Budjet tashkilotlarida xisob varaqalari Budjetdan tashqari mablag’lar xisobi


Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining xarajatlari va ishlab chiqarilgan tayyor buyumlar hisobi


Download 97.39 Kb.
bet4/4
Sana19.11.2023
Hajmi97.39 Kb.
#1786783
1   2   3   4
Bog'liq
Budjet tashkilotlarida xisob varaqalari

Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining xarajatlari va ishlab chiqarilgan tayyor buyumlar hisobi
Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarida tayyor buyumlar chiqarish hamda nashr etilgan bosma mahsulotlami ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlar 080-«Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining xarajatlari» subschyotida hisobga olinadi. Buyumlami tayyorlash, bosma mahsulotlami nashr etish va xizmatlarni ko'rsatish bo'yicha barcha xarajatlar 080-subschyotning debetida qayd etiladi, bu subschyotning kreditda esa tayyor buyumlami va bosma mahsulotlarining haqiqiy tannarxi bo'yicha budjet tashkilotining omboriga kirim qilinishi qayd etiladi. Xarajatlar haqidagi hisob ma’lumotlari asosida kalkulatsiya tuzish yo'li bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlaming haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Xarajatlaming analitik hisobi buyumlaming turlari bo'yicha va xarajatlaming moddalari bo'yicha ko'p ustunli 283-shakldagi kartochkalarda yuritiladi.
Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarida tayyor buyumlami ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 080 -«Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining xarajatlari» sub-schyoti;
Kredit 060 -«O'quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar» sub-schyoti;
Kredit 063 - «Xo'jalik materiallari va idora buyumlari» subschyoti;
Kredit 064 - «Yonilg'i, yoqilg'i va moylash materiallari» subschyoti;
Kredit 066 -«Idishlar» subschyoti;
Kredit 069 - «Mashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlar» subschyoti;
Kredit 180 - «Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 175 - «Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 178 -«Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti.
Budjet tashkilotining omboriga tayyor buyumlar va tayyor bosma mahsulotlar kirim qilinganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Kredit080-«Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining xarajatlari» subschyoti.
Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor buyumlami hamda tayyor bosma mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlami sotish 280-«IshIab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish» subschyotida hisobga olinadi. Sotilgan buyumlar hamda tayyor bosma mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlami sotish bahosidagi summalari 280-subschyotni kreditida qayd qilinadi, bu subschyotning debetida sotilgan buyumlar hamda tayyor bosma mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlaming haqiqiy tannarxi qayd qilinadi. Yil tugagandan keyin sotish natijalari aniqlanadi va ular 410-«Foyda va zararlar» subschyotida hisobga olinadi. Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining buyumlari sotilishining analitik hisobi ko‘p ustunli 283-shakldagi kartochkalarda yuritiladi.
Tayyor buyumlar, tayyor bosma mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlar sotilganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 280 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish» subschyoti;
Kredit 030 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlari» subschyoti.
Tayyor buyumlar, tayyor bosma mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlami sotish natijasining summasi hisobot yili tugagandan keyin:
a) Agar tayyor buyumlami, bosma mahsulotlami va ko'rsatilgan
xizmatlami sotish natijasida foyda olingan boisa, u holda quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 280 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish»
subschyoti; Kredit 410 - «Foyda va zararlar» subschyoti.
b) Agar tayyor buyumlami, bosma mahsulotlami va ko'rsatilgan
xizmatlami sotish natijasida zarar ko'rilgan bo'lsa, u holda quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 410 - «Foyda va zararlar» subschyoti;
Kredit 280 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish» subschyoti.

Xulos
Budjet tashkilotlarida maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo'yicha summalar va depozit summalar alohida subschyotlarda va budjet bo'yicha xarajatlar smetalarining ijrosini hisobga olgan holda bitta balansda aks ettiriladi. O'zining nizomiga ega bo'lmagan unchalik katta bo'lmagan yordamchi xo'jaliklar o'z operatsiyalarining hisobini budjet tashkilotining umumiy balansida olib boradi.


Bank muassasasidagi maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'ida yilning oxiriga maxsus mablag'larning foydalanilmagan va keyingi yilga o'tadigan qoldiqlari bo'lganda hamda maxsus mablag'lar hisobidan amalga oshirilgan tugallanmagan hisob-kitoblar va maxsus mablag'lar hisobidan sotib olingan materiallaming qoldiqlari bo'lganda, 400-«Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar» subschyoti berkitilmaydi. Maxsus mablag'lar bo'yicha daromadlar va xarajatlarning analitik hisobi 294-shakldagi «Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobi kitobi»da yuritiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI



  1. Узбекистон Республикаси Конституцияси. -Т.: Ўзбекистон, 2003.

  1. Узбекистон Республикаси Солик Кодекси. (Ўзбекистон Республикасининг «Ўзбекистон Республикасининг Солик кодексини тасдиклаш тўгрисида»™ 2007 йил 25 декабрдаги конуни билан тасдикланган).

3 Узбекистон Республикасининг 2004 йил 26 августдаги «Давлат бюджетининг
ғазначилик ижроси тугрисида»™ Қонуни.

  1. Узбекистон Республикасининг 2000 йил 14 декабрдаги «Бюджет тизими тугрисида»ги Қонуни (2005 йил 23 май, 2005 йил 19 декабрь, 2005 йил 31 декабрь ва 2007 йил 27 апрелда киритилган ўзгартиришлар билан).

  2. Узбекистон Республикасининг 1998 йил 29 августдаги «Хўжалик юритувчи субъектлар фаолиятининг шартномавий-ҳуқукий базаси тугрисида»™ Қонуни.

Download 97.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling