Bug`doydan bo`shagan yerga soya urug‘larini ekish texnolgiyasini amalga oshirishda qo‘yiladigan agrotexnik talablar
Download 40.35 Kb.
|
O’g’itlash. Mahalliy o’g’itlardan go’ng, parrandalar tezagi va kompostni qo’llash mumkin. Bular ichida eng samaradorligi go’ng hisoblanadi.
Ma’lumki, go’ng tarkibida barcha o’simliklarni o’sib rivojlanishi uchun zarur bo’lgan azot, fosfor, kaliy va boshqa moddalar bo’ladi. Go’ng o’simliklarga oziq bo’lishidan tashqari, undagi organik moddalar tuproq strukturasini yaxshilab, unumdorligini oshiradi. Go’ng solingan tuproq g’ovak, suvni yaxshi o’tkazadigan hamda namni uzoq vaqt saqlab turadigan xolga keladi. Dalaga solingan mineral o’g’itlarning o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishiga yordam beradi. Chiritilmagan go’ngni solish tavsiya etilmaydi, chunki dalalarni begona o’tlar bosib ketadi. Soya mineral o’g’itlarga talabchan, ayniqsa azotli o’g’itga, chunki doni tarkibida oqsil miqdori yuqori. Soyani ildizida tuganak bakteriyalar rivojlansa nitragin bakteriyasi bilan emlangan bo’lsa va xavodagi molekulyar azotni yaxshi o’zlashtirsa o’zini azotga bo’lgan talabni 70-75% qondiradi. Shuning uchun o’simliklarga azotni qolgan 25-30% ni o’simlikni boshlang’ich o’suv davrida ekish bilan birgalikda va birinchi ishlovda beriladi[20]. Agarda urug’lar nitragin bilan emlanmagan bo’lsa, tuganik bakteriyalar rivojlanmasa unda azoli o’g’itni to’liq yillik me’yorini berish kerak. Mineral o’g’itlarni yillik normasini belgilash uchun avvalo yetishtirilgan xosil bilan tuproqdan o’zlashtirilgan azot, fosfor va kaliyni me’yorini aniqlash kerak. Shunga qarab mavsum davomida gektariga beriladigan mineral o’g’itlar me’yori belgilanadi. Masalan, 1 tonna soya doni va shunga muvofiq yer ustki massasi tuproqdan 80-85kg azot, 30-35 kg P2O, 36-40 K2O va 70-70 kg kaltsiy o’zlashtiradi. Shunday ekan, gekaridan 3 tonna don olish rejalashtirilgan bo’lsa, shu miqdorga ko’paytirib o’g’itlarni qo’llash me’yori tavsiya etiladi. Yer tayyorlashdagi umumiy masalalar. Dala tajribasi uchun kuzgi bugdoydan bushagan dala tanlab olinadi. Dastlab somon koldiklari yigishtirib olinadi. Buning uchun somonlar kichi-kichik tuda xoliga keltiriladi. Somon tudalashsa seyalkaning utish qatorlaridagi (4 qator) somon yonidagi (shitkovoy ) katorga uyiladi. Shu tartibda kuzgi bugdoydan bushagan dalalardagi somon qoldiklari uyib chiqiladi va daladan olib ketiladi. Agar yer yuza ishlash qurollari bilan ishlanganda kesaklar xosil bo`lmasa dalani sug`ormasdan ishlash maqsadga muvofiq, chunki bu yerda yozning xar bir kuni xisobli bo`lib, ekin ekkandan keyin sug`organ ma’qul xisoblanadi. Aksincha dalalar kuzgi bugdoydan keyin nami qochib qotib ketgan bulsa yengil sug`orilgani ma’qul. Bunda gektariga 500- 600 m3, suvni egat oralatib tez-tez oqizib olish maqsadga muvofik hisoblanadi. Nami qochib ketgan yerlarni namga to`ydirib bo`lmaydi, yoki sugorishga kup vaqt ketib yerni yetilishi va ekish cho`zilib ketadi. So`ngra xo`jalikdagi mavjud yuza ishlash qurollari -kultivatorlardan (KRX-4,KRX -3,6) yoki chizel kultivatorlardan (KPN -4A) foydalanilgan xolda er 12-16 sm.chuqurlikda yumshatiladi. Tuproq yuzasini yumshatish ekin ekishdan oldin utkaziladigan muxim agrotexnik tadbir bo`lib xisoblanadi.Tuproq yuza ishlov berish qurollari bilan yuza yumshatiladi. Kuzgi bug`doydan keyin takroriy ekin ekish uchun yerga yuza ishlov berish kurollari bilan ishlov berish yengil mexanik tarkibli qumoq tuproqlar uchun yaxshi natija beradi. Bunda tuproq namligi dala nam sig`imiga nisb-O.n 40-60 % bo`lganda o`tkazish zarur xisoblanadi. Yuza ishlov berishda tajriba tizimiga asosan tuproqqa ishlov berishda kultivatorlardan foydalaniladi. Kultivatsiyalash orqali yer yumshatildi va begona o`tlar yuqotildi. Tajriba dalasi kuzgi bug`doy pishib etilish davrida uzok muddat davomida sug`orilmaganligi sababli bir oz qotgan ekan shu sababli eski olingan egatlar orkali unga gektariga 500-600 m3/ga me’yorda suv quyildi. Suv kuyilgandan 8 kundan keyin yerni kultivatsiyalashga kirishildi. Bunga tuproq yetilgan bo`lib ,ishlov davrida yumshoq va mayin qatlam xosil qildi. Kultivator bilan ishlaganda uning chukurligi 12-15 sm. qilib belgilandi. Kultivatsiya kilish jarayonida kapilyar g`ovaklik buziladi, tuproqdan namlikni bug`lanishi kamayadi va tuproqning pastki qatlamlaridagi namlik saqlanib qoladi. Kultivatsiyaning orqasida engil mola yuritilda va erga bir ishlov berish jarayonida mola bostirib chiqildi. Ana shu tadbirlardan keyin tajriba dalasi tuprog`i mayin va yumshoq xolga keldi. Dala takroriy ekin ekishga tuliq tayyor xolatga keltirildi. Bu jarayonga 8 kun vaqt ketdi. Yerni takroriy ekinlar ekishga tayyorlash. Xo`jalikda almashlab ekishni tug`ri joriy qilishmasdan turib, dexqonchilik madaniyatini o`stirish mumkin emas. Soya bilan almashinadigan ekinlar tanlanganda, ularning biologik xususiyatlari xamda mazkur tumanning tabiiy-iqlim sharoitlari xisobga olinishi kerak. Soya ekiladigan xududlarda almashlab ekishda quyidagi maqsadlar ko`zda tutiladi: tuproqda ko`p miqdorda organik moddalar va biologik azot to`plash, tuproqning fizik xususiyatlarini, mikrobiologik xolatinini yaxshilash, organik va mineral ug`itlardan tugri foydalanish hamda ularning samaradorligini oshirish [Turaev R.A. 2001 y., Urozkeldiev A.B. 2003 y.]. Respublikamiz sharoitida yozda havo quruq va issiq kelgani uchun tuproq tarkibida organik moddalar tez parchalanib ketadi. Natijada tuproqning fizik xususiyatlari tez yomonlashadi, uning unumdorligi pasayadi. Shuning uchun almashlab ekishda, tuproq sturukturasini yaxshilaydigan usimliklarni tug`ri tanlash kerak.Respublikamizda soyaga o`tmishdosh ekin asosan, g`uza, sholi, bugdoy va makkajo`xori bulishi mumkin. Soya uz navbatida juda ko`p usimliklar uchun yaxshi utmishdosh hisoblanadi. Jumladan soyadan keyin ekilgan g`alla, guza va kartoshka ekinlari ekilganda ularning xosildorligi yuqori bo`lgan. Masalan, soyadan keyin ekilgan suli xosildorligiga ko`ra 4,5 sentnerga yuqori bo`lgan. Soyadan keyin chigit ekilganda esa paxta xosildorligi gektariga 2,7-3,3 sentnergacha oshgan. Bu bir qator kompleks agrotexnika tadbirlaridan iborat bo`lib, u kuz yoki qishda er tekislash, maxalliy va mineral ug`itlar solish, kuzgi shudgorlash, lozim bo`lgan joylarda yaxob suvi berish, shur yuvish, yerlarni kuzgi yoki kuklamgi ekish oldidan tekislash, chizellash, boronalash va boshka ishlarni uz ichiga oladi. Yerni ekishga tayyorlash borasida kompleks tabdirlar har qaysi xo`jalik uchun ishlab chiqilgan alohida reja bo`yicha navbati bilan amalga oshiriladi.[ Yormatova D.Mirzakulov B. -2011 yil.108-110 bet]. Chunki o`simlik uchun zarur bo`lgan asosiy sharoit turi tumanlarning tuproq iqlim sharoitida turlicha bo`ladi. Tuproqni ishlash sistemasi tug`ri tashkillashtirilsa, xaydalma qatlamida nam to`plash va uni saqlab qolish, begona o`tlarning urug`lari va ildizlarini, turli xil kasalliklarni chaqiruvchi zamburug`, virus va bakteriyalarga hamda tuproqda qishlovchi xashoratlarni yuqotishga erishiladi. Kuzda xaydash oldidan gektariga 8-10 tonna gung, fosforli ugitlar yillik normasini 67-70% beriladi . Kuzda xaydalgan yerlar baxorda obi-tobiga kelishi bilan tekislanadi. Ustki qatlami yumshatiladi va nam saklash maqsadida bir yo`la 1-2 qator borona bosiladi. Agar yer qishki yog`in sochindan keyin zichlashib qolgan bo`lsa, 10-12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi va izma-iz borona bosiladi. Agar kuklam juda quruq kelsa, yerni ekish oldidan boronalash va bir marta kultivatsiya qilib, so`ng mola bostirish ham mumkin. Download 40.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling