Budjet nazorati
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lar bo’yicha
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lar bo’yicha
joriy yilga moliyaviy natijalarni tekshirish. Ta’lim muassasalarida to’lov- kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu tashkilotning mazkur mablag’lari bo’yicha moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1- yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan davr mobaynida hisoblangan to’lov- kontrakt shakli mablag’lari va ushbu vaqt mobaynida amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichlardir. Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalarini teshirishda 25 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda subsyotlarni ochilish darajasi, ularning aylanishlari va asos bo’lgan birlamchi hujjatlar tekshiriladi. Ushbu schet bo’yicha quyidagi subschyotlar ochilishi kerak: 250 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”; 251 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”; 252 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha daromadlar”; 251 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotida o’qitishning to’lov- kontrakt shaklidan ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni sintetik hisobi tekshiriladi. Ushbu mablag’lar bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida 251 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining debetida aks ettirilib boriladi, bunda hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditlanadi. Tekshirish jarayonida ushbu subschyotlar bo’yicha amalga oshirilgan yozuvlarning asoslanganligi nazoartga olinishi kerak. Tekshirish jarayonida foydalanilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar summasiga to’g’ri keluvchi haqiqiy harajatlarni asoslanganligiga e’tibor qaratiladi. Ushbu mablag’lar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sariflanishi yoki moddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda tashkilotning moddiy –tehnika bazasini mustahkamlash maqsadlariga ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan haqiqiy harajatlar 285 “Budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” schyotining aylanishlarini tahlil qilish orqali tekshiriladi. Qolgan barcha haqiqiy xarajatlar 250 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotiga o’tkazilganlig sababli shu subschyotning debetidagi yozuvlar tekshirilishi kerak. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushimlar talabalarning kurslari, fakultetlar, guruhlar shuningdek talabalar familiyasi, ismi, sharifi bo’yicha tekshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling