Budjet nazorati
-chizma. Ish xaqi hisobini nazoratdan o’tkazish manbalarini sxematik
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
1-chizma. Ish xaqi hisobini nazoratdan o’tkazish manbalarini sxematik ko’rinishi. Tashkilotda mehnat va unga xaq hisoblash muomalalari nazoratini o’tkazishda ma’lumot olish uchun har bir xodim bo’yicha 417-son shakldagi kartochkalardan foydalaniladi. U yil davomida xodimning mehnat xaqi to’g’risidagi ma’lumotlarni ro’yhatga olish qo’llaniladi. Kartochka har xodimga ochiladi. Kartochka ma’lumotlari o’tgan davrdagi mehnat xaqi to’g’risida ma’lumot olish uchun xizmat qiladi. Kartochka ma’lumotnomada xodim to’g’risidagi umumiy ma’lumotlardan tashqari har oyda ishlangan kunlari soni va turlari bo’yicha hisoblangan mehnat xaqi summasi qayd qilinadi. 421- son shakldagi foydalanilgan ish vaqti hisobi hamda ish xaqi hisoblash tabeli va boshqa xujjatlar 389- son shakldagi ish xaqi, avans berish uchun to’lov qaydnomasi T-49-son shakldagi hisob- kitob to’lov qaydnomasi 441-son shakldagi deponent qilingan ish xaqi va stipendiyalarning analitik hisobi bo’yicha daftar 5-memorial order-ish xaqi va stipend iya bo’yicha hisob-kitob varaqlari yig’indisi, 405-son shakl 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi Hisobot shakllari Mehnat ta’tili, qo’shimcha va o’quv ta’tillariga xodimlarning chiqishini nazorat qilish uchun manba tariqasida ta’til berish xaqidagi ma’lumot xati 425- mex-son shakl hisoblanadi. 2. Mehnat va ish xaqining analitik va sintetik hisobini nazoratdan o`tkazish Budjet tashkilotlarida mehnat va unga xaq hisoblash bo’yicha nazorat ishlari sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini o’rganish hamda ularni taqqoslashdan boshlanadi. Buning uchun avvalam bor birlamchi xujjatlar, hisob registrlari va 16 –“Budjet va budjetdan tashqari jamg’armalar bilan hisob- kitoblar” hamda 17 – “Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” subschyotlari taqqoslanadi. Bunda mehnat va unga tenlashtirilgan to’lovlar bo’yicha budjet va budjetdan tashqari mablag’lar yuzasidan subschyotlar ochilishi alohida nazoratga olinishi kerak. Mehnat va ish xaqining analitik hisobini tekshirishda, bu hisob-kitoblarni tashkillashtirish yo’nalishlariga e’tibor qaratiladi, ya’ni: -mehnat qilish davridan qat’iy nazar har bir ishchi-hodim bo’yicha; -hisob-kitoblarning ko’rinishi bo’yicha; - to’lovlar ma’nbasi bo’yicha; - tashkilot tuzilmalari bo’yicha; - hizmat turlari bo’yicha va xakazo. Tekshirish jarayonida tashkilotlarda mehnat va ish xaqining analitik hisobini uch hil variantda yuritilishi mumkinligini inobatga olish kerak: 1. Hisob-to’lov vedomostlariga asosan; 2.To’lov va hisob vedomostlariga asosan alohida; 3.Avtomatlashgan kompyuter varaqalari asosida. Budjet tashkilotlarida asosan vaqtbay asosida ish xaqi to’lanadi. Bunda, hisob-to’lov vedomostlariga yozish uchun asos bo’lib ish vaqtini hisobga olish tabeli hisoblanadi. Ish xaqini hisoblash uchun shtatlar jadvalida belgilangan oylik ish xaqini xaqiqatda ishlagan ish kunlariga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Tekshirish jarayonida tabellarni yuritilishi, barcha rekvizitlarning mavjudligi o’rganiladi.Tabelda ko’rsatilgan ish kunlari va saotlari yuzasidan amalga oshirilgan hisob-kitoblarda hatolar mavjudligi aniqlanadi. Budjet tashkilotlarining alohida xususiyatlaridan kelib chiqib ayrim ish xaqiga qo’shimcha va ustamalarni to’g’ri rejalanganligi hamda hisoblanaganligini aniqlash zarur. Jumladan, umumiy o’rta va o’rta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalarida ustama xaq hisoblash uchun to’ldirilgan tabellarga ilova qilinadigan pedagogik yuklamalarni bajarilishiga asos bo’ladigan xujjatlar hamda ashyoviy dalilar tekshiruvdan o’tkaziladi. Ya’ni o’quv rejasiga muvofiq daftar tekshirish, sinf raxbarligi, kabinet mudirligi va boshqalar uchun qo’shimcha xaq to’lashni hisobga olgan holda tuzilgan tarifikatsiyalarga mosligi. Oliy ta’lim muassasalarida o’rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar bilan tuzilgan shartnomalar, ularga ajratilgan o’quv yuklamalari va hisoblangan ish xaqi taqqoslash orqali tekshiruvdan o’tkaziladi. Bunda, professor-o’qituvchilarning me’yoriy xujjatlari umumlashtirilgan jurnal va guruh jurnallari qiyoslanadi. Tekshirish jarayonida bajarilgan o’quv yuklmalarini belgilangan o’quv dasturlariga mos holda amalga oshirilganligi hamda bajarilgan yuklama soatlarini guruh jurnallarida to’liq aks ettirilganligi aniqlanadi. Bundan tashqari, professor-o’qituvchilar tomonidan bajarilgan ilmiy- uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlari, tashkiliy-uslubiy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yuzasidan yuklamaning bajarilishi belgilangan me’yorlarga mos holda amalga oshirilganligini aniqlash zarur. Tibbiyot xodimlari ish xaqi uchun mablg’alrni ajratishda ish xaqi stavkalari va qonunchilikka muvofiq mehnatga xaq to’lash shartlarini hisobga olgan holda tuzilgan tibbiyot xodimlari tarifikatsiyalaridan kelib chiqish lozim. Tibbiyot muassasalarida mehnat va unga xaq hisoblashning analitik hisobi belgilangan ichki tartib qoidalar asosida tashkil qilinishini e’tiborga olgan holda tekshiruv jarayonida quyidagilarga ahamiyat qaratish lozim: - tibbiyot xodimlari mehnatining tashkil qilinishi, ya’ni navbatchilik jadvallari asosida ish yuritilishi; - o’rindoshlik asosida mexant qilish shartlariga rioya qilinishi; - tibbiyot xodimlarining toifalari asosida ish xaqi tayinlanishi; - tibbiyot xodimlarini moddiy rag’batlantirish jamg’armasini tashkil qilinishi va sariflanishi. Xodimlar mehnat xaqini deponentlashtirilgan summalari xaqidagi ma’lumotlarni tekshirish deponentlashtirilgan mehnat xaqi va stipendiyalarning analitik hisob-kitobi 441-son shakl asosida amalga oshiriladi. Bu hisob 177- “Deponentlangan to’lovlar bo’yicha hisob-ktoblar” subschyotida belgilangan muddat ichida olinmagan ish xaqi, stipeniyalar va boshqa to’lovlarga doir summalar bo’yicha olib boriladi. Deponentlashtirilgan summalar mehnat xaqi to’lash muddati tugagandan so’ng keyingi kuni bank muassasasiga budjet tashkilotining tegishli depozit hisobvarag’iga topshirilishi aniqlanadi. Deponent summalari belgilangan me’yorlarga asosan uch yil muddatgacha tashkilot hisobida aks ettiriladi. Deponentlangan summalarni ishchi va xizmatchilarga berishda kassa chiqim orderlarini to’g’ri rasmiylashtirilganligi alohida tekshirilishi lozim. Tekshiruvda mablag’ni oluvchining imzosi xaqqoniyligiga e’tibor qaratish zarur. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimlarga foydalnilmagan mehnat ta’tili, hisoblangan mukofotlar yuzasidan qayta hisob-kitoblarni xaqqoniyligi va asoslanganligi tekshiriladi. Xarajatlar smetasiga ish xaqi uchun mablag’lar qonunchilik bilan belgilagan maoshlar va ish xaqi stavkalari va ularga qo’shimcha to’lovlardan, amaldagi na’munaviy shtatlar hamda me’yorlarga rioya qilishdan kelib chiqib kiritiladi. Bunda, amaldagi na’munaviy shtatlar va me’yorlarga qay darajada amal qilinganligi, ularning asoslanganligi va mehnatni tashkil qilish darajasiga ta’siri alohida tahlil qilinadi. Shu bilan birga ishbay usulda bajariladigan ishlar uchun ish xaqi xarajatlar smetasiga budjet yiliga xarajatlar smetasida ko’zda tutligan ish xajmlaridan kelib chiqib kiritilishiga e’tibor qartatish zarur. Budjet tashkilotlarida mehnat ta’tili yuzasidan hisob-kitoblarni amalga oshirish alohida tekshiriladi. Tekshiruv jarayonida o’rtacha yillik ish xaqining to’g’ri aniqlanganligi o’rganiladi. Bunda, hisob-kitb uchun qabul qilingan ish xaqi, mukofotlar va boshqa qo’shimcha to’lovlarni kiritilishini xaqqoniyligini tekshirish zarur. Bir martalik to’lovlar o’rtacha ish xaqini hisoblashda inobatga olinmaydi. Budjet tashkilotlarida rag’batlantirish jamg’armasi hisobidan mukofot va moddiy yordamlarning tayinlanishi va to’lanishi alohida o’rganiladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling