Xarajatlar smetasi (yakka (individual) smeta) yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan alohida muassasa bo’yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda yuridik manzilga ega bo’lgan yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi budjet tashkiloti (oliy ta‘lim muassasasi, kasbhunar kolleji, tibbiyot klinikasi, ilmiy-tibbiy markaz, ixtisoslashgan dispanser va sh.k.) mustaqil ravishda budjetdan to’lanishi ko’zda tutilgan o’z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi.
Jamlanma xarajatlar smetasi yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan va yoki tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat
ko’rsatilayotgan tashkilotlar bo’yicha tuziladi.
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida keltirilishicha, ‘’jamlanma xarajatlar smetasi – budjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan o’z asarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi’’ hisoblanadi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo’linma sifatidagi budjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bo’yicha quyidagi alohida hollarda jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin:
bir turdagi kichik tashkilotlar bo’yicha - veterinar uchastkalar va punktlar hamda boshqa tashkilotlar bo’yicha;
bir turdagi yirik tashkilotlar bo’yicha, qachonki ularga xo’jalik xizmatlarini ko’rsatish xo’jalik xizmatlarni ko’rsatuvchi maxsus guruhlar orqali markazlashtirilgan holda amalga oshirilsa;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bo’yicha;
ozodlikdan mahrum etilgan joylardan qaytgan shaxslarga ijtimoiy moslashuv markazlari hamda voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazlari bo’yicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |