Bufer sistemalar va ularning ahamiyati. Reja: Kirish
Bufer sistemalar haqida tushuncha
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
MM
Bufer sistemalar haqida tushuncha
Analitik kimyoda ayrim tajribalarni, ayniqsa, tekshiriladigan eritmadan ionlarni cho’ktirishda, eritmadagi vodorod ionlari konsentrasiyasi aniq va doimiy bo’lishi kerak. Shuning uchun analiz jarayoni [H + ] ionlari konsentrasiyasini doimiy saqlab turuvchi bufer sistemalar (boshqaruvchilar) ishlatiladi. Eritma suyultirilganda yoki eritmaga oz miqdorda kuchli kislota (yoki ishqor) qo’shilganda ham pH qiymati o’zgarmaydigan kuchsiz kislota va uning tuzidan yoki kuchsiz asos va uning tuzi aralashmalaridan, shuningdek ko’p asosli kislota tuzlari aralashmalaridan iborat bo’lgan sistemalar bufer sistemalar deyiladi. Bufer sistemalar (inglizcha buffer – “buf” so’zidan olingan bo’lib, zarbani yengillash degan ma’noni bildiradi). Bufer sistemalarga quyidagi aralashmalar kiradi: HCOONa + HCOOH, CH 3 COOH + CH 3 COONa, NH 4 OH + NH 4 Cl, Na 2 HPO 4 + NaH 2 PO 4 va boshqalar. Bufer sistemalarning bufer ta`siri qo’shiladigan kislota yoki ishqorni Н + yoki ОН - ionlarini bog’lab, kuchsiz elektrolit hosil qilishiga asoslangan. Bufer sistemalar bufer sig’imi bilan harakterlanadi. Bufer sistemaning pH ini ko’pi bilan bir-birlikka o’zgartirish uchun unga qo’shish mumkin bo’lgan muayyan konsentrasiyali (mol/l yoki g-ekv/l bilan ifodalangan) kuchli kislota yoki ishqorning eng ko’p miqdori bufer sig’imi deyiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling