Bug’ qozonlarga yoqilg’ini uzatish texnologik chizmasi reja: Bug’ qozonlarga yoqilg’ini uzatish texnologiyasi Yondirgichlar (gorelkalar)


Download 58.7 Kb.
bet4/4
Sana05.04.2023
Hajmi58.7 Kb.
#1276802
1   2   3   4
Bog'liq
IES-1

Ortiqcha havo koeffisiyenti. Havoning nazariy jihatdan zaruriy miqdorini hisoblashda, havo yoqilg’i bilan ideal aralashtiriladi va kislorodning har qaysi zarrachasi yonuvchi element bilan birikishga ulguradi, deb faraz qilinadi. Lekin amalda havoning hisobiy miqdori yoqilg’ining to’liq yonishi uchun yetarli bo’lmaydi.Yonish jarayonida kislorodning hammasini yoqilg’i bilan reaksiyaga kirishadigan qilib o’tkazib bo’lmaydi. Uning bir qismi yonish reaksiyasiga kirishmaydi va tutun-gazlar bilan birga erkin holda chiqib ketadi.
Yoqilg’ining to’liq yonishi uchun havoni nazariy hisoblab aniqlangandan ko’proq miqdorda berish zarur. Haqiqiy berilgan havo miqdori nazariy hisoblab aniqlanganidan necha marta ko’pligini ko’rsatuvchi songa ortiqcha havo koeffisiyenti deyiladi va  bilan belgilanadi.
=V/Vn. (1)
Koeffisiyent  ning kattaligi yoqilg’ining turiga, jarayon sodir bo’ladigan sharoitlarga, yoqish usuliga, o’txonaning konstruksiyasiga va hakozolarga bog’liq. Hisoblashlarda  ning qiymati tegishli tajriba ma’lumotlari asosida tanlanadi.
Ortiqcha havo koeffisiyenti qanchalik kichik bo’lsa, yonish jarayoni shunchalik tejamli bo’ladi. Lekin ortiqcha havo koeffisiyenti juda ham kichik bo’lsa, yoqilg’i chala yonadi va qozon qurilmasining F I K i pasayadi.
Yoqilg’i qanchalik mayda va bir jinsli bo’lsa va u havo bilan qanchalik yaxshi aralashgan bo’lsa, ortiqcha havo shunchalik kam talab qilinadi. Suyuq yoqilg’ining barcha turlari o’txonaga to’zitilgan va havo bilan yaxshi aralashgan holda beriladi. Qattiq yoqilg’i ko’pincha kukun (chang) ga aylantiriladi va o’txonaga havo bilan yaxshi aralashtirilib puflanadi.
Download 58.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling