Budjet nazorati
-Mavzu: Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobining nazorati
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
9-Mavzu: Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobining nazorati
1. Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobi nazoratining maqsadi, vaziflari va manbalari Budjetdan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarda ham buxgalteriya hisobini yuritish tartibiga muvofiq 2011 yildan 1 yanvardan moliyaviy natijalarni shakllantirish belgilangan. Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar auditini tashkil qilish ma’lum bir hisobort davrida xo’jalik jarayoni natijasida o’ziga qarashli mablag’larni oshishi yoki kamayishi yuzasidan natijalarni o’rganishni o’z ichiga oladi. Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Ijobiy moliyaviy natija bu foyda, salbiy moliyaviy natija bu zarar. Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar deganda tashkilotning barcha daromadlari (tushumlari, budjet mablag’lari bo’yicha g’aznachilik orqali amalga oshirgan kassa harajatlari) va hisoblangan barcha haqiqiy harajatlarning o’zaro solishtirilishi (aylanishi) natijasida kelib chiqadigan aktivning sof qiymati tushuniladi. Budjet tashkilotlarining moliyaviy natijasi, ya’ni aktivning sof qiymati bu tashkilotning barcha aktivlari (nomaoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari va debitorlari)dan uning majburiyatlarini (kreditorlik qarzlarini) ayirmasi natijasida hosil bo’ladi. Aktivning sof qiymatini to’g’ri, aniq va belgilangan tartibda aniqlanishi auditning asosiy maqsadi hisoblanadi. Demak, budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni aniqlashning va nazorat qilishning umumiy maqsadi, tashkilotning joriy davrga olgan daromadlari va amalga oshirgan xarajatlarini solishtirish orqali uning sof aktivlari qiymatini aniqlash, umuman olganda uning moliyaviy ahvoliga baxo berishdan iboratdir. Qo’yilgan maqsadga erishish uchun moliyaviy natijalar nazoratini o’tkazish oldiga quydagi vazifalar qo’yiladi: - moliyaviy natijalarni belgilangan tartibda shakllantirilishini tekshirish; - moliyaviy natijalar bilan bog’liq muomalalarga ta’luqli buxgalteriya xujjatlarni o’z vaqtida hisob registrlarida aks ettirilishini tekshirish ; - buxgalteriya hisobvaraqlarida moliyaviy natijalar holati to’g’risidagi ma’lumotlarni analetik hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash; - molshiyaviy natijalar bo’yicha hisobotlarni tuzish hamda ular bo’yicha asoslangan buxgalteriya axborotlarni shakllantirilganligini tekshirish. Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar nazoratining manbalari bo’lib barcha turdagi daromad va harajatlarni vujudga kelishini asoslovchi birlamchi hujjatlar, hisob reestrlari va hisobot shakllari hisoblanadi. Budjet tashkilotlarida amalga oshirilgan kassa va xaqiqiy xarajatlarini tekshirish manbasi bo’lib analitik hisob yuritilgan 294-son shakldagi kassa va xaqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftari hisoblanadi. Tekshirishga asos bo’luvchi hisobot shakllari va hisobotlarni shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalarni 8.1.1- chizmada ko’rish mumkin Shuningdek, schetlar rejasining 4 bob “Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schetlar” ining 1-bo’lim “Realizatsiya va harajatlar” hamda 2-bo’lim “Joriy yilga moliyaviy natijalar” bo’limlaridagi sintetik schetlar hisoblanadi. Ya’ni, budjet tashkilotlarining joriy yilga moliyaviy natijalari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 23 “Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”; 24 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”; 25 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”; 26 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”; 27 “Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”. Yakuniy moliyaviy natijani tekshirish uchun 28 “Yakuniy moliyaviy natijalar” schetining aylanmalari asosiy ma’nba sifatida olinadi. Budjet tashkilotlarining daromadlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy natijani) oshishiga sabab bo’luvchi tashkilot aktivlarini oshishi yoki uning majburiyatlarini kamayishidir. Buni quyidagi holatlar bo’yicha asoslash mumkin, jumladan budjet tashkilotlariga homiylik mablag’larini kelib tushishi natijasida uning aktivlari (moliyaviy aktivlari) oshadi. Mazkur turdagi muomalalarni tekshirrish uchun 112-“Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari” schyotining debeti va 262-“Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar” schyotininng krediti bo’yicha amalga oshirilgan yozuvlarni asoslanganligi nazoratga olinadi. Tashkilotning majburiyatlarini kamayishi ko’rinishidagi daromadlariga budjetdan tashqari mablag’lari hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan qarzining talab qilish muddati tugashi munosabati bilan tashkilot daromadlariga hisoblanishini aytish mumkin. Jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlarida talab qilish muddati tugagan budjetdan tashqari mablag’lar hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan ish xaqi yoki boshqa to’lovlar bo’yicha qarzlar budjet tashkilotining budjetdan tashqari daromadlari sifatida aks ettirilishi lozim. Mazkur operatsiyalarni tashkirish uchun budjetdan tashqari mablag’lar hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan qarzlarni hisobdan chiqarilishini 177- “Deponent to’lovlari bo’yicha hisob-kitoblar” schyotining debeti va 262-“Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar” schyotininng krediti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarga asos bo’luvchi birlamchi xujjatlar manba sifatida qabul qilinadi. Mazkur operatsiya natijasida tashkilotning majburiyatlari kamaydi. Budjet tashkilotlarining xarajatlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy natijani) kamayishiga sabab bo’luvchi tashkilot aktivlarining kamayishi yoki uning majburiyatlarini oshishidir. Masalan, budjet tashkilotining asosiy vositalariga eskirish hisoblash natijasida tashkilotning nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari)ning qoldiq qiymati kamayadi. Mazkur turdagi operatsiyalarni tekshirishda xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 schyotlarga asos bo’luvchi birlamchi xujjatlar manba sifatida qabul qilinadi (asosiy vositani sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda). Hioblangan eskirish summasini tekshirish 020-029 schyotlarning tegishli subschyotlarida aks ettirishga asos bo’lgan birlamchi xujjatlar va eskirish hisoblash reestrlari yordamida amalga oshiriladi. Mazkur operatsiya natijasida tashkilotning nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalarini qoldiq qiymati) kamaydi. Moliya yiliga qo’shimcha vaqt mobaynida amalga oshiriladigan operatsiyalar Subschyotlarni yopish va moliyaviy natijalarni shakllantirish Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling