblangan mehnat xaqi, mukofot, moddiy yordam, kasallik varqasi 
bo’yicha to’lovlar, mehnat tatili to’lovlarini to’g’riligini aniqlash; 
• mexant va unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha birlamchi va yig’ma 
xujjatlarning to’g’riligi hamda asoslanganligini tekshirish; 
• mehnat intizomiga rioya qilinganligini tekshirish; 
• xodimlarni moddiy rag’batlantirish jamg’armasi bo’yicha to’lovlarning 
to’g’ri tayinlanganligini aniqlash; 
• mehnatni to’g’ri tashkil qilinganligi va hisobini tekshirish; 


• mehnat xaqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha daromad solig’i 
hamda majburiy ushlanmalarning to’g’ri hisoblanganligini tekshirish; 
• qonunchilik asosida soliq va majburiy ushlanmalar bo’yicha imtiyozlarni 
to’g’ri hisoblanganligini tekshirish; 
mehnat xaqi, mukofot, moddiy yordam, kasallik varqasi bo’yicha to’lovlar, 
mehnat tatilini to’lashni xujjatli tekshirish. 
Budjet tashkilotlari mehnat xaqi uchun rejalangan mablag’larni sarf 
qilishda shtat tartibini saqlashga, mehnat xaqi stavkalarini ko’tarilishiga yo’l 
qo’yilmasligini, mehnat xaqi fondidan tayinlanishi bo’yicha foydalanish va 
mehnat xaqini smetaning boshqa moddalari hiobidan to’lashga yo’l 
qo’yilmasligini ta’minlashlari shart. Mehnat xaqi fondini to’g’ri sarf qilinishi 
belgilangan stavkalar va shtatlarga rioya etilishi uchun javobgarlik budjet 
tashkilotining raxbari (moliya iqtisod ishlari bo’yicha raxbar o’rinbosari) va 
bosh hisobchisining zimmasiga yuklatiladi. Umumiy ish xaqi hisobini 
nazoratdan o’tkazish manbalarini sxematik ko’rinishini quyidagicha ifodalash 
mumkin (1-chizma). 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling