Budjet nazorati
Yakuniy moliyaviy natijalar hisobining nazorati
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
3. Yakuniy moliyaviy natijalar hisobining nazorati
Tekshirish jarayonida moliyaviy natijani aniqlashdagi hisob-kitoblarni asoslanganligi va aks ettirilishi o’rganiladi. Bunda, daromadlar turlari bo’yicha har birining alohida holda daromadlari (tushumlari yoki budjet mablag’lari bo’yicha g’aznachilik orqali amalga oshirilgan kassa xarajatlari) va ushbu daromadlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlari ayriladi va mazkur daromad turi bo’yicha moliyaviy natija aniqlanadi. Agarda daromadlar amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan ko’p bo’lsa, ijobiy moliyaviy natija hosil bo’ladi (ya’ni, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi subschyotlarning kredit tomonida qoldiq qoladi). Agarda daromadlar amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam bo’lsa, salbiy moliyaviy natija hosil bo’ladi (ya’ni, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi subschyotlarning debet tomonida qoldiq qoladi). Yakuniy moliyaviy natijani aniqlashda yillar bo’yicha o’sib borish tendentsiyasini tahlil qilish zarur. Bunda, joriy yil va o’tgan yillarmoliyaviy natijalarning hosil bo’lishiga asos bo’lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan tekshirilishi lozim. Ma’lumki, daromad turlari bo’yicha budjet tashkilotining moliyaviy natijalari 2 ta bosqichga bo’lingan holda aniqlanadi: 1-bosqichda budjet tashkilotining faqatgina moliya yili mobaynidagi (1- yanvardan 31 dekabrgacha, budjet mablag’lari bo’yicha esa, moliya yiliga qo’shimcha vaqt mobaynidagi davr ham kiradi) barcha daromadlari va mazkur davrdagi (1-yanvardan 31 dekbargacha) amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida aniqlanadi. 2-bosqichda esa, mazkur aniqlangan moliyaviy natija budjet tashkilotining o’tgan yillar mobaynidagi moliyaviy natijasiga qo’shiladi. Buning natijasida budjet tashkilotining joriy davrga yakuniy moliyaviy natijasi aniqlanadi. Joriy yilga moliyaviy natijalarni ijobiy ko’rsatkich bilan yakunlanishi, ya’ni budjet tashkilotining joriy yilga daromadlarini uning xaqiqiy xarajatlaridan ortiq bo’lishi, ikki holatni anglatishi mumkin. Jumladan: - debitorlik qarzlar vujudga kelgan bo’lishi mumkin; - tashkilotning nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarining qoldiq qiymati oshgan bo’lishi mumkin. Huddi shuningdek, joriy yilga moliyaviy natijalarni salbiy ko’rsatkich bilan yakunlanishi, ya’ni budjet tashkilotining joriy yilga daromadlarini uning xaqiqiy xarajatlaridan kam bo’lishi ham, ikki holatni anglatishi mumkin. Jumladan: - kreditorlik qarzlar vujudga kelgan bo’lishi mumkin; - tashkilotning nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarining qoldiq qiymati kamaygan bo’lishi mumkin. Har ikkala holatni keltirib chiqaruvchi sabablar tekshirish rejasiga kiritilishi, tahlil qilinishi va xulosa chiqarilishi lozim.Nazorat tahlilini amalga oshirish quyidagi misolda ko’rsatilgan: Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling