Bufer sistemalar tayorlashva ularning xossalarini o`rganish


Download 178.84 Kb.
bet3/9
Sana22.04.2023
Hajmi178.84 Kb.
#1380754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-labaratoriya ishi bufer sistemalar

INDIKATOR TANLASH


Indikator tanlash. Titrlashda eng asosiy sharoit indikatorni to’g’ri tanlash kerak. Agar analizdagi hamma shartlar to’g’ri bajarilgan bo’lib, indikator to’g’ri tanlanmasa, olingan natijalar noto’g’ri bo’ladi.
Indikatorning o’zgarish sohasi - pH sakramaga, indikatorning titrlash ko’rsatgichi esa, ekvivalent nuqtaning pH iga to’g’ri kelishi kerak.
Shuning uchun indikatorni tanlashdan oldin, titrlash egri chiziqlaridan pH sakrama oralig’i aniqlanadi, keyin o’zgarish sohasi shu oraliqqa to’g’ri keladigan indikator tanlanadi.
Masalan: titrlash egri chiziqlaridan (1,2,3-chizmalar) ko’rinadiki,
рН=7

1-chizma.100 ml 0,1n.HCl kislotani 0,1n. NaOH eritmasi bilan


titrlash egri chizig’i


2-chizma.Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlash egri chizig’i.





3 - chizma. Kuchsiz asosni kuchli kislota bilan titrlash egri chizig’i.




1– chizma.Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlaganda pH sakramami 4,3 - 9,7 oralig’iga to’g’ri keladigan indikatorlar: fenolftalein, lakmus; metilqizil;
2– chizma.Kuchsiz kislota kuchli asos bilan titrlaganda pH sakramasi 7,74 - 10 oralig’iga to’g’ri keladigan indikatorlar; fenolftalein, timolftalein;
3 – chizma. Kuchsiz asosni kuchli kislota bilan titrlaganda pH sakramasi 4-6,24 oralig’iga to’g’ri keladigan indikatorlar: metil qizil, metiloranj ishlatiladi.


NAOH ERITMASINING TITRINI ANIQLASH


Kerakli asbob-uskuna va reaktivlar:

  1. 25,00 ml li byuretkali shtativ;

  2. 5,00 yoki 10,00 ml li pipetka;

  3. 10 ml li silindr;

  4. 100,0 ml li o’lchov kolbasi;

  5. 3 dona 50 ml li konussimon kolba;

  6. 10 % li NaOH eritmasi;

  7. 0,1000 n. (H2C2O4)standart eritmasi;

  8. fenolftalein (1% li spirtdagi) eritmasi.

0,1000 n (H2C2O4)ning standart eritmasi fiksanaldan tayyorlanadi yoki ishchi eritmasining titri, bura (yoki soda) bilan titrlab aniqlanadi.
NaOH eritmasini tayyorlash. ~ 0,1 n 100 ml NaOH eritmasi laboratoriyada oldindan tayyorlab qo’yilgan 10 % li eritmadan tayyorlanadi.
Hisoblash:



г.
100 gr eritmada – 10 g NaOH erigan
х gr eritmada – 0,4 g NaOH erigan
gr
Eritmaning zichligi 1 g/sm 3 ga juda yaqin bo’lgani uchun bu eritmaning 4 gr. 4 ml deb olinadi.
Demak, 10 % NaOH eritmasidan 4 ml silindr bilan olib 100 ml li o’lchov kolbasiga solinadi va uning belgisigacha distillangan suv bilan suyultirib » 0,1 n NaOH eritmasi tayyorlanadi. NaOH eritmasining titrini standart HCl (H2C2O4) bilan aniqlash quyidagi reaktsiyaga asoslangan bo’lib, u to’g’ri titrlash orqali bajariladi.
NaOH + HCl = NaCl +H2O
OH- + H+ = H2O

Download 178.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling