Budjet nazorati
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini tekshirish
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini tekshirish. Tekshirish
jarayonidavaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini berilish sabablarini o’rganish zarur. Qonunchilikka binoan ushbu nafaqa quyidagi hollarda berilishi mumkin: a) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda (shikastlanishda); b) sanatoriy-kurortlarda davolanganda; c) kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda; d) karantinda; e) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda; f) mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo’ladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo’qolgan hollarda, nafaqa, uning o’rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi. Tashkilotda ushbu varqalarni hisobga olinishi va ularda ko’rsatilgan kunlar asosida hisoblanishi nazoratga olinadi. Bunda, xodimning ish staji to’g’ri aks ettirilganligi tekshirilishi zarur. Tashkilotda mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlanishi bo’yicha ijtimoiy sug’urta komissiyasi tuzilishi kerak. Bu komissiya tarkibi kadraar bo’limi, kasaba uyushmasi, buxgalteriya bo’limi xodimlaridan iborat bo’ladi. Tekshirish jarayonida ushbu komissiyaning ish faoliyati o’rganiladi va o’tkazilgan yig’ilish bayonnomalari tuzilganligi aniqlanadi. Komissiya mehnatda mayiblanganlarga, kasb kasalligiga chalinganlarga nafaqa tayinlash, nafaqa to’lashni rad etish, nafaqadan (to’liq yoki qisman) mahrum etish va nafaqa olish huquqi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi va boshqa hujjatlarning asosli ravishda va to’g’ri berilganligini ko’rib chiqish huquqiga ega. Qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi tayinlaydi. Komissiyalar bo’lmagan korxonalarda nafaqalar, ish beruvchi tomonidan shu ishga buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mehnat qobiliyati yo’qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham berilishi qonunchilikda belgilangan. Uzoq vaqt kasal bo’lganlarni TMEK ko’rigiga yuborish muddatlari mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalar berish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (ro’yxat raqami 873, 2000 yil 19 yanvar) binoan belgilanadi. Xodimning mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’til davriga to’g’ri kelgan hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko’rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa to’lanadi. Tekshirish davrida nafaqa to’lanmaydigan holatlar o’rganilishi zarur. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to’g’ri kelganda nafaqa to’lanmaydi: • ish haqi saqlanmagan ta’til; • bolani parvarishlash bo’yicha ta’til; • ish vaqtincha to’xtatilgan; • xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to’lash to’xtatib qo’yilganligi sababli ishlamagan; • harbiy o’quv yoki tekshiruv yig’ini; • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til. Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi. Bundan tashqari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi: • ishdan yoki boshqa vazifalardan bo’yin tovlash maqsadida o’z salomatligiga ataylab ziyon etkazgan yoxud o’zini kasallikka solganda; • giyohvandlik yoki mastlik bilan bog’liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda); • jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda; • sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan tashqari); • hibsda bo’lgan davrda; • sud-tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling