Budjet nazorati
Stipendiya, pensiya va ijtimoiy to’lovlar hisobining nazorati
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
4. Stipendiya, pensiya va ijtimoiy to’lovlar hisobining nazorati
Oliy o’quv yuriti va undan keyingi bosqichda ta’lim oluvchilarning stipendiya xarajatlari belgilangan stipendiyalar miqdori va stipendiya ta’minoti tartibidan kelib chiqqan holda hisoblanishi zarur. Stipendiyalarni hisoblab yozish va to’lash hisob-kitob qaydnomalarida oyiga bir marotaba buyruqlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, oliy o’quv yuriti talabalariga stipendiya miqdorini tayinlashda bilim ko’rsatkichlarini belgilanishi baholar qaydnomalari bilan solishtirilgan holda alohida sinchkovlik bilan tekshiriladi. Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar 174-son schyotda yuritiladi. Stipendiyalar miqdorini belgilashda ularning alohida o’rganiladi ya’ni, budjet va budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha alohida subschyotlar ochilishi kerakligi inobatga olinadi. Ta’lim muassasalarida stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda stipendiyalarning qaysi manbadan tayinlanishiga alohida e’tibor qaratish kerak bo’ladi. Davlat granti asosida ta’lim oluvchi talabalarga xarajatlar smetasi doirasida, to’lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalarga esa to’lov- kontrakt shakli mablag’lari bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetasi asosida stipendiya tayinlanishi lozim. Talabalarga stipendiyalarni to’lashda plastik kartochkalar vositasida hisob- kitoblar amalga oshirilishi mumkin. Bunda, tekshiruvchi plastik kartochkalarni o’z vaqtida va belgilangan tartibda tarqatilishi, plastik kartochkani oluvchining imzolarini solishtirish kerak. Plastik kartochkalarga mablag’larni o’tkazishda qaydnomalar alohida sinchkovlik bilan o’rganiladi. Talabalarga, stajyor tadqiqotchi izlanuvchilarga stipendiya hisoblash 231- “Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar” va 251-“Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” schyotining debeti va 174-“Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” schyotining kreditida amalga oshiriladi. Stipendiyalarning to’lanishi 174-“Stipendiya oluvchilar bilan hisob- kitoblar” schyotining debeti va 120-“Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari” shuningdek, 232-“Budjetdan moliyalashtirish” va 111-“ Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” schyotlarining krediti orqali amalga oshiriladi. Hisoblangan stipendiyalar deponentga o’kazilishi 174-“Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” schyotining debeti va 177- “Deponentlangan to’lovlar bo’yicha hisob-ktoblar”schyotining krediti bo’yicha amalga oshiriladi. Tekshirish jarayonida ushbu deponentga o’tkazilgan summalarni 441-son shakldagi qoldiqlari yuqoridagi schyotlar yozuvi bilan taqqoslanadi. Deponent majburiyatining to’lanishi 177- “Deponentlangan to’lovlar bo’yicha hisob- ktoblar”schyotining debeti va 120-“Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari” schyotining krediti orqali amalga oshiriladi. Tekshiruvchi to’langan stipendiyalarni nazoratdan o’tkazish jarayonida kassa hisobotlariga ilova qilingan asoslovchi xujjatlarning xaqqoniyligini tekshiruvdan o’tkazishi kerak. Bunda, deponentlangan summalarni to’lanishi alohida o’rganiladi. Muddati o’tgan deponentlangan summalarni hisobdan chiqarilishiga e’tibor qaratish zarur. Ushbu schyotlarning qoldiqlari va aylanishlari har bir stipendiya oluvchi bo’yicha alohida holda yuritilgan analitik hisob registrlarining jamlamalari bilan solishtirilgan holda tekshiruvdan o’tkaziladi. Ijtimoiy sug’urta hisobidan beriladigan nafaqalarni tayinlanishi va to’lanishini tekshirishda O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirining 2002 yil 1 apreldagi 21-son buyrug’i bilan tasdiqangan “Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi nizom (O’z.R. Adliya vazirligida 2002 yil 8 mayda 1136- son bilan ro’yxatga olingan) asos qilib olinadi. Ushb unizomga asosan quyidagi to’lovlar hisoblanadi va amalga oshiriladi: 1. Pensiya to’lovlari; 2. Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa; 3. Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa. Budjet tashkilotlari hisob-kitoblarni xududiy moliya organlari tarkibidagi budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi bo’limlariga taqdim etish muddatlaridan kechiktirmasdan tuman (shaxar) byujet tashkilotining pensiya jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni to’lash uchun so’rovnomani taqdim etadi. Tekshirish jarayonida ushbu so’rovnomada aks ettirilgan nafaqa oluvchilar soni va to’lanadigan pensiya summasi, kishi vafot etganda beriladigan nafaqlar soni va summasi to’g’ri aks ettirilganligi aniqlanadi. Budjet tashkilotlari smetalari doirasida amalga oshiriladigan nafaqalarga quyidagilar kiritiladi: 1. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari; 2. Xomiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalar; 3. Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqalar. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling