Bugalteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qo’llaniladigan dasturlar, 1c dasturini kompyuterga o’rnatish va unda ishlash
Download 115.97 Kb.
|
21 mavzu (1)
Tez o’rnatish
18.1.rasm. “1C: Предприятие 8” tez o’rnatish oynasi. Tez o’rnatish rejimi kerakli dasturlarni o’rnatiladi va “O’rnatish muvaffaqiyatli yakunlandi” degan yozuv chiqadi."1C: Предприятие 8" ni ishga tushirish uchun OK tugmasini bosiladi. OK tugmasini bosgandan so’ng dasturni ishga tushirish oynasi ochiladi. Platformani o’rnatish "1C: Предприятие 8" o’rnatish uchun quyidagi amallar ketma-ketligini bajarishkerak bo’ladi: ■ Distributiv ma’lim tayyorgarlik ishlarini amalga oshirib bo’lgach ma’lumot oynasi chiqadi. Davom etish uchun Keyingi tugmasini bosiladi. ■ O’rnatilishi kerak bo’lgan komponentlar ro’yxati barcha kerakli komponentlar tanlangan xolda oyna xosil bo’ladi. O’rnatishni davom ettirish uchun Keyingi tugmasini bosiladi. ■ Standart interfeysni belgilanadi. O’rnatishni davom ettirish uchun Keyingi > tugmasini bosiladi. Dastur kerakli fallarni ko’chiradi. ■ HASP Device Driver drayverini o’rnatilmaydi sababi u Klient dasturi uchun ishlatiladigan "1C: Предприятие 8" tizimining asosiy versiyasi uchun mo’ljallanmagan. O’rnatishni davom ettirish uchun Keyingi > tugmasini bosiladi. ■ O’rnatish tugallangach, Finish tugmasini bosiladi. Konfiguratsiya shablonlarini o’rnatish. Bazalarini yaratish uchun konfiguratsiya shablonlarini o’rnatish kerak bo’ladi. Bitta shablondan foydalanib, foydalanuvchi bir nechta infobazalarni yaratishi mumkin. Konfiguratsiya shablonini o’rnatish uchun foydalanuvchi konfiguratsiyani o’rnatish dasturini ishga tushirishi kerak bo’ladi. Katalog nomini o’zgartirmasdan "Keyingi" tugmasini bosish kerak va dastur fayllarni o’rnatib bo’lgach "Finish" tugmasi bosiladi. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ma’lumotlar bazasi konfiguratsiya "1C: Предприятие 8" platformasi ishga tushirilganda yaratiladi. "1C: Предприятие 8" birinchi marta ishga tushirilganda, ma’lumotlar bazalari ro’yxati bo’sh ekanligi haqida xabar paydo bo’ladi. Dastur foydalanuvchiga ma’lumot bazasini ro’yxatga qo’shishni taklif qiladi. 18.2.rasm. “1C: Предприятие 8” ma’lumot bazasini ro’yxatga qo’shish oynasi. Bunda “Ha” tugmasini bosishi kerak bo’ladi. Platforma ma’lumotlar bazasini qo’shishni boshlaydi. Ekranda ma’lumotlar bazasini yaratish variantini tanlash uchun oyna xosil bo’ladi. 18.3.rasm. “1C: Предприятие 8” ma’lumot bazasini yaratish oynasi. Yangi ma’lumotlar bazasini yaratishni uchun “Создание новой информационной базы” tanlanadi va Keyingi tugmasini bosiladi. Ekranga konfiguratsiya shablonini tanlash oynasi chiqadi. Shablonlar ro’yxati ierarxik tarzda taqdim etiladi. Har bir amaliy echim odatda ikkita shablon bilan ifodalanadi: birichisi ushbu echimning imkoniyatlari bilan tanishish uchun demo-infobaza yaratish uchun, ikkinchisi joriy ish uchun infobaza yaratish uchun. 18.4.rasm. “1C: Предприятие 8” ma’lumot yangi bazasini yaratish oynasi. Ro’yxatdagi kerakli yo’nalishni kengaytiring, shablonni tanlanadi (versiya raqami bilan qatorni belgilanadi) va Keyingi tugmasini bosiladi. Ekranda ma’lumotlar bazasi nomini kiritish oynasi paydo bo’ladi. Bu narsa tizim ishga tushirilganda ma’lumotlar bazasi ro’yxatida ko’rsatiladi. 18.5.rasm. Ma’lumot bazasini joyini tanlash oynasi. Foydalanuvchi ma’lumotlar bazasi uchun xoxlagan nomini belgilashi yoki tavsiya etilganini qoldirishi mumkin. Shundan so’ng “Keyingi” tugmasini bosiladi. Ekranga ma’lumotlar bazasi parametrlarini belgilash oynasi chiqadi. Malumotlar bazasi katalogini tanlashdan tashqari foydalanuvchi tilni ham tanlashi mumkin. 18.6.rasm. Ma’lumot bazasini joyini xamda tilni tanlash oynasi. Malumotlar bazasi joylashugan katalogini belgilanadi va Keyingi tugmasini bosiladi. Ekranda ma’lumotlar bazasini ishga tushirish uchun qo’shimcha parametrlarni o’rnatish oynasi paydo bo’ladi. Download 115.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling