Parraklardagi ishchi jarayon
Soplodan oqib chiqayotgan bug‘ oqimi ishchi parraklar aylanayotgandisk yuzasiga qandaydir burchak ostida yo'naladi. Bunda ishchiparraklarga bug‘ oqimining qattiq urilmasdan kirib kelishi, ishchi parrakkakirib kelishdagi nisbiy tezlik parrakning kirishi yuzasiga urinma bo'libyo‘naladi. Ko‘rib chiqilayotgan turbinaning parraklaridagi ishchi jarayonyoki kirish va chiqish tezliklar uchburchaklari 2-rasmda ko‘rsatilgan.Bug‘ soplodan ishchi parraklarning birinchi qatoriga C2mutlaq tezlikbilan a, burchak ostida kirib keladi, ishchi parrakning birinchi qatorgakirishdagi nisbiy tezligi —C2 tezlik bilan chiqib bug‘ yo‘naltiruvchiparraklarning birinchi qatoriga tushadi. Yo'naltiruvchi parraklarqo‘zg‘almas bo'lgani uchun bug‘ u yerda ish bajarmaydi, faqat yo‘nalishinio‘zgartiradi. Bug‘ning yo‘qotilishi hosil bo‘lgani uchun uning tezligibirmuncha kamayadi. Ikkinchi va uchinchi qator ishchi parraklarningtezliklar uchburchagini qurish xuddi shu tarzda olib boriladi. Diskdauchta pog‘ona qo‘llanishi bug‘ chiqish tezligining yo'qolishini pasaytiradiva valning aylanishlar sonini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |