Budjet nazorati


Xujatli tekshirish usullari


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Xujatli tekshirish usullari. 
1. Dasturiy baholash. 
2. Arifmetik tekshirish. 
3. Huquqiy baholash. 
4. Mantiqiy nazorat. 
6. Qarshi tekshirish. 
7. Taqqoslash. 
8. Balans bog’liqliklarini tekshirish. 
Xaqiqiy tekshirish usullari: 
1. Inventarizatsiya.
2. Ekspertiza. 
3. Kuzatish. 
4.O’lchash. 
5. Xranometraj. 
6.Laboratoriya tahlili 
7 Sud buxgalteriya ekspertizasi. 
Zamonaviy axborot tizimi yangi turdagi nazorat usularini yaratishni majbur 
etmoqda. Bular avtomatlashgan dasturiy taminotga ega nazorat usullari bo’lib 
hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanmoqda. Umuman olganda moliyaviy xo’jalik 
faoliyatini tekshirish usullari aksariyat audit yoki taftishda bir hil ko’rinishni kasb 
etadi. 
AQSh, Frantsiya va Germaniya kabi davlatlarda, agar ichki audit sifatini 
tekshirish mavjud standartlarga muvofiqamalga oshirilganliginini tasdiqlasa, ichki 
auditor hisob xujjatlarida “Ichki audit Xalqaro professional standartlariga muvofiq 
bajarilmoqda”, deb qayd qilishi mumkin. Ushbu standartlar va Axloq kodeksi 
talablari qisman bajarilmasa va mazkur holat amalga oshirilgan ishlar hajmi yoki 
siftiga ta’sir qilsa, bu xaqida axborot ichki audit xizmatiga, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning raxbariyatiga ma’lumot uchun etkazilishi kerak
1

2. Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda byudjet nazoratining o’rni va 
axamiyati 
Davlat moliyaviy nazorati byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining 
moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish 
va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Davlat moliyaviy nazorati: 
respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, 
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining va respublika byudjetidan 
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining 
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; 
1
R.Dodj Kratkoe rukovodstvo po standartam i normam audita: Per. s angl., predislovie S.A.Stukova. (Audit: teoriya 
i praktika). – M.: Finansi i statistika; YuNITI, 2009.. 


mahalliy darajada — Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar 
va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi 
byudjetidan, 
viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahar 
mahalliy 
byudjetlaridan 
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining 
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi. 
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat 
moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan 
nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. 
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga 
oshirishga: 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining
davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari 
buzilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat 
moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi. 
Davlat moliyaviy nazorat organlari: O’zbekiston Respublikasi Hisob 
palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli 
organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir. 
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining 
daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat moliyaviy nazorati printsiplari. Davlat moliyaviy nazoratini 
o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati 
natijalarining 
ishonchliligi 
va 
xolisligi 
davlat 
moliyaviy 
nazoratining 
printsiplaridir. 
Budjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar budjet hisobini tashkil qilish va 
yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan budjet tasnifi bo’yicha budjet 
daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga oshiriladi. Budjet hisobini 
alohida xususiyatlaridan biri – budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya budjet 
intizomiga rioya qilish va nazorat funksiyasini amalga oshirilishidir. 
Nazorat funksiyasi orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish, 
mulklarni saqlanishi va tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi. 
Budjet hisobida ham yuqorida qayd etilganidek, nazoratning uch turi 
qo’llaniladi: 
- dastlabki nazorat; 
- joriy nazorat; 
- keyingi nazorat. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling