Bug‘doy navlarini tanlash jarayoniga Multiagent texnologiyalarini qo‘llash


Download 1.44 Mb.
bet22/24
Sana19.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1613050
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Dissertatsiya Shaxzoda-14.04.23

3.3. Tizim tavsifi.


Intellektual tizim(IT) yetarlicha sodda interfeysga ega bo‘lib , u multiagent texnologiyasi asosida ishlaydi. U ikkita qismli interfeysga ega bo‘lib birinchi qism o‘qilgan ma’lumotlarni va natijalarni chop etish hisoblanadi. Ikkinchi qism esa boshqaruvni amalga oshiradi ya’ni tanlanma fayllarni ochish, chiqish, yordam kabi umumiy buyruqlar hamda sinflarga ajratish, sayqallash, lotentlashtirish hamda bug‘doy navlarini baholash kabi ishlarni bajaruvchi buyruqlarni o‘z ichiga oladi.
Sinflarga ajratish bo‘limi tanlanma faylini o‘qituvchisiz sinflarga ajratishni amalga oshiradi va ko‘rsatmalarga ko‘ra boshqa modellarga uzatadi. Sayqallash bo‘limi sinflarga ajratilgan tanlanmani standartlashtirish va normallashtirish usullari bo‘yicha sayqallab lotentlashtirish yoki bug‘doy navlarini baholash(berilgan ko‘rsatmaga ko‘ra) qismlariga uzatadi. Lotentlashtirish bu qism alomatlarning informativligini oshirish masalasini hal etadi. Lotentlashtirishdan hosil bo‘lgan natijaviy tanlanma fayli bug‘doy navlarini baholash qismiga uzatiladi. Bug‘doy navlarining baholash qismi bu qism o‘zidan oldingi uchta agentdan olgan tanlanma fayllari bilan ishlay oladi. Ko‘rsatmaga ko‘ra u faylni qo‘shni agentlarga uzatadi yoki natijaviy qiymatlarni faylga yozadi. Quyida IT ning bosh oynasi ta’sviri keltirilgan.

21-rasm. Intelektual tizimning bosh oynasi
IT windows OTlar o‘rnatilgan operatsion tizimda ofline shaklda ishlaydi.

3.4. Bug‘doy navlarini baholash bo‘yicha hisoblash eksperimentlari va ularning tahlili.


IT ning ishlashini namoyish etish maqsadida O‘zbekiston sharoitida ekib kelinayotgan 245 ta bug‘doy navlari haqidagi ma’lumotlar joylashgan tanlanma faylidan olingan natijalarni keltiramiz:
2-jadval. Tanlanma faylining sayqallangan ko‘rinishi.



Yuqoridagi 2-jadvalda tanlanma faylini xosil qilish uchun sayqallashning normallashtirish va standartlashtirish usullari qo‘llanilgan.
3-jadval. Tanlanma faylining latentlashtirilgandan keying ko‘rinishi.

Ushbu 3-jadvalda tasvirlangan tanlanma faylini hosil qilish uchun dastlab u o‘qituvchili sinfga ajratish usuli bilan, so‘ngra o‘qituvchisiz sinfga ajratish usulidan foydalanib ikkita sinfga ajratilgan. Shundan so‘ng tanlanmadagi har bir alomatlar ustuni uchun vaznlar hisoblangan. Hisoblangan vaznlarga ko‘ra latentlashtirish amalga oshirilgan.
4-jadval. O‘qituvchisiz sinflarga ajratilgan tanlanma fayliga ko‘ra alomatlar vaznlari va bo‘linish intervallari

Yuqoridagi 4-jadvalda tanlanma faylining alomatlariga mos vaznlar va bo‘linish chegaralari tasvirlangan bo‘lib, bu jadval umumlashgan baholarni hisoblashga asos bo‘ladi.
5-jadval. Sayqallangan tanlanma fayliga ko‘ra hisoblangan alomatlar vaznlari va bo‘linish intervallari.



5-jadvalda alomatlari sayqallangan tanlanma fayli uchun hisoblab yozilgan vaznlar va bo‘linish chegaralari aks etgan.
6-jadval. Latentlashtirilgan tanlanma fayliga ko‘ra hisoblangan alomatlar vaznlari va bo‘linish intervallari.

Ushbu 6-jadvalda latentlashtirishdan keyingi yaxshilangan natijaga erishganlik ta’svirlangan.
7-jadval. Don sifati yuqori deb baholangan(1-sinfga tegishli) bug‘doy navlarining bahosi.

7-jadvalda multiagentli IT dan olingan natijaviy qiymatlar aks etgan bo‘lib, bahosi yuqori deb topilgan bug‘doy navlari keltirilgan.
8-jadval. Don sifati o‘rtacha deb baholangan(1-2 sinfga tegishli) bug‘doy navlarining bahosi.[21]

9-jadval. Don sifati past deb baholangan(2-sinfga tegishli) bug‘doy navlarining bahosi.

8,9-jadvallarda mos ravishda, don sifati o‘rtacha va don sifati past bo‘lgan bug‘doy navlarining na’munalari keltirilgan.
Olingan natijalar “Janubiy dehqonchilik” ilmiy tadqiqot institutida olingan tajriba natijalari bilan mos kelishi isbotlandi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling