Budjet nazorati
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalarni tekshirish
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola tug’ilganida beriladigan nafaqalarni tekshirish.
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalarni tekshirish. Homiladorlik
va tug’ish bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’ladi. Homiladorlik va tug’ish bo’yicha berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo’qolgan hollarda nafaqa uning o’rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi. Tekshiruvchi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalarni tekshirishda xodimning haqiqiy ish haqini to’g’ri hisoblab chiqarilganligini aniqlaydi. Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sug’urta badallari undirilib to’lanadigan jami ish haqi to’lovlari kiradi. Sug’urta badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sug’urta badallari qo’shilmaydigan va pensiyani hisoblab chiqishda hisobga olinmaydigan ish haqi va boshqa to’lov turlari ro’yxati asosida aniqlanadi. Nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda to’lanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti bo’yicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt bo’yicha ish haqiga qo’shiladi. Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi sababli to’la ishlamagan, homiladorlik va tug’ish, bola uch yoshga to’lgunga qadar bolaga qarash ta’tilida bo’lgan, harbiy o’quv yoki sinov yig’inlarida yoki boshqa korxonada ishlash uchun yuborilgan oylar mukofot summasi bo’linadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun uch oydan kam bo’lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan biridan ko’p bo’lmagan qismi hisobga olinadi. Bola tug’ilganida beriladigan nafaqalarni tekshirish. Bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. Tekshirish jarayonida qo’llanilayotgan koeffitsentlar va asos bo’lgan hujjatlar nazoratdan o’tkaziladi. Ish haqiga koeffitsient qo’llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o’qish joyidan to’lanadi. Agar ayol homiladorlik bo’yicha ta’til davrida ishdan bo’shab, shu davr mobaynida homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa olgan bo’lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola o’lik tug’ilgan hollarda nafaqa to’lanmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling