Bug’ va gaz qurilmalari
Laboratoriya ishlari bo’yicha tavsiya etiladigan mavzular ro’yxati (24 soat)
Download 1.8 Mb.
|
“Bug’ va gaz qurilmalari” fanidan ishchi dastur 2021 2022 yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- (4 soat)
Laboratoriya ishlari bo’yicha tavsiya etiladigan mavzular ro’yxati (24 soat)
(8-semestr) 1. Issiqlikni ushlab qoluvchi - qozonli bug’-gaz qurilmalari sxemalari va ko’rsatkichlari. (4 soat) 2. Yuqori bosimli va oddiy qozonli, qattiq yoqilg’ida ishlaydigan BGQ. (4 soat) 3. Parallel sxemali, qattiq yoqilg’ida ishlaydigan BGQ. (4 soat) 4. Qo’shimcha yoqilg’i sarfi. Gaz turbinali IEMlari, ularning sxemalari. (4 soat) 5. Gaz turbinali IEMlarining energetik ko’rsatkichlari. (4 soat) 6. Gaz turbinali IEMlarining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari. (4 soat) Mustaqil ta’limning shakli va mazmuni “Bug’ va gaz qurilmalari” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlar bilan tanishishni va ularni o‘zlashtirishni hamda uy vazifalarni bajarishni o‘z ichiga qamrab oladi. Uy vazifalarning mazmuni o‘qilgan ma’ruzalarda yoritilgan elektr texnik, elektr mexanik va elektr texnologik qurilmalar va tizimlarning tashkil etuvchi qismlari va ularning ishlash asoslarini yoritib berishdan iborat bo‘ladi. Talabalar, har bir o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha Internet tarmog‘idan yangi zamonaviy materiallarni olib bilimlarini mustahkamlab boradilar. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holla qo‘yidagi shakllardan foydalanishga tavsiya etiladi: - muammoli tasnifdagi mavzular bo’yicha; - mustaqil o’zlashtirilishi murakkab bo’lgan bo’limlar bo’yicha; - ta’lim oluvchilarda alohida qiziqish uyg’otuvchi bo’limlar bo’yicha; - oldinga siljigan ma’ruzalarni interfaol usulda o’qish yo’li bilan; - mustaqil ta’lim olish va ishlash, kollokviumlar va munozaralar jarayonida o’zlashtiriladigan bilimlar bo’yicha; - darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan mavzularini o‘rganish; - tarqatma materiallar buyicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish; - kompyuter texnologiyalari tizimlari bilan ishlash; - maxsus adabiyotlar bo‘yicha referat va konspektlar tayyorlash; - talabalarning o‘quv – tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotlar, monografiya va ilmiy moqolalar hamda to‘plamlarni chuqur o‘rganish; - interaktiv va muammoli o‘qitish jarayonida faol qatnashish; - masofaviy (distansion) ta’limni tashkil etishda qatnashish kabi mashg’ulotlar o’tkazish yo’li bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Mustaqil ish jarayonida talaba ta’lim texnologiyalariga oid adabiyotlar, internet materiallari bilan ishlashni uddalashini namoyon qilishi, auditoriya mashg’ulotlari paytida qabul qilgan axborotni to’g’ri mushoxada qilish qobiliyatini ko’rsatish zarur. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling